Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/149
Sana24.02.2022
Hajmi3,13 Mb.
#216761
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
- bolaning qobiliyat va mayllarini e’tiborga olish; bolaga kuchi yetadigan mashqlarni bajar-
tirish; 
- ta’limni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borilishi. 
Bolaga ta’lim va tarbiya berishi uchun saxovatli, donno, iymonli, axloqiy va aqliy tarbiya 
usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim va tarbiyachini tanlash zarur. Muallim sog‘lom, 
pok, halol, xushmuomala kishi bo‘lmog‘i lozim.
“Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi”da boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi qiyofasi ta’riflanadi: 
“...eng muhimi balalarda o‘qish, o‘rganishga chinakkam xavas, ishtiyoq uyg‘otuvchi, e’tiqod 
xosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o‘rin tutadi.” va yana shu konsepsiyadan boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisi fazilatlariga qo‘shimcha keltiriladi.


148
Январь 2021 10-қисм
Тошкент
INKLYUZIV TA’LIMGA BO‘LGAN EHTIYOJLAR VA USHBU TA’LIM SHAKLINING 
AFZALLIK JIHATLARI
V.Bozorova 
Navoiy viloyat Qiziltepa 
tumaniga qarashli 36 umumiy
o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich 
ta’lim fani o‘qituvchisi 
Maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni o‘qish va yozishga o‘rgatish 
muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko‘mak berish, bu ishlarni samarali amalga 
oshirish, maxsus soha xodimlari hamda nogiron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi 
ma’suliyatli ishlar jumlasiga kiradi. 
Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muammolarini ular o‘zlari yashab turgan muhitdan, 
oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo‘lmaydi. Jamiyat o‘z a’zolariga javobgarlikni 
o‘z bo‘yniga olmas ekan, cheklab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan 
ijtimoiy Integrasiyaga erishish qiyin. Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik 
muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda 
ham juda ko‘plab bolalar turli xildagi sabablarga ko‘ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. 
Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko‘rib chiqish ya’ni 
mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida 
yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor:
Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro 
faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus 
ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va 
tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan 
munosabatda bo‘lishni his etadilar.
Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish 
huquqiga ega ekanligi. Bu ishlarni muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etilishi 
zarur. Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini 
amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga ta’lim berishda, ota-onalar, 
mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko‘rsatishlarini talab qilinadi va 
majburiy hisoblanadi. Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘z 
qobiliyat darajasida faoliyat ko‘rsatish, ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi va rivojlanishi mumkin. 
Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy 
tomondan himoyalanadilar, ijtimoiy hayotda teng huquqliligini, o‘z tengdoshlari bilan birga bilim 
olishlari mumkinligini his etadilar. 
Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregatsion-maxsus, yopiq turdagi muassasalarda 
bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansada, ammo bolalarning 
maktab jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, 
kelajakda normal rivojlanishdagi bolalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga 
duch keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan juda katta kamchiliklarga ega. Bundan 
tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik davrasidan ajratgan holda 
yashashlari ham demokratiya nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki maxsus ehtiyojli bolalar 
ham barcha qatori xaq-huquqlarga ega.
Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalar hal etilishini talab etadi:
- ta’lim muassasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun 
zaruriy psixologo-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan 
umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy 
moslashtirishni amalga oshirish;
- o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
- jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, 
ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
- imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini 
ro‘yobga chiqarish;


149

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish