«Siyosat» yunoncha «politikos» so‘zidan olingan bo‘lib, «davlatni
boshqarish san’ati», «davlat ishlari» degan ma’noni bildiradi. Qadim yunon fay-
lasufi Demokritning fikricha, «siyosat – bu davlatni idora etish, boshqarish
mahoratidir». Bu fikrni davom ettirib Platon (Aflotun) siyosatni hukmdorning
san’ati sifatida, ya’ni shoxning odamlarni (jamiyatni) boshqarish sohasidagi
bilimi va qobiliyati sifatida ta’riflaydi. Siyosiy san’atning mohiyati davlatning
umumiy hayotini oqilona tashkil etish va olib borish, siyosiy «matoni» to‘qish
mahoratida namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda siyosat – davlat ishlarida ishtirok etish, davlatni yo‘naltirib
turish, uning shakli, vazifalari, faoliyati va mazmunining belgilanishi (ifo-
dalanishi) deb talqin qilinadi. Siyosat – turli ijtimoiy guruhlarning davlat ho-
1
Qarang: Karimov I.А. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. – T., 1999. – 380-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |