95
IV bob.
Davlatning
shakllari
subyektlari birlashish jarayonida o‘z mustaqilligini saqlab qoladi, federatsiya
subyektlari esa, o‘z suverenitetini federatsiya idoralari ixtiyoriga topshiradi-
lar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa,
konfederatsiya taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim
asosida birlashadi.
Konfederatsiya muvaqqat, beqaror tuzilma. Odatda, u mustaqil davlatlarning
federatsiyaga birlashishida yoki federatsiyaning mustaqil davlatlarga bo‘linib
ketishida oraliq bosqich hisoblanadi. Masalan, Shveysariya 1815–1848-yillarda
federatsiyaga birlashdi, Sene Gambiya 1982-yilda Senegal va Gambiyani bir-
lashtirishga urinishdan so‘ng 1989-yilda mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi.
Konfederatsiyani tashkil etgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatning kuchsizligi
uning barqaror emasligidan dalolat beradi. Uning tarkibiy qismlarida davlat
suvereniteti va boshqa davlatchilik belgilari – mustaqil armiya, fuqarolik, qo-
nunchilik, sudlov organlari tizimiga egaligi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Konfederatsiyada yagona umumiy oliy davlat hokimiyati organlari yo‘q
yoki ular bo‘lgan taqdirda ham nomigagina vakolatlarga ega. Konfederatsiya
tarkibidan xohlagan subyekt, istagan vaqtda erkin chiqib ketish huquqiga ega.
Konfederatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
1) konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil
davlatlarning ittifoqi;
2) barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma;
3) yagona hududning bo‘lmasligi;
4) yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi;
5) konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;
6) konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik
huquqiga egaligi;
7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish
kirishi;
8) konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning 28 ta davlatini birlashtirgan Yevropa itti-
foqi davlatlarining hamdo‘stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi konfederatsiya emas. 2016-yil iyunida Buyuk Britaniya Yevro-
pa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazdi. Bunda Angliya aholisi-
ning qariyb 60 foizga yaqini Yevroittifoqni tark etish g‘oyasini yoqlab ovoz
berdi. «Breksit» – Ittifoqni tark etish, undan chiqish protsedurasi ikki yilga
cho‘zilishi, London bilan Bryussel o‘rtasida uzoq muzokaralar bo‘lishi hozirga-
cha ta’kidlanmoqda. Yevroittifoqning boshqa a’zo-davlatlari orasida ham Buyuk
Britaniyadan ibrat olishni o‘ylayotganlari bor. Chamasi, Yevropa Ittifoqi jiddiy
islohotlarga muhtoj bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |