4.9-§. Sirtlarni proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishi
Sirt yasovchilari to’g’ri chiziqlar deb qaraladi. Shunda masala to’g’ri chiziqning proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishgan nuqtasini aniqlashga o’xshab qoladi.
Misol. Og’ma konusning gorizontal proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishish chzig’i aniqlansin (4.9.1- chizma).
4.9.1- chizma
Yechish. 1. H da konusning konturini ifoda qilayotgan, ya’ni konus asosiga urinib o’tayotgan ikki chetgi yasovchilar oralig’ida kesishish chizig’ining gorizontal proyeksiyalovchi tekislikning gorizontal izi bilan qo’shilgan holda tasvirlanmoqda. Birinchi bo’lib shu ikki 1l, 2l belgilanadi va ularning frontal proyeksiyalari 1ll, 2ll lar aniqlanadi.
Konus asosining markaz chiziqlari bilan kesishayotgan Cl, El, Fl nuqtalaridan konus yasovchilari o’tkaziladi va ularning tekislik izi Th bilan kesishish nuqtalari 3l, 4l, 5l deb belgilanadi. Bu nuqtalarning frontal proyeksiyalari
3ll, 4ll, 5ll lar topiladi.
Topilgan nuqtalarni o’zaro tutashtirish paytida qo’shni nuqtalar oralig’i uzoqlik qilsa, ular orasida qo’shimcha nuqtalar topish uchun konusning oraliq yasovchilari o’tkaziladi va ularning ham tekislik bilan kesishish nuqtalari aniqlanadi. Bunday nuqtalar oraliq nuqtalari deyiladi.
Barcha topilgan nuqtalar o’zaro tutashtirilayotganda kesishish chizig’ining ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlari hisobga olinishi lozim.
Misol. Og’ma silindrning profil proyeksiyalovchi P (Ph, Pv, Pw) tekislik bilan kesishgan chizig’i va kesim yuzasining haqiqiy kattaligi aniqlansin (4.9.2- chizma).
4.9.2- chizma
Yechish. 1. Silindr bilan P tekislikning kesishish chizig’ining proyeksiyalarini topishni profil proyeksiyasini aniqlashdan boshlash lozim bo’ladi. Profil proyeksiyalovchi tekislikning profil izi Pw bilan silindrning ikki chetgi va o’rtadagi markaziy o’q bilan qo’shilib qolgan yasovchilarning kesishish nuqtalari 1lll, 2lll va 3lll, 4lll belgilab olinadi va ularning dastlab V dagi, so’ng H dagi proyeksiyalari aniqlanadi.
Topilgan nuqtalar oralig’ida sirtning oraliq yasovchilari o’tkaziladi va ularning tekislikning profil izi bilan kesishgan nuqtalari belgilab olinadi va V va H dagi proyeksiyalari aniqlanadi.
Barcha topilgan nuqtalar V va H da dastlab ingichka chiziqlarda tutashtirib chiqiladi, so’ngra kesishish chizig’ining sirtga nisbatan ko’rinmaydigan qismlari shtrix chiziqda, ko’rinadigan qismi asosiy kontur chiziqda chizib chiqiladi.
Kesishish chizig’ining haqiqiy kattaligi aylantirish usulida aniqlanadi.
Aylanish slrti bilan tekislikning kesishish chizig’ini aniqlashda sirtning parallellari, ekvatori va meridian chziqlaridan foydalaniladi.
Misol. Aylanish sirtining frontal proyeksiyalovch itekislik bilan kesishish chizig’i va kesim yuzasining haqiqiy kattaligi topilsin (4.9.3- chizma).
Yechish. 1. Sirtning bosh meridiani bilan tekislikning izi Fv bilan kesishgan joylarda kesishish chizig’ining eng yuqori 1ll va eng quyi 2ll nuqtalari belgilanadi va ularning gorizontal proyeksiyalari 1l, 2l lar topiladi.
2. Tekislik izi Fv ning sirt ekvatori bilan kesishayotgan joyida ustmaust tushib qolgan ikkita nuqta 3ll ≡
4ll belgilanadi va ularning H dagi
4 .9.3- chizma
proyeksiyalari topiladi. Bu
nuqtalar kesishish chizig’ini sirtga nisbatan ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlarga ajratadi.
Oraliq 5ll ≡ 6ll va 7ll ≡ 8ll nuqtalarni aniqlashda sirt parallellaridan foydalaniladi.
Barcha topilgan nuqtalar o’zaro ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlarini hisobga olgan holda ravon qilib tutashtiriladi.
Kesim yuzasining haqiqiy kattaligi aylantirish usulida topiladi.
Misol. Aylanish sirtining frontal proyeksiyalovchi tekislik F (Fv) bilan kesishish chizig’i aniqlansin va kesim yuzasining haqiqiy kattaligi proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usulida topilsin (4.9.4- chizma). Bu misol oldingi misol kabi yechiladi.
Aylanish sirtining V dagi konturi bilan tekislikning izi Fv kesishayotganda hosil bo’lgan nuqtalar 1ll, 4ll belgilanadi va ularning H dagi proyeksiyalari aniqlanadi.
Oraliq 2ll, 3ll nuqtalar uchun sirtning oraliq parallellari o’tkaziladi va ularning ham gorizontal proyeksiyalari aniqlanadi.
Topilgan barcha nuqtalar ravon qilib tutashtiriladi. Bu yerda 4l – 4l nuqtalar oralig’i ko’rinmaydi, chunki, tekislik sirt asosini ham kesib o’tgan.
4 .9.4- chizma 4. Kesim yuzasining haqiqiy kattaligi talab qilingan usulda topilgan. Buning uchun Fv ga
parallel qilib, ixtiyoriy masofada, kesim yuzasining simmetrik chizig’i (o’qi) o’tkaziladi. Kesishish chizig’ining nuqtalari 1ll, 2ll, 3ll, 4ll lardan Fv ga perpendikulyar chiziqlar chiziladi va H dagi smmetriya markaziy chiziqdan ikki tomonlama mos ravishda o’lchab qo’yiladi. Haqiqiy kattalik konturi chizib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |