Toshkent 2021 yil Annotatsiya


Yordamchi kesuvchi tekisliklardan foydalanish usuli



Download 26,48 Mb.
bet59/154
Sana12.01.2022
Hajmi26,48 Mb.
#337741
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154
Bog'liq
22 11 2021 M Xalimov, H To'rayev, Sh Dilshodbekov, Sh Muslimov Chizma

1. Yordamchi kesuvchi tekisliklardan foydalanish usuli.

Misol. Ikkita prizmaning o’zaro kesishish chizig’i aniqlansin (4.13.2- chizma).

Prizmalarning biri vertikal, ikkinchisi gorizontal vaziyatlarda berilgan. Vertikal prizma gorizontal proyeksiyalovchi bo’lgani uchun, o’zaro kesishish chizig’ining H dagi proyeksiyasi uchburchak bilan qo’shilib qoladi. Bunday hollarda sirtlarning kesishish chizig’ining bitta proyeksiyasi aniqlanadi.

B erilgan sirtlar ko’pyoqliklar bo’lgani uchun, ularning o’zaro kesishish chizig’i siniq 4.13.2.- chizma chiziqlar bo’lib, sinish nuqtalari

kop’yoqlikning har bir qirrasiga to’g’ri keladi. Avval shu sinish nuqtalarining proyeksiyalari aniqlanadi va ular ketma-ket tutashtirilib, ikkala sirtning o’zaro kesishish chizig’i hosil qilinadi. Buning uchun:


  1. Gorizontal prizmaning MN (Ml Nl, Mll Nll) qirrasi orqali gorizontal proyeksiyalovchi tekislik o’tgan deb faraz qilinib, ushbu qirraning vertikal prizma bilan kesishgan nuqtalari 12 (1l 2l, 1ll 2ll) lar, vertikal prizmaning Al ≡ Bl qirrada kesishayotgan yoqlarida belgilanadi va Mll Nll da frontal proyeksiyalari topiladi.

  2. Vertikal prizmaning Al ≡ Bl qirrasi orqali gorizontal proyeksiyalovchi Th o’tkaziladi va uning gorizontal prizma bilan kesishish chizig’i orqali vertikal prizmaning All Bll qirrasida kesishish nuqtalari 3ll va 4ll lar topiladi.

  3. Vertikal prizmaning Cl ≡ El qirrasi orqali navbatdagi gorizontal proyeksiyalovchi Rh tekislik izi o’tkaziladi va uning gorizontal prizma bilan kesishish chiziq yordamida CE qirraning Cll Ell proyeksiyasida 5ll va 6ll nuqtalar topiladi. Shu tartibda Fll Gll da 7ll va 8ll nuqtalar aniqlanadi.

  4. Sirtlarning o’zaro kesishish chizig’ining ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlari aniqlanadi. Vertikal prizmaning oldingi yoqlarida yotuvchi 2ll 5ll 7ll va 4ll 6ll 8ll siniq chiziqlar ko’rinadi, orqa yoqdagi 2ll 3ll 1ll 7ll va 4ll 8ll siniq chiziqlar ko’rinmaydi.

  5. Sirtlarning o’zaro kesishish chiziqlari proyeksiyalarini topilgan nuqtalari bo’yicha tutashtirishda bir-biriga nisbatan joylashish ketma-ketligi inobatga olinadi.

Avval “kirish” chizig’i aniqlanadi. Buning uchun sirt va uning qirralaridan birini olib, sirt sifatida vertikal prizmani va uning qirralaridan biri Al ≡ Bl olinadi.

Kesishish chizig’ining frontal proyeksiyasini aniqlash uchun uni gorizontal proyeksiyasiga bog’lab boriladi. 4l nuqtadan soat strelkasi yo’nalishi harakati (soat strelkasi harakati yo’nalishiga qarashi ham mumkin) da 6l va 8l nuqtalarga kelib, yana 4l ga qaytiladi. Shu yurish tartibida nuqtalar o’zaro tutashtiriladi. Bu yerda “kirish” chizig’ining frontal proyeksiyasi hosil bo’ladi. Endi “chiqish” chizig’ining frontal proyeksiyasi aniqlanadi. Bu safar 3l dan 2l ga, keyin 5l ga va so’ng 7l ga kelib, 1l ga, nihoyat 3l ga qaytiladi. Frontal proyeksiyada 3ll ni 2ll, 5ll, 7ll, 1ll va 3ll bilan tutashtiriladi. Shunda “chiqish” chizig’ining frontal proyeksiyasi hosil bo’ladi. Misol. Frontal proyeksiyalovchi prizmaning to’g’ri doiraviy konus bilan kesishish chizig’i aniqlansin (4.13.3- chizma).



4.13.3- chizma

Avval, prizmaning bitta qirrasi konusning chetki yasovchisiga urinib o’tayotgan urinish nuqtasi C (Cl, Cll) ning gorizontal proyeksiyasi Cl topiladi.


  1. Prizmaning konus bilan kesishayotgan chizig’ining frontal proyeksiyasi shu prizmaning V dagi proyeksiyasi (uchburchak) bilan qo’shilib tasvirlanadi. Demak, bu yerda kesishish chizig’ining gorizontal proyeksiyasi topiladi.

  2. Prizmaning All Bll qirrasi orqali gorizontal tekislik izi Gv o’tkaziladi va uning H dagi kesishish chizig’i aylana bilan Al Bl ning kesishish nuqtalari 1l 2l lar topiladi.

  3. Shu tartibda prizmaning El Fl qirrasining konus bilan kesishish nuqtalari 4l 5l lar topiladi.

  4. Kesishish chizig’i nuqtalarini tutashtirish oson bo’lishi uchun prizma qirralari oralig’ida oraliq gorizontal tekisliklar o’tkaziladi va ular yordamida kesishish chizig’iga oid qo’shimcha nuqtalar topiladi.

  5. Sirtlarning o’zaro kesishish chizig’iga oid barcha nuqtalar ketma-ket tutashtirib chiqiladi. Bu yerda prizmaning bitta qirrasi konusga urinib o’tganligi uchun sirtlarning o’zaro kesishish chizig’i yaxlit tasvirlanadi.

O’zaro kesishuvchi sirtlarning har ikkalasi aylanish sirtlari bo’lsa, u holda ularning parallellarini kesib o’tuvchi tekisliklardan foydalaniladi.

Misol. Biri paraboloid (shartli) ikkinchisi ellipsoid ko’rinishida berilgan aylanish sirtlarning o’zaro kesishish chizig’i aniqlansin (4.13.4- chizma).



        1. Aylanish sirtlarining bosh meridianlarini kesib o’tuvchi frontal tekislikning gorizontal izi Fh o’tkaziladi va uning yordamida kesishish chizig’ining A va B nuqtalarining proyeksiyalari topiladi.

        2. Kesishish chizig’ining H da ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlarga ajratadigan C, E nuqtalar ellipsoid sirtning ekvatori orqali gorizontal tekislik

4 .13.4- chizma (Gh) o’tkaziladi.



    1. All Bll nuqtalar oralig’ida sirt parallellarini kesib

o’tadigan qo’shimcha gorizontal tekisliklar o’tkaziladi va ular yordamida kesishish chizig’iga oid qo’shimcha nuqtalar aniqlanadi. Ular K, L va M, N larning proyeksiyalari.

    1. Barcha topilgan nuqtalar o’zaro tutashtiriladi. Kesishish chizig’ining frontal proyeksiyasi frontal proyeksiyalovchi silindrsimon sirtda yotganligi uchun u bitta egri chiziqda tasvirlanadi. Gorizontal proyeksiyasining CAE qismi ko’rinadi, CBE qismi ko’rinmaydi.


  1. Download 26,48 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish