Toshkent 2021 yil Annotatsiya


-§. Chiziqli va aylanish sirtlarida nuqta tanlash



Download 26,48 Mb.
bet50/154
Sana12.01.2022
Hajmi26,48 Mb.
#337741
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154
Bog'liq
22 11 2021 M Xalimov, H To'rayev, Sh Dilshodbekov, Sh Muslimov Chizma

4.8-§. Chiziqli va aylanish sirtlarida nuqta tanlash

Sirtlarda nuqta uning elementlaridan birida yotadigan qilib olinadi. To’g’ri chiziqli sirtlarda nuqta ularning yasovchilarida, aylanish sirtlarida ularning parallellaridan birida tanlanadi, yoki sirtda tanlab olingan nuqta orqali sirt elementi o’tkaziladi.

Epyurda sirtda nuqtalarning proyeksiyalarini aniqlash uchun avval nuqtaning biror proyeksiyasi orqali sirt yasovchisi (to’g’ri chiziq) yoki sirt parallelining proyeksiyasi o’tkaziladi. So’ngra shu yasovchi yoki parallelning ikkinchi proyeksiyasi aniqlanib, unda nuqtaning ikkinchi proyeksiyasi topiladi.

Misol. Silindr sirtining frontal proyeksiyasida A nuqtaning frontal proyeksiyasi All berilgan, uning gorizontal proyeksiyasi aniqlansin (4.8.1- chizma, a).



4.8.1- chizma

A nuqtaning frontal proyeksiyasi All orqali silindr yasovchisining frontal proyeksiyasi o’tkaziladi va shu yasovchining gorizontal proyeksiyasi aniqlanadi hamda unda nuqtaning gorizontal proyeksiyasi Al topiladi.

Lekin bu yerda nuqta ikkita bo’lishi mumkin. Nuqtaning gorizontal proyeksiyasi berilgan bo’lsa, uning frontal proyeksiyasini aniqlash uchun avval sirt yasovchisining gorizontal proyeksiyasini nuqtaning gorizontal proyeksiyasi orqali o’tkaziladi. Keyin shu yasovchining frontal proyeksiyasi aniqlanib, unda nuqtaning frontal proyeksiyasi belgilanadi. Bu yerda ham nuqta ikkita bo’lishi mumkin.

Bittasi konusning S1 yasovchisida bo’lsa, ikkinchisi konus asosida yotgan bo’ladi (4.8.1- chizma, b).

Misol. Sfera sirtida A nuqtaning frontal proyeksiyasi All berilgan bo’lib, uning gorizontal proyeksiyasi topilsin (4.8.1- chizma, c).

Nuqtaning All proyeksiyasi orqali sfera parallelining frontal proyeksiyasi o’tkaziladi va uning gorizontal proyeksiyasi aniqlanadi hamda unda nuqtaning gorizontal proyeksiyasi topiladi. Bu yerda nuqta ikkita bo’lishi mumkin. Agar sferaning gorizontal proyeksiyasida B nuqtaning gorizontal proyeksiyasi berilgan bo’lsa, aylanish sirtining aylanish o’qi V ga perpendikulyar vaziyatda deb faraz qilinadi va Bl orqali x ga parallel chizib sferaning paralleli o’tkaziladi. Bu parallelning frontal proyeksiyasi aniqlanib, unda B nuqtaning frontal proyeksiyalari topiladi. Xuddi shu tartibda har qanday sirtda istalgancha nuqtaning proyeksiyalarini aniqlash mumkin.


Download 26,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish