197
X bob.
Huquqning
shakli (manbai)
normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy shakli bo‘lsa, boshqa davlatlarda
boshqaruv organlarining berilgan vakolat asosidagi (delegirovannoye) huquq
ijodkorligi keng tarqalgan; uchinchi bir mamlakatlarda presedentlar va sud
qarorlari; to‘rtinchi toifa davlatlarda – diniy qoidalar (Qur’on, sunna, ijmo, ma-
salan, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqalar) ustunlik qiladi.
Ilmiy manbalarni o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, huquqiy odat davlatchilik shakl-
lanishining ibtidosida ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soluvchi huquqiy qoidalarning tarixan birinchi ko‘rinishi bo‘lgan. Odat
normalari asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish alohida ahamiyat
kasb etadi.
Odat – doimiy takrorlanishi natijasida kishilar ongida shakllangan
xulq-atvor qoidasi. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi man-
balar tizimida odat va huquqiy odatni farqlash lozim. Kundalik turmushdagi
barcha odatiy qoidalar ham huquqiy odat sifatida shakllanavermaydi.
Ma’lumki, ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda
odat normalaridan keng foydalanilgan va davrlar o‘tishi bilan odat o‘z o‘rnini
huquqqa bo‘shatib bera boshladi. Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga
bo‘lish mumkin:
Birinchi bosqich – odatning mutlaq hukmronlik davri. Bu davrda jami-
yatdagi barcha ijtimoiy munosabatlar odat orqali tartibga solingan, ya’ni bu
davrda huquq umuman bo‘lmagan, chunki bunda huquqni yuzaga keltiruvchi
davlat ham bo‘lmagan.
Ikkinchi bosqich – odat va huquqning birgalikda amal qilgan davri. Bu
davrda davlat paydo bo‘lib, asta-sekinlik bilan huquq normalari vujudga kela
boshlagan, ya’ni huquq o‘z-o‘zidan, paydo bo‘lib, zudlik bilan odat asosida tartibga
solinayotgan ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan emas, aksincha bosqichma-
bosqich, asta-sekinlik bilan odat o‘rniga, davlat tomonidan yaratilgan huquq
normalari kela boshlagan.
Uchinchi bosqich – huquqning mutlaq hukmronlik davri. Bu davrda odat
o‘z o‘rnini davlat tomonidan yaratilgan huquqqa bo‘shatib bergan va hozirga
qadar huquq to‘la ustuvorlik qilmoqda.
Bugungi kunda odat faqat huquq yetarli tarzda tartibga sola olmayot-
gan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida qo‘llanilmoqda. Har qanday odat ham
huquqiy odatga aylana olmaydi, balki u ma’lum bir guruh, sinf yoki butun
jamiyatning manfaatlariga mos kelgan taqdirdagina, ijtimoiy foydali va dav-
lat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan (ma’qullangan) holdagina
huquqiy odat
bo‘lishi mumkin. Huquqiy odat, boshqa ijtimoiy normalardan o‘zining davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |