TCP / IP to’plamiga asoslangan tarmoqlarni tavsiflash uchun mos bo’lgan cheklangan model. OSI – har xil turdagi tarmoqlarni tavsiflash uchun model (Fiber Channel, Infiniband, SS7 telefon signalizatsiyasi); TCP / IP – protokollar, Internetning asosi.
Tarmoq bо‘ylab amalga oshirilgan aloqani oson tushunilishini ta’minlaydi;
Dasturlar va qurilmalar ishlashini kо‘rsatadi;
Foydalanuvchilarga yangi topologiyani tushunishga yordam beradi;
Turli tarmoqlar orasidagi funksional boq’liqliklarni oson solishtirish imkoniyatiga ega.
TCP (Transmission Control Protocol) bu mustahkam, sifatli aloqa uchun ishlatiladigan protokol. (to’lov tizimlari, ro’yxatdan o’tish va h…).
TCP (Transmission Control Protocol) bu mustahkam, sifatli aloqa uchun ishlatiladigan protokol. (to’lov tizimlari, ro’yxatdan o’tish va h…).
Protokol — jo’natuvchi va qabul qiluvchi o’rtasida ma’lumot almashish uchun oldindan kelishib olingan kelishuvlar to’plami. Ikkala taraf ham ma’lumot almashinuvi vaqtida shu kelishuvlarga qat’iy rioya qiladi.
TCP/IP kompyuter tarmog’ida barcha kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning moslamaviy va dasturiy ta’minot hamkorligini ta’minlaydi. TCP/IP ochiq qaydnoma, bu shuni bildiradiki, qaydnoma haqidagi barcha ma’lumotlar chop etilgan va undan barcha ochiq foydalanadi. Bunday siyosat bu sohaning tezkor rivojlanishiga olib keldi.
TCP / IP modeli TCP / IP stekasi ishlashi uchun turli xil texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarni qanday yaratishni tasvirlaydi.
OSI modeli etalon model bo’lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay foydalanish hisoblanadi.
Port tushunchasi
Port bu – mantiqiy bog’lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog’lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so’rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so’rov kelgan portga qayta jo’natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo’ladi: