181
VIII bob.
Huquqning
mohiyati
sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agar proletar davlatining manfaatlari
talab qilsa, sudyalar huquqiy ongga murojaat qilishi dekretlarda tan olingan
edi. Amalda esa, sotsialistik huquqiy ongga asoslanib, «aybdorlarni» joyida otib
tashlash intuitiv huquqi keng miqyosda qo‘llanildi. Buning salbiy oqibatlari
hammaga ma’lum.
Aytish joizki, huquqni tushunishga psixologik yondashuv nazariya-
sining asoschisi L.I. Petrajitskiy huquqni obyektiv va subyektiv, in-
tuitiv va pozitiv, rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lib tushuntiradi. Yuri-
dik amaliyotda, xususan, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida
psixologik nazariya xulosalaridan samarali foydalanish mumkin. Huquq
normalari harakatining psixologik mexanizmini bilish nihoyatda muhim,
chunki u huquqni amalga oshirishda huquqni qo‘llovchi subyektning kas-
biy mo‘ljallarining to‘g‘ri va aniq bo‘lishi, huquqni qo‘llash motivlarining
asosli bo‘lishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |