Toshkent 2021 yil Annotatsiya


IV – Bob. Ko’pyoqliklar. Sirtlar 4.1- §. Ko’pyoqliklar



Download 26,48 Mb.
bet40/154
Sana12.01.2022
Hajmi26,48 Mb.
#337741
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154
Bog'liq
22 11 2021 M Xalimov, H To'rayev, Sh Dilshodbekov, Sh Muslimov Chizma

IV – Bob. Ko’pyoqliklar. Sirtlar 4.1- §. Ko’pyoqliklar.

Ko’pchilik fazoviy jismlar qirrali, yoqli va uchli ko’pyoqliklar ko’rinishida bo’ladi va ular yopiq holatda yoqlar bilan chegaralangan bo’ladi.

Qadimda insonlar o’z hojatlarini qondirish maqsadida, turli ko’rinishdagi buyumlar, inshootlar yaratishga harakat qilishgan. Ularning hammasi, deyarli, ko’p yoqli bo’lgan. Masalan, qadimgi Misrda qurilgan ehrom (piramida) lar va ular bilan bog’liq bo’lgan binolar, inshootlar kabilar.

Hozirda ham, masalan, qurilish g’ishti – prizma (parallellepiped), turli hashamatli binolar shaklan ko’pyoqliklarga o’xshatib quriladi. Hayotda ko’pyoqliklarga juda ko’p misollar keltirish mumkin.

Endi, qisqa qilib ko’pyoqliklarning geometrik shakli va xossalari bilan tanishiladi.

Piramida. Bu ko’pyoqlikning bitta yoqi ko’pburchak, qolganlari bitta umumiy uchga ega bo’lgan uchburchaklardan tuzilgan figura (4.1.1- chizma, a). Asosi ko’pburchakning shakliga qarab uchburchakli, to’rtburchakli, beshburchakli va hokazo burchakli piramida deyiladi.

Prizma. Bu ko’yoqlikning ikkita yoqi (asoslari) ko’pburchak, qolganlari to’rtburchak (parallellogrammlardan) tashkil topgan (4.1.1- chizma, b).

4.1.1- chizma

Ko’pyoqliklarning yoqlarining o’zaro kesishayotganda hosil bo’lgan joy (chiziq) qirra, qirralarning o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan nuqta uch, qirralari orasidagi tekis joy yoq deyiladi.

Barcha yoqlari o’zaro teng bo’lgan ko’pyoqlik to’g’ri ko’pyoqlik deyiladi.

Bunday ko’pyoqlikning uchlar bilan qirralari oralig’idagi burchaklari ham o’zaro teng bo’ladi. Ular beshta bo’lib, ikki ming yildan avvalroq qadimgi yunon faylasufi Platon tomonidan ularning shakli va xossalari haqida yozib qoldirilgan. Shu bois, bu ko’pyoqliklarni Platon ko’pyoqliklari ham deyiladi.

X asrga kelib Abu Rayhon Beruniy unday ko’pyoqliklarning yana boshqa xossalarini aniqlab, shar ichiga besh xil muntazam ko’pyoqliklarni yasash mumkinligi chizmalar orqali isbotlab bergan. Ular: noriy – to’rtyoqlik (tetraedr), orziy – oltiyoqlik (geksaedr), havoiy – sakkizyoqlik (oktaedr), falakiy – o’nikkiyoqlik (dodekaedr) va moiy – yigirmayoqlik (ikosaedr) (4.1.2- chizma).



4.1.2- chizma

Muntazam ko’pyoqliklarni “Geometriya” va maktab “Chizmachilik” darslarida o’rganilganligi uchun, bu yerda, ko’pyoqliklarni umumiy vaziyatda berilishi va tasvirlanishi qisqacha bayon etiladi.


Download 26,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish