4.6-§. Sirtlarni hosil bo’lishi
To’g’ri chiziqli sirtlar. Tevarak atrofdagi narsa (buyum) larning shakli inson imkoniyatlarining mahsuli deb qaralsa, inson o’sha buyumni yaratishda ma’lum qonun-qoidalarga amal qilgan. Tabiat yaratgan narsalar: daraxt tanalari, poliz va mevali daraxt hosilalari va hokazolarining shakllari inson tomonidan u yoki bu narsani yaratishda ko’rgazmali qurol (andaza) bo’lib xizmat qilgan.
Chizma geometriyada hamma narsa umumlashtirilib, sirt (jism) deb qaraladi.
Sirtlarning xususiy ko’rinishi tekislik, sirt (tekislik) elementi esa chiziq bo’ladi. Chizma geometriya va chizmachilikda chiziqlardan bo’ladigan sirtlarni o’rganish ancha qulay hisoblanadi. To’g’ri chiziqdan hosil bo’ladigan sirtlar, to’g’ri chiziqning fazodagi harakati xarakteriga bog’liq. To’g’ri chiziq berilgan fazoviy egri chiziq bo’yicha muntazam aylana harakatni berilgan yo’nalish bo’yicha amalga oshirsa, silindir sirti hosil bo’ladi (4.6.1- chizma, a). To’g’ri chiziq egri chiziq tekisligidan tashqaridagi qo’zgh’almas nuqta S orqali berilgan egri chiziqqa urinma harakat qilsa, konus sirti hosil bo’ladi (4.6.1- chizma, b).
4.6.1- chizma
Sirtlarni hosil qiluvchi to’g’ri chiziq sirt yasovchisi, egri chiziq yo’naltiruvchi deyiladi. Silindr ikkita, konus bitta asosga ega bo’ladi.
4.6.2- chizma, a, b larda konus va silindrlarning yasovchilarini o’tkazish ko’rsatilgan. Ularning gorizontal va frontal konturlari sirtlarning asoslariga urinib o’tuvchi yasovchilar orqali ifodalanadi.
4.6.2- chizma
Umumiy vaziyatdagi konus asosining bir qismi, ya’ni Sl dan urinma qilib o’tkazilgan yasovchilarning oralig’i H da shtrix chiziqda tasvirlanadi. Shu konusning 1S yasovchisi V da ko’rinadi (1ll Sll), 2ll Sll yasovchisi ko’rinmaydi (4.6.2- chizma, b).
Sirtlarning yasovchilari va parallellarini o’tkazish, ular bilan bog’liq masalalarni aniq va to’g’ri yechishda foydalaniladi.
Masalani yechishda ustma-ust tushib qoladigan sirt yasovchidan foydalanish tavsiya etiladi.
To’g’ri chiziqli sirtlar o’z navbatida yoyiluvchi va yoyilmaydigan sirtlarga bo’linadi. To’g’ri chiziqli yoyiladigan sirtlarni ba’zida torslar ham deyiladi. Ularga silindr, konus kabi sirtlar kiradi. To’g’ri chiziqli yoyiluvchi har qanday sirtni cho’zmay, g’ijim qilmay va yirtmay, ya’ni deformatsiya ta’sirisiz, tekislikka yoyish mumkin. Yoyilmaydigan sirtlarga yasovchisining ikki yondosh vaziyati tekis element hosil qilmaydigan, ya’ni yasovchilari uchrashmaydigan (ayqash ) chiziqlardan iborat bo’ladi. Ularga vint, paraboloid, giperboloid, ellipsoid, kabi sirtlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |