153
VII bob.
Jamiyatning siyosiy
tizimi va davlat
yatida mamlakat siyosiy hayotida qaror topgan siyosiy norma yoki qoidalarni
qo‘llash
1
.
Mazkur mezonlarga rioya etgan holda siyosiy sistema subyektlari tan-
lab olinadigan bo‘lsa, ular qatoriga davlat, barcha siyosiy partiyalar va ba’zi
jamoat birlashmalari (ijtimoiy harakatlar) kiritilishi mumkin. Eng asosiy talab
ularning siyosatga daxldorligi, siyosiy manfaat va maqsadlarni ko‘zlashi hamda
ularga erishish yo‘lida harakatlana olishidir.
Siyosiy va huquqiy adabiyotlarda siyosiy tizimning tarkibiy tuzilishini
tashkil etuvchi elementlar siyosiy hokimiyatni shakllantirish va amalga
oshirishdagi o‘rniga qarab quyidagi qismlardan iborat, deb e’tirof etiladi:
tashkiliy jihat – davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, jamoat
birlashmalari, nodavlat tashkilotlar (institutsional element);
me’yoriy jihat – huquq, siyosiy norma va an’analar, siyosiy hayot doira-
sidagi axloq va madaniyat qoidalari (normativ element);
aloqalar tizimiga oid jihat – siyosiy institutlar o‘rtasidagi aloqa bog‘lash
vositalari va shakllari: saylovlar, referendumlar, ommaviy muhokamalar,
majlislar, davlat va siyosiy partiyalarning aholiga murojaatlari, ommaviy
axborot vositalarining faoliyati va boshqalar (kommunikativ elementlar);
mafkuraviy jihat – siyosiy ong, jamiyatda hukmron bo‘lgan
va uni
yo‘naltiruvchi siyosiy mafkura (g‘oyaviy, mafkuraviy element).
Siyosiy tizimni tashkil etuvchi yuqorida qayd etilgan to‘rtta kichik tizim
siyosiy maqsadlarning amalga oshirilishida muayyan vazifalarni bajaradi.
Masalan, tashkiliy kichik tizimga kiruvchi davlat va siyosiy partiyalar siyosiy
maqsadlarni amalga oshirish uchun tuziladi. Qolgan boshqa kichik tizimlar,
jumladan, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari esa, siyosiy
maqsadlar uchun emas, balki ma’lum guruhlarning madaniy, jismoniy va malaka-
viy manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi.
Madaniy-mafkuraviy tizimning vazifasi siyosiy partiyalarning muayyan
g‘oyalar va qarashlarga tayanishi bilan bog‘liq. Siyosiy partiyalar jamiyat
taraqqiyotining yo‘nalishlari, hokimiyat uchun kurash uslublari va konsepsi-
yalaridan kelib chiqib, turli g‘oyalarni ilgari surishlari mumkin. Siyosiy partiya-
lar mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, huquqiy normalarga to‘la-to‘kis rioya
qilsalar, jamiyat siyosiy tizimida o‘zlarining munosib o‘rinlariga ega bo‘ladilar,
aks holda, ularning faoliyati davlat tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
Bugungacha dunyo siyosiy tarixida liberal, konservativ, radikal, mil-
liy, sotsialistik va boshqa turdagi mafkuralar ilgari surilganligi ma’lum. De-
mokratik davlat ma’lum bir mafkuraviy konsepsiyaga tayansa ham, u yoki
1
Qarang: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Отв. ред.
проф. М.Н.
Марченко, Том 1. – М., 1998. – 239–240-betlar.