198
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
tomonidan tasdiqlangani, bajarilishining majburiyligi va davlatning majburlov
kuchi bilan ta’minlanishi bilan ajralib turadi. Odat o‘tmish bilan bugungi kunni
bog‘lab turadi. Jamiyatda shunday odatlar borki, davlat ularni qo‘llab-quvvat-
laydi va rag‘batlantiradi. Masalan, ommaviy hashar tadbirlari, Navro‘z bayrami
va boshqalar. Odat insonlar o‘rtasida bir xil holatning ketma-ket takrorlanishi
natijasida shakllanadi. Odatning davlat tomonidan ma’qullanishigina unga ras-
miy, yuridik ahamiyat baxsh etadi, shunda u umummajburiy talabga aylanadi
va u davlatning kuchiga tayanadi.
Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagi ta’rifni ifoda etish mumkin.
Huquqiy
odat – uzoq davr mobaynida amalda bo‘lishi natijasida
shakllangan va davlat
tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir.
Mamlakatimiz misolida oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonning mustaqillikka-
cha bo‘lgan davrida Navro‘z, Qurbon hayiti, Ro‘za hayiti kabi diniy bayramlar
odat tarzida, ayrim hollarda yashirin ravishda o‘tkazilar edi. O‘zbekiston mus-
taqillikni qo‘lga kiritgach, yo‘qotilgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni tiklash
maqsadida Navro‘z, Qurbon hayiti va Ro‘za hayiti kabi milliy qadriyatlarimizni
rasmiy ravishda bayram sifatida e’tirof etib, shu kunlar dam olish kunlari,
deb e’lon qilindi va mehnat qonunchiligida dam olish kunlari sifatida belgilab
qo‘yildi. Mamlakatimizdagi ayrim odat qoidalari, nafaqat huquqiy odatga, balki
umummajburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidasiga aylantirildi.
Turli davlatlarda huquq manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o‘rni
turlicha bo‘lgan. Masalan, Angliyada huquqiy odat o‘z kuchi bilan harakatlana
olmasligi, balki davlatning kuchi bilan qo‘llab-quvvatlab turilganligi haqida
shubha yo‘q. Huquqshunos olimlarning fikricha, huquqiy odat davlat paydo
bo‘lmasdan oldin ham bo‘lgan, chunki ibtidoiy jamiyat davrida ham odamlar va
jamoalar o‘rtasidagi ayrim ijtimoiy munosabatlar huquqiy odatga asoslangan
holda tartibga solingan. Masalan, bir shaxsning qabilada o‘rnatilgan tartib-qoi-
dani buzishi, uni qabila oldida izza qilishga sabab bo‘lgan. U og‘ir qilmish sodir
etgan taqdirda esa, qabiladan haydab yuborilgan. Umuman, ko‘rinib turibdiki,
odat hukmron bo‘lgan vaqtlarda davlatning majburlov kuchisiz ham ijtimoiy
munosabatlar tartibga solingan.
Huquqiy odat quyidagi xususiyatlarga ega:
birinchidan, mahalliy ahami-
yatga molik, chunki huquqiy odat uncha ko‘p bo‘lmagan bir guruh odamlar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi, ya’ni ma’lum bir urug‘ yoki
qabila irodasini o‘zida ifoda etadi;
ikkinchidan, huquqiy odat, qisman din bilan
bog‘liq bo‘lib, ko‘pgina munosabatlarni tartibga solishda dinga asoslanadi va
tayanadi. Jumladan, o‘z otasini urgan farzand nafaqat qonun bilan jazolanadi,
balki uning qilmishi bir vaqtda og‘ir gunoh sanalib, xudoning qattiq qahriga
uchrashiga sabab bo‘lishi e’tirof etiladi.