96
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat shaklining asosiy elementlari-
dan biri siyosiy rejim (tartib)dir. Yurispruden-
siyada siyosiy rejim iborasi «siyosiy tartib»,
«davlat rejimi» yoki «davlat tartibi» kabi shaklan har xil, ammo mazmu-
nan bir xil bo‘lgan tushunchalar bilan ifodalanadi.
«Siyosiy rejim» tushun-
chasi yuridik adabiyotda XX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan bo‘lib, olimlar
o‘rtasidagi turli xil tortishuv, bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi. Bir guruh
olimlar siyosiy rejim davlat shaklining sinonimi deb e’tirof etsalar, ikkinchi
guruh olimlar esa uni davlat shakli tarkibiga kirmaydi, deb ta’kidlaganlar.
«Siyosiy rejim» tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng
ma’nodagi yondashuvda siyosiy rejim barcha siyosiy hayot, umuman jami-
yat siyosiy tizimi hodisalarining namoyon bo‘lishi va tartibi tushuniladi. Tor
ma’nodagi yondashuvda esa, siyosiy rejim faqat davlat hayoti, davlat hokimiyatini
ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq hodisalar va usullarning namoyon bo‘lishi
tarzida talqin etiladi.
Siyosiy rejim
– davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan
tartib va usullar yig‘indisi. Davlat hokimiyati har bir mamlakatda o‘ziga xos
xususiyatga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon
bo‘ladi. Muayyan davlatning siyosiy rejimi mohiyati va mazmuni o‘ziga xos
mezonlar, ya’ni, davlat hokimiyatining aholi bilan munosabati qaysi yo‘llar
va qanday usullar orqali amalga oshirilishi, siyosiy sohada turli kuchlarning
o‘zaro munosabatlari, jamoat tashkilotlarining jamiyat siyosiy tizimidagi
mavqei qay darajadaligi bilan belgilanadi. Shuningdek, davlat o‘z hokimiyatini
amalga oshirish jarayonida aholining manfatlari uchun xizmat qilishiga qarab
siyosiy rejim
nodemokratik va demokratik turlarga bo‘linadi.
Nodemokratik rejim yuridik fanda g‘ayridemokratik, aksildemokratik va
antidemokratik kabi iboralar tarzida qo‘llaniladi. Demoratik rejimdan farqli
o‘laroq, nodemoratik rejim demokratiyaga xos prinsip va qoidalarni tan
olmaydi, aksincha ularni inkor etadi.
Davlatning siyosiy rejimi tarkibida nodemokratik rejimning o‘ziga xos
turlari mavjud bo‘lib, ular
totalitar, fashistik va avtokratik shakllarda namoyon
bo‘ladi.
Totalitar rejim usuliga fashistik davlatlar va «shaxsga sig‘inish» davri-
dagi sotsialistik davlat misol bo‘ladi. Ushbu rejim ko‘ppartiyaviylik tizimini
rad etgan holda, faqat bir hukmron partiyaning mavjudligiga yo‘l qo‘yadi va
mazkur partiya jamiyatning yetakchi kuchi deb e’lon qilinadi, uning qoidalari
muqaddas aqidalardek qabul qilinadi. Hukmron partiya davlat boshqaruvini
jilovlab turadi hamda partiya va davlat organlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi
sodir bo‘ladi. Siyosiy hukmron partiya rahbari siyosiy lider bo‘lib, u davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |