257
XII bob.
Huquq
normasi
dalangan xulq-atvor qoidasi sifatida tushunilishi mumkin, qonun va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlar matni orqali anglab yetiladi.
Qonunchilik hujjatida mantiqan yakunlangan rasman muayyan mustah-
kamlanishiga ega bo‘lgan davlat hokimiyatining irodasi normativ qoida sifa-
tida maydonga chiqadi. Qonun va boshqa huquqiy hujjatni yaratuvchi organ
huquqiy norma mazmunida uning barcha tarkibiy qismlarini, ya’ni normaning
qo‘llanish shart-sharoitlarini, subyektlarning huquq va majburiyatlarini, yuridik
talabga rioya etilmagan holda – javobgarlik choralarini aks ettirishi lozim.
Shu bois huquqiy normaning tarkibiy tuzilishini tahlil etish ham nazariy,
ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Huquq tizimining boshlang‘ich elementi,
ya’ni kichik tizim sifatida huquq normasi o‘z ichki tuzilishiga ega, ya’ni huquq
normasi mazmunan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bir necha tarkibiy qismlardan
iborat. Ta’kidlash joizki, adabiyotlarda huquqiy normaning tuzilishi masalasida
turlicha yondashuvlar mavjud. Xulq-atvor normalarining tarkibi haqidagi ma-
sala anchadan beri huquqshunoslarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda.
Huquqiy normaning uch element(gipoteza, dispozitsiya, sanksiya)dan
iboratligi haqidagi fikrlar huquqshunoslikda keng tarqalgan. Huquqiy normada,
avvalambor, norma qo‘llaniladigan sharoitga oid qism bor, so‘ngra xulq-atvor
qoidasining o‘zi bayon qilinadi, oxirida esa ushbu qoidani bajarmaganlik uchun
kelib chiqadigan yuridik oqibat nazarda tutiladi.
Ijtimoiy munosabatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi huquq nor-
malarining «ixtisoslashganligini» hisobga olgan holda, ko‘pchilik mualliflar
yuridik norma tarkibidan ikki elementni ajratib ko‘rsatadilar: regulyativ nor-
malarda – gipoteza va dispozitsiya; qo‘riqlovchi normalarda – gipoteza (dispo-
zitsiya) va sanksiya. So‘zma-so‘z ifodalaganda bu odatda shunday bo‘ladi. Ush-
bu masala haqidagi bahslarning mohiyatini chuqurlashtirib o‘tirmay, ta’kidlash
joizki, yuridik normaning uch elementli strukturasi – uning mantiqiy-yuridik
ifodasidir. U nazariy fikrlash vositasida shakllantiriladi va o‘zining timsolida
ushbu formulani ifodalaydi:
«Agar... bo‘lsa, unda..., aks holda esa... bo‘ladi».
Mantiqiy yuridik tizimni qayta tiklash uchun, mantiq talab va qoidalaridan
tashqari yana qonunchilikni hamda yuridik texnikani, huquqiy aloqalar tizimini
yaxshi bilish zarur. U yoki bu vaziyatda xatti-harakatning ma’lum bir qolipini
belgilovchi huquq normalari, ya’ni xulq-atvor qoidalari, o‘zining mantiqiy yuri-
dik tarkibiga ko‘ra, gipoteza, dispozitsiya va sanksiyaga ega.
Shunday qilib, huquqiy norma quyidagi uch element (qism)dan iborat:
1) gipoteza; 2) dispozitsiya; 3) sanksiya.
Gipoteza – huquq normasining dastlabki tarkibiy elementi bo‘lib, u
ushbu huquqiy normaning qanday sharoitlarda harakatga kelishi va uning
dispozitsiyasi qanday sharoitlarda amalga oshishini belgilovchi hayotiy shart-
17–18-8