145
VI bob.
Davlat mеxanizmi
(apparati)
olingan davlatda yagona qonun chiqaruvchi organ, yagona ijro etuvchi organ
hamda yagona sudlov organi (tizimi) bo‘lishi lozim.
Ilgari yuridik adabiyotda
«vakillik hokimiyati» degan ibora keng
qo‘llanilardi. Bu iborani to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Aslida qonun chiqaruvchi
ho-
kimiyat va vakillik organi deyish to‘g‘ridir. Qonun ijod etish faqat vakillik
organi tomonidan emas, balki bevosita xalq tomonidan (referendum yo‘li bilan)
yoki hatto alohida shaxs tomonidan (monarxiya shaklidagi davlatlarda) amalga
oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, masalan, Fransiya va Qozog‘iston Pre-
zidentlarining ham qonunchilik vakolatlari bor. Vakillik xarakteriga esa ham
qonun chiqaruvchi, ham ijro etuvchi hokimiyat ega bo‘lishi mumkin.
Hokimiyat taqsimlanishi serqirra hodisa bo‘lib, u tuzilma hosil qiluvchi
va funksional prinsipdir. U alohida tarkibiy qismlarning qotib qolgan yig‘indisi
emas, balki amal qiluvchi, harakatlanuvchi mexanizmdir. Bu mexanizm mu-
rakkab kelishtiruv va maxsus huquqiy jarayonlarni (shu jumladan, ixtilof va
favqulodda holatlarga mo‘ljallangan jarayonlarni) birlashtirish vositasidir. Ho-
kimiyatlarning yagonaligi (hamjihatligi) va taqsimlanishi davlat hokimiyati
tarmoqlarining dialektik holatidir. Yagonalikka dialektik muvozanat orqali, ho-
kimiyatlarni mutanosiblashtirish yordamida erishiladi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasining tarixiy va umuminsoniy qadr-
qimmatiga tan berish bilan bir qatorda shuni ta’kidlash kerakki, u ma’muriy-
buyruqbozlik tizimining barcha ofatlari va betayin davlat boshqaruvi oqibatlari-
dan xalos bo‘lishning yagona vositasi emas. Buning uchun hali yana bir qator
omillar kerak. Ya’ni, ilg‘or taraqqiy etgan demokratiya, tegishli siyosiy madaniyat
darajasi, «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etishning» konstitutsiyaviy
rasmiylashtirilgan sistemasi va hokazo. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, hokimiyat-
lar taqsimlanishi prinsipini aslida to‘la hajmda joriy etish mumkin emas. Hatto,
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham hokimiyatlar taqsimlanishi sof ko‘rinishda
amalga oshmagan. Shuning uchun o‘zga davlat-huquqiy andazasini muayyan
mamlakatga mexanik tarzda ko‘chirib o‘tkazish to‘g‘ri emas. Chunki, barcha
xalqlar va davlatlar uchun yagona namuna, qolip, andaza bo‘lishi mumkin emas.
Shunday qilib, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining mohiyati hokimi-
yat vakolatlarini namoyon etuvchi davlat organlari o‘rtasida o‘zaro muvozanat-
ni va ularning o‘zaro bir-birini tiyib turish tizimini ta’minlashdan iborat. Ho-
kimiyatlar taqsimlanishi shuni anglatadiki, bunda davlat hokimiyati tarmoqlari
o‘rtasida Konstitutsiya va qonunlar bilan belgilangan demokratik muvozanat
(balans) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Basharti, shunday muvozanat va ham-
korlik ta’minlanmasa, har qaysi hokimiyat tarmog‘i, bu qonunchilik, ijro va
sud hokimiyati tuzilmasi bo‘ladimi, tabiiy, ular o‘zlariga yuklatilgan vakolat va
vazifalarni to‘la-to‘kis ado etish imkoniga ega bo‘lmaydi.
10–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |