260
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
so‘zi «blank» iborasi asosida vujudga kelgan bo‘lib, asl ma’nosi blank tarzidagi
norma mazmunini boshqa huquqiy qoida vositasida to‘ldirish lozimligini
anglatadi. Yuqorida keltirilganidek, «texnika xavfsizligi qoidalarini buzganlik»
ka doir javobgarlikni belgilash uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida
tasdiqlangan «Texnika xavfsizligi qoidalari» degan hujjatni olib, uning qaysi
qoidasi kodeks normasiga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab, ya’ni shu
qoida mazmuni bilan Jinoyat kodeksining blanket normasi to‘ldirilishi kerak
bo‘ladi. Undan so‘ng aybning hajmi va jazoning miqdori hal etilishi mumkin.
Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega
bo‘lmagan, balki o‘sha qonunning boshqa normasiga (masalan, JKning 110-m.
«Qiynash») yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi
dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.
Sanksiya – yuridik normaning uchinchi tarkibiy elementi bo‘lib, u
huquqiy norma buzilgan yoki majburiyat bajarilmagan yoxud talab etil-
gan xatti-harakat sodir etilmagan holda huquqni buzgan shaxsga nisbatan
qo‘llaniladigan davlat ta’sir chorasidir. Sanksiyaning bunday ta’rifini, odatda,
yuridik fan, davlat va huquq nazariyasi beradi. Faylasuflar, shuningdek, sotsiologlar
sanksiya deganda, faqatgina salbiy (tanbeh, jazo) oqibatlarnigina emas, balki
ijobiy (rag‘batlantirish, quvvatlash) oqibatlarni (shuningdek, insonning ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan xulq-atvoridan kelib chiqadigan ijobiy oqibatlarni) ham
tushunadilar.
Sanksiya huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada
ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo‘lgan jazo yoki
tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag‘batlantirishning turi va
o‘lchovi ifodalangan bo‘ladi. Sanksiya – yuridik normaning mantiqiy yakunlov-
chi qismidir. Unda jamiyat, davlat, shaxsning huquqiy normani buzuvchilarga
nisbatan salbiy munosabati ifodalanadi.
Huquqiy norma sanksiyasi – umumlashma tushuncha. Huquqbuzar uchun
bo‘ladigan noxush oqibatlarning tabiatiga bog‘liq ravishda u qo‘yidagilarni
nazarda tutishi mumkin:
a) javobgarlik choralari (ozodlikdan mahrum qilish, jarima, moddiy zararni
undirish); bu turdagi sanksiyalar javobgarlikka tortuvchi yoxud jazovlovchi
sanksiyalar deb ataladi;
b) ogohlantirish ta’sir choralari (ushlab keltirish, mulkini hisobga olish,
jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlash, davlat hokimiyatining akti yoxud
ma’muriy aktlarni bekor qilish, majburiy davolash, o‘zboshimchalik bilan qurilgan
binolarni buzib tashlash va hokazo);
v) muhofaza choralari (ishchi va xizmatchilarni agar ular ilgari qonunsiz
ishdan bo‘shatilgan bo‘lsalar, avvalgi ish joyiga qayta tiklash, aliment undirish
Do'stlaringiz bilan baham: |