180
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Amalda sotsiologik yondashuv tadqiqotchilar va qonun chiqaruvchi idora
uchun yaxshi samara berishi mumkin. Huquqni bilish, foydali va samarali
qonunni ishlab chiqish uchun amaldagi qonunchilikni mukammal o‘rganish
zarur. Hayotga tatbiq etilgan yozma huquq normalarini o‘rganish ularni ta-
komillashtirishning eng ma’qul yo‘lidir. Hayotga tatbiq etilgan huquq-ijtimoiy
munosabatlarni qonun bilan tartibga solishdagi nuqson va kamchiliklarni
aniqlash manbayidir.
Huquqning psixologik nazariyasi. Huquqqa yondashuvda ayrim olim-
lar huquqiy normalar va huquqiy munosabatlar bilan birga huquqiy ongni ham
huquq tushunchasiga kiritadilar. Shu bois, huquqning psixologik nazariyasi
kelib chiqdi, u fanda va amaliyotda mustaqillikka da’vogar bo‘lsa-da, aslida huquqiy
realizm g‘oyalari va boshqa nazariyalar bilan bog‘liqlikda yashab kelmoqda.
Mazkur nazariya o‘tgan asrda mantiqiy to‘la shakllangan bo‘lib, Petra-
jitskiy, Ross, Reysner va boshqalar bu nazariyaning Yevropadagi namoyan-
dalaridir. Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:
1) inson psixikasi (ruhiyati) – ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat, davlat,
huquq, axloqning rivojlanishini belgilovchi omil;
2) huquq tushunchasi va mohiyati qonun sohibi faoliyati orqali emas,
psixologik qonuniyatlar – huquqiy ehtiroslar (imperativ-atributiv xarakter),
ya’ni nimagadir huquqiy vakolat (atributiv norma), nimadir qilish burchi (im-
perativ norma) majmui orqali kiritiladi, deb hisoblanadi;
3) barcha huquqiy his-tuyg‘ular ikkiga – ijobiy (davlat tomonidan
o‘rnatiladigan) va intuitiv (shaxsiy) huquqiy his-tuyg‘ularga bo‘linadi. Intuitiv
huquq inson xulq-atvorining haqiqiy tartibga soluvchisi bo‘lib, «haqiqiy» huquq
sifatida qaralishi kerak.
Mazkur nazariyaning ijobiy jihatlari:
birinchidan, huquqni tushunishda
iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan birga psixologik jarayonlarga ham alohida
e’tiborni qaratadi. Bu ijtimoiy psixologiyani hisobga olmay, individning psixologik
tuzilishini inobatga olmay turib, qonunlar chiqarish mumkin emasligini anglata-
di;
ikkinchidan, jamiyat huquqiy tizimida, huquqiy tartibga solishda huquqiy
ongning o‘rni va ahamiyatini oshiradi;
uchinchidan, inson huquqlarining man-
bayini qonunlardan emas, inson ruhiyatidan qidiradi.
Ushbu yondashuvning salbiy jihatlari: psixologik omillarga haddan ziyod
katta e’tibor berib, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillarga e’tiborni susaytiradi;
intuitiv huquqning haqiqiy deb hisoblanishi bilan huquqni davlatdan ajratadi,
huquqiylik, huquqqa xiloflik, qonuniylik va g‘ayriqonuniylik o‘rtasidagi farqni,
mezonni yo‘qotadi.
Ma’lumki, sobiq Sovet huquq nazariyasida huquqqa psixologik yondashuv
subyektiv idealizmga olib keluvchi nazariya sifatida rad etilgan edi. Biroq,
Do'stlaringiz bilan baham: |