261
XII bob.
Huquq
normasi
va hokazo), ko‘rsatilgan choralarni tayinlash, ya’ni shaxsga yetkazilgan zararni
bartaraf etish va uning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan xatti-hara-
katlar (bu choralar javobgarlik choralaridan farq qilib, huquqbuzar tomonidan
unga tegishli bo‘lgan va ilgari ijro qilinmagan majburiyatlarning bajarilishini
nazarda tutadi);
g) subyektga nisbatan uning o‘z xulq-atvori oqibatida kelib chiqadigan
noxush oqibatlar (kasalxona rejimini buzish natijasida bemorning vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yo‘qotishi yoxud bu hol uzrli sababsiz yuz
berishi va hokazo).
Huquqiy normalarning sanksiyalarini huquqbuzar uchun noxush bo‘lgan
oqibatlarning hajmi va miqdoridan kelib chiqib tasniflash maqsadga muvofiqdir,
bunda sanksiyalar uch guruhga ajratiladi:
1)
mutlaq aniq sanksiyalar, ularda noxush oqibatlarning miqdori aniq
ko‘rsatilgan (xodimni xizmat burchini bajarishdan ozod etish, ishdan bo‘shatish,
jarimaning aniq miqdori va hokazo) bo‘ladi;
2)
nisbiy aniq sanksiyalar, bularda noxush oqibatlar chegarasining eng
ozidan eng ko‘pigacha yoxud faqat eng ko‘pigacha ko‘rsatiladi. Avvalo, bular
Jinoyat kodeksining «falon yildan ... falon yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi» yoki «... yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi» shaklidagi sanksiyalaridir;
3)
alternativ sanksiyalar, ularda «yoki», «yoxud» birlashtiruvchi-ayiruv-
chi bog‘lovchilar orqali bir necha noxush oqibatlar (jazolar) ko‘rsatilib, sanab
o‘tiladi va huquqni qo‘llovchi subyekt ulardan faqat bittasini – hal etilayotgan
holat uchun eng maqsadga muvofiq bo‘ladiganini tanlaydi. Bunday sanksiya
quyidagicha ifodalanishi mumkin: «... yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi».
Shunday qilib, huquq normasining tarkibiy qismlari quyidagilarni
o‘rnatadi:
Gipoteza – dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kim va qachon, qaysi
sharoitda bajarishi lozimligini ko‘rsatadi; dispozitsiya esa – bajarilishi lozim
bo‘lgan qoida nimadan iboratligini ko‘rsatadi, u huquqiy munosabat ishtirokchi-
larining subyektiv huquqlari va majburiyatlarining mazmunini aks ettiradi;
sanksiya esa, huquq normasi talabini bajarmaslik oqibatlarini ko‘rsatadi.
Ta’kidlash joizki, huquqiy normalarning hammasida ham uning
uch elementi birgalikda kelavermaydi. Aksariyat konstitutsiyaviy normalar
gipoteza va dispozitsiyadangina iborat. Konstitutsiyaviy normalarning sank-
siyasi boshqa qonunchilik hujjatlarida, tegishli kodekslarda mustahkamlangan
bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida
«Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd
Do'stlaringiz bilan baham: |