258
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
sharoit va mavjud vaziyatni ko‘rsatadi, ya’ni huquq normasida belgilangan xat-
ti-harakat qanday sharoitlarda bajarilishi mumkin va lozimligini bildiradi. Gipo-
tezada huquq normasida belgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda
kim tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Gipoteza huquqiy normaning bir
qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun
zarur bo‘lgan aniq hayotiy holatlar (voqea, harakat, hodisalar), shart-sharoitlar
o‘z ifodasini topadi. Masalan, fuqarolik huquqi normasi fuqarolarning muomala
layoqati qaysi holda to‘la vujudga kelishini ko‘rsatadi. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida «Fuqaroning to‘liq muomala
layoqati u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga yetgach, to‘la hajmda vujudga
keladi», degan qoida mustahkamlangan. Yana bir misol: O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 66-moddasida «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli
farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar», deb qayd
etilgan. Birinchi misolda qonunlarning «voyaga yetgan», ikkinchi misolda esa,
«voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar» deyilgan qismi ushbu huquq
normalarining gipotezasidir, ya’ni «Qachon? Qay holatlarda qo‘llaniladi?» de-
gan savolga javob ifodalangan. Normaning gipotezasida mustahkamlangan
abstrakt ifodalangan har bir vaziyat xulq-atvor qoidasiga «hayotbaxsh» ta’sir
etib, uni alohida darajaga ko‘taradi. Boshqacha aytganda, gipoteza yuridik nor-
mani harakatga keltirish sharti va omilidir.
Huquq normasining tarkibiy tuzilishi elementi sifatida gipoteza
oddiy,
murakkab va alternativ (muqobil) turlarga bo‘linadi. Agar gipotezada biron-
bir holatning mavjudligi yoki mavjud emasligi ko‘rsatilishi yuridik nor-
maning harakati bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda bunday gipoteza
oddiy gipoteza
deb ataladi. Masalan, «Fuqarolik to‘g‘risida» gi qonunda bayon etilganidek,
«Bola, agar uning ota-onasi u tug‘ilishi paytida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan
bo‘lsalar (gipoteza), bola qayerda tug‘ilishidan qat’i nazar, O‘zbekiston fuqarosi
bo‘ladi».
Agar gipoteza huquq normasining harakatini bir vaqtning o‘zida ikki
yoki undan ko‘proq holatlarning bor-yo‘qligiga bog‘liq qilib qo‘ysa, u
murakkab
gipoteza deb ataladi.
Yuqorida fuqarolik to‘g‘risidagi qonunda bayon qilingan gipoteza aynan
shundaydir: «O‘zbekiston hududida tug‘ilgan bola (birinchi holat), fuqarolikka
ega bo‘lgan shaxslardan tug‘ilgan bo‘lsa (ikkinchi holat), u O‘zbekiston fuqa-
rosi bo‘ladi».
Yuridik normaning harakati qonunda sanab o‘tilgan bir necha holatlardan
biriga (u yoki bunisiga) bog‘liq bo‘lsa, unda
alternativ gipoteza deyiladi.
Dispozitsiya – huquq normasining navbatdagi tarkibiy elementi bo‘lib,
unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi va ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |