152
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
1. Marksistik siyosiy tizimlar (siyosiy tizimlarni bir-biriga keskin qara-
ma-qarshi qo‘yadi).
2. Demokratik siyosiy tizimlar (fuqarolarning davlat hokimiyati ustidan
jamoat nazoratini ta’minlovchi mexanizm mavjud bo‘ladi).
3. Modernizatsiyalashgan siyosiy tizimlar (rivojlangan fuqarolik jamiyati
va ratsional hokimiyatni amalga oshirish mavjud bo‘ladi).
4. An’anaviy siyosiy tizimlar (siyosiy an’analarga sodiqlik, hokimiyatning
monarxiya shakli va hokazo).
5. O‘tish davri siyosiy tizimlari (bunday tizim negizida rivojlanmagan
fuqarolik jamiyati, siyosiy rollarning zaif tabaqalashtirilganligi, hokimiyatning
xarizmatik usulga asoslanganligi, siyosiy institutlarning sust rivojlanganligi
yotadi).
Shu o‘rinda siyosiy tizimlar evolyutsiyasi va revolyutsiyasi to‘g‘risidagi
ayrim nuqtayi nazarlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Jamiyatdagi ijtimoiy
sinfiy kuchlar joylashuvidagi o‘zgarishlar oqibatida jamiyatning siyosiy tizimi
ham o‘zgarishlarga yuz tutadi. Shu tufayli siyosiy jarayon – ijtimoiy subyekt-
larning siyosiy tizimni shakllantirish, o‘zgartirish, qayta tuzish va ro‘yobga
chiqarish borasidagi barcha harakatlarining yig‘indisi, degan xulosaga kelish
mumkin.
Jamiyat siyosiy tizimining ichki tuzi-
lishi (strukturasi)ni to‘g‘ri tavsiflash uchun
unga kiruvchi qismlarni aniqlab olish me-
zonlarini qat’iy belgilash lozim. Bundagi
asosiy talab sistemaga kiruvchi qismlarning ichki batartibligi (tashkiliy
mezon) va faoliyatining siyosiy yo‘naltirilganligi (siyosiy mezon) hisobla-
nadi. Ushbu talab (mezon)lar siyosiy tashkilotning ijtimoiy vazifasi, maqsa-
di, funksiyalari, faoliyatining asosiy sohalari, faoliyat yuritish va tashkiliy
prinsiplarini aks ettiruvchi nizom, dastur, ustavlarda normativ tarzda ras-
miylashadi.
Faoliyatning siyosiy yo‘naltirilganligini aks ettiruvchi mezon siyosiy
sistemaning u yoki bu instituti uchun quyidagicha ahamiyat kasb etadi:
birin-
chidan, muayyan ijtimoiy birlikning, sinf yoki guruhning siyosiy manfaatlarini
ifodalashga qodir bo‘lish;
ikkinchidan, siyosiy hayot va siyosiy munosabat-
larning ishtirokchisi bo‘lish;
uchinchidan, davlat hokimiyatiga bevosita yoki
bilvosita aloqador bo‘lish – hokimiyatga egalik qilish, uni shakllantirish yoki
undan foydalanish, davlat organlari bilan hamkorlik qilish yoki ularga muxoli-
fatda bo‘lish shakllaridan birontasining mavjud bo‘lishi;
to‘rtinchidan, o‘z faoli-
Do'stlaringiz bilan baham: |