Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


X bob. HUQUQNING SHAKLI (MANBAYI)



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

X bob. HUQUQNING SHAKLI (MANBAYI)

Huquq shakli 

(manbayi) 

tushunchasi

1-§.


196

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

Uchinchi guruh olimlar esa, «huquqning manbayi» iborasidan to‘la voz 

kechishni istamaganlari holda, uni ayrim izohlar bilan (masalan, «huquqning 

yuridik manbayi», maxsus ma’noda tushuniladigan «huquq manbayi» va h.k.) 

qo‘llashni taklif etadilar

1

.



Bizga prof. S.L. Zivsning fikri ma’qul. Bunga ko‘ra, masalaning mohiyatini 

«huquqiy normaning manbayi»

2

 degan ibora aniq ifodalaydi. Agar «huquqning 



manbayi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning aksariyatini solishtirib ko‘rilsa, 

ularda asosan huquqning manbayi – bu huquqiy normalar (qoidalar)ni bayon etuv-

chi, ifodalovchi normativ-huquqiy hujjatlardir, degan ma’noni ko‘rish mumkin.

«Huquqning shakli» iborasiga kelsak, bunda shakl falsafiy talqin nuqtayi 

nazaridan muayyan mazmunning mavjudligini anglatadi va uni ifoda etadi. 

Huquqning shakli – bu huquqning tom mazmuni tuzilishi, uning mavjudlik 

usuli, namoyon bo‘lishi, batartibligi va harakatlanishi ifodasidir.

Huquqdagi mazmun va shakl masalasi, shu jumladan, huquq struk-

turasi bilan qonunchilik strukturasi o‘rtasidagi munosabat masalasi yuridik 

adabiyotda ancha keng yoritilgan. Ko‘pchilik mualliflarning fikricha, huquqning 

mazmunini huquqiy normalar yig‘indisi tashkil etadi. Bu normalarda xalqning 

umumiy davlat irodasi o‘zining muayyan aniq ifodasini topadi

3

. Huquqning 



mazmuni hamisha o‘zi uchun mos va maxsus shaklda obyektivlashtiriladi. 

Mazkur shakl ma’lum bir real mazmunning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, uning 

mavjudligi, ifoda etilishi va o‘zgarishi usulidir

4

.



Demak, shuni ta’kidlash joizki, 

huquq shakli – davlat bilan huquq 

o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Unda huquqning tashqi ifodalanishi tushuni-

ladi. 

Huquq manbayi deyilganda, huquq normasining paydo bo‘lishi va amal 

qilishiga imkon beruvchi zamin (rezervuar) tushuniladi. Taniqli rus huquqshu-

nosi G.F. Shershenovich huquq shakli – ma’lum ma’noda huquqni o‘zida aks et-

tiruvchi, uning oldingi vaqtda chiqarilgan manbayi, ya’ni asosi deb ta’riflagan.

Huquq shaklini tahlil etish davlat irodasini, xalq irodasini qonun dara-

jasiga qanday usullar bilan ko‘tarilganligini anglashga ko‘maklashadi. Huquq 

shakli, davlat irodasining hamma uchun majburiylik usuliga qarab belgilanadi. 

Shunga ko‘ra, huquqning to‘rtta tarixiy shakli mavjud: huquqiy odat, yuridik 

presedent, normativ-huquqiy hujjat va normativ shartnoma.

Shunday qilib, huquqning tashqi ifodalanish shakli bilan manbalari tizimi 

(moddiy, g‘oyaviy, yuridik) o‘rtasidagi o‘zaro uzviy aloqadorlik muayyan 

mamlakat huquqiy tizimining xususiyatini ifoda etadi. Ya’ni, ba’zi davlatlarda 

Шебанов А.Ф. Основы теории государства и права. М., 1960. – 278–279-betlar.



Зивс С.Л. Источники права. М., 1981. – 22-bet.

Керимов Д.А. Философские проблемы права. – 215-bet.



Тюхтин В.С. Отражение, система, кибернетика. – М., 1972. – 190-bet.





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish