e) huquqiy munosabat – irodaviy munosabatdir. Ma’lumki, huquqiy
normalarda davlat irodasi ifoda etiladi. Shu bilan birga huquqiy munosabat
vujudga kelishi uchun uni ishtirokchilarining ham istagi, xohishi talab qilinadi.
Shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning vujudga kelishi uchun barcha
ishtirokchilarning xohish-irodasi bayon etilishi lozim. Masalan, nikohga kira-
yotgan har ikki tomon o‘z xohishini bildirishi lozim yoki oldi-sotdi munosabati
sotuvchi bilan xaridorning xohish-irodasi tufayligina amalga oshishi mumkin.
Ba’zi huquqiy munosabatlarda bir tomon irodani bayon etsa, yetarli hisobla-
nadi. Bunday huquqiy munosabatlar, masalan, ma’muriy ishlar yoki huquqni
muhofaza etuvchi idoralar amri bilan qo‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |