Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Тошкент MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING NUTNIQINI RIVOJLANTIRISHNING



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/149
Sana24.02.2022
Hajmi3,13 Mb.
#216761
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Тошкент
MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING NUTNIQINI RIVOJLANTIRISHNING 
ASOSIY OMILLARI
Buxoro viloyati Vobkent tumani maktabgacha ta’lim 
bo‘limiga qarashli 34-sonli MTT direktori
Tosheva Nodira Umarovna.
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalarning maktabgacha ta’lim 
muassasalarida tarbiyachilar tomonidan ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga 
qaratilgan bir qancha Grammatik o‘yinlar va ularing bola nutqining o‘sishiga ta’siri haqida fikr 
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: inovatsiya, pedagogik texnologiyalar, zamonaviy maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bola, kompyuter texnologiyalari, Grammatik o‘yinlar, o‘yinli topshiriqlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy maqsadi: dunyo rivojlangan davlatlari ta’lim 
darajasiga javob beradigan yosh avlodni tarbiyalash. Shunday ekan, endigi vazifamiz rivojlangan 
davlatlarning mentalitetimizga mos keladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarini 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llash va yangilarini ishlab chiqarishdan iborat. 
So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi pedagogik texnologiyalarning 
kirib kelishi ta’lim sohasida sezilarli darajada o‘zgarishlarga olib keldi. Yangi pedagogik 
texnologiyalarni tarbiyalanuvchilarga qo‘llashdan oldin tarbiyachi ijodkor bo‘lishi lozim. Ijodkor 
tarbiyachi har bir bola ko‘ngliga alohida individual tarzda yo‘l topmog‘i, ularnig xarakteriga
temperamentiga mos ravishda faoliyat turlariga qiziqtirish uchun yangi metodlardan, pedagogic 
texnologiyalardan foydalana olishi shart. 
Ma’lumki, o‘zbek tili ifoda va mazmun jihatlariga ko‘ra boy til bo‘lib, uni mukammal 
darajada o‘zlashtirish, chuqur idrokka bog‘liq. Bu jarayon soha mutaxassislaridan bolalar nutqini 
rivojlantirish va boyitish uchun turli muqobil metodlarni izlab topish va ularni amaliyotga tatbiq 
etishni talab etadi. 
Tilni o‘zlashtirish jarayoni bolalar uchun zerikarli bir mashg‘ulot tariqasida emas, balki uni 
o‘ziga jalb etuvchi o‘yinlar mazmuniga singdirilgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. 
Bolalar nutqini o‘stirish va ayniqsa, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarni o‘yinlar paytida 
muloqotga jalb qilish ham bolalar nutqidagi Grammatik nuqsonlarni bartaraf etishga, ham yon- 
atrofdagilardan ortda qolayotganligini his etmasdan tabiiy ravishda o‘zbek tilini o‘zlashtirishlariga 
zamin yaratadi. 
Odatda bolalar fe’l zamonlari, otlardagi kelishik, birlik va ko‘plik shakllarini noo‘rin qo‘llab, 
narsa- buyumlarni zamon va makondagi munosabatlarini to‘g‘ri va aniq ifodalay olmaydilar. 
Nutqida bunday nuqsoni bor bolalar logopet, hech bo‘lmaganda, ota- onasining, yoki o‘zidan 
kattalarning ko‘magiga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj, shunchaki, pand- nasihat yoki dakki tariqasida 
amalga oshirilsa, u nafaqat, bolalarning nutqiy faoliyatiga, balki ularning ruhiy olamiga ham 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida ta’kidlanganlarni inobatga olgan holda, nutqi rivojlanayotgan 
hamda nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalaring nutqiy imkoniyatlarini o‘stirish faoliyatida amaliy 
qo‘llanma bo‘la oladigan qator garammatik unsurli o‘yinlar ishalab chiqildi. Tavsiya qilinayotgan 
o‘yinlar mazmunan harakatchan va didaktik o‘yinlar bo‘lib, ular bolalar o‘zlashtirayotgan 
Grammatik materialni oson va mustahkam egallashiga yordam beradi, bolalarni jismonan 
chiniqtiradi, ruhan tetiklashtiradi. 
O‘yinli topshiriqlar o‘z navbatida rang- barang bo‘lib, bular: koptok ishtirokidagi “O‘rdaklar 
va ovchilar”, singari harakatli va “ Qo‘g‘irchoqqa yordam ber!”, “Qanday so‘zni eslading?”, 
“Do‘konda”.
Bu grammatikali o‘yinlar bolalar uchun zavqli bo‘lsa-da, mohiyatan ular Grammatik maqsadga 
yo‘naltirilgan, shu bois, ularing davomiyligi chegaralangan bo‘lishi, bolalar o‘yindan bezib 
qolmasligi lozim. Eng muhimi, o‘yi jarayonida bolalar ko‘proq rag‘batlantirilib, turilishi va 
o‘zlarining yutuqlaridan ilhomlanishi lozim.
Masalan: “Qo‘g‘irchoqqa yordam ber”.
Ko‘zlangan maqsad:
- Bolalarning lug‘at boyligini oshirish;
- Qo‘shimchalarni qo‘llash bilan bog‘liq nuqsonlarni bartaraf etish;


144

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish