149
VII bob.
Jamiyatning siyosiy
tizimi va davlat
–
birinchidan, siyosiy tizim doirasida qabul qilinadigan qarorlar butun
jamiyat uchun majburiydir;
–
ikkinchidan, siyosiy tizim ijtimoiy muhit va avvalo jamiyatning ijti-
moiy-iqtisodiy tuzilmasi bilan uzviy bog‘liqdir;
–
uchinchidan, siyosiy tizim jamiyatning boshqa tizimlariga nisbatan
mustaqildir.
Siyosiy tizim jamiyatning maqsad va vazifalarini belgilovchi, uning im-
koniyatlarini amalga oshirishga safarbar qiluvchi mexanizmdir. Siyosiy tizimni
siyosiy hokimiyatni shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi vositalari bo‘lgan
davlat tashkilotlari va siyosiy munosabatlar yig‘indisi deb tushunish maqsadga
muvofiqdir.
Siyosiy tizimni mohiyati quyidagi vazifalarda o‘z ifodasini topadi:
– siyosiy tizim o‘zida jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, etnik va milliy tuzil-
malarini, demografik jarayonlar, aholining ma’lumot darajasi, ijtimoiy onggi
holati, ma’naviy-ruhiy va ma’rifiy-mafkuraviy hayotni, xalqaro ahvolni aks
ettiradi;
– siyosiy tizim orqali mafaatlarning asosiy guruhlari aniqlanadi. Zero,
hozirgi sharoitda jamiyatimiz siyosiy tizimi oldida avvalo, bozor munosabatlariga
bosqichma-bosqich o‘tishda turli manfaatlar muvozanatiga erishish vazifasi
turibdi.
Jamiyatning siyosiy tizimi to‘g‘risidagi ta’limotlar yurisprudensiyada
XX asrning 60–70-yillarida namoyon bo‘la boshladi. Siyosiy tizim masalasi
faqat huquqshunoslik fanining predmeti bo‘lib qolmay, balki uni siyosatshunos-
lik, sotsiologiya, falsafa kabi fanlar ham o‘rganadi.
«Siyosiy tizim» tushunchasi bahs va munozaraga boy bo‘lib, huquqshunos
olimlar tomonidan turli xil tarzda ta’riflanadi. Siyosiy tizim – xalq irodasiga
muvofiq, siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga xizmat qiluvchi siyosiy tash-
kilotlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat uyushmalar),
siyosiy normalar, prinsiplar, institutlar, jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi va
mushtarak yig‘indisidir
1
. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko‘ra, «siyosiy tizim» –
shaxslarning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish jarayonidagi tashkiliy mus-
taqilligi va siyosiy faolligini rivojlantiradigan davlat, jamoat tashkilotlari va
boshqa uyushmalarning yig‘indisidir
2
.
Mazkur ta’riflar yordamida jamiyat va davlatning aloqalarini aniqlash,
davlatning jamiyat siyosiy tizimidagi o‘rni va mavqeini ko‘rsatib beradigan iqti-
sodiy, ijtimoiy-siyosiy omillarni belgilab olish mumkin. Siyosiy tizim insonlar
faoliyatining alohida sohasi – siyosat, siyosiy munosabatlar va aloqalar sohasi
1
Qarang: Оdilqoriyev Х.T. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. – T., 2002. – 82-bet.
2
Qarang: Saidov А.Х., Tadjiхanov U.T. Davlat va huquq nazariyasi. T.2. – T., 2001. – 125-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |