Тошкент
MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING NUTNIQINI RIVOJLANTIRISHNING
ASOSIY OMILLARI
Buxoro viloyati Vobkent tumani maktabgacha ta’lim
bo‘limiga qarashli 34-sonli MTT direktori
Tosheva Nodira Umarovna.
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalarning maktabgacha ta’lim
muassasalarida tarbiyachilar tomonidan ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga
qaratilgan bir qancha Grammatik o‘yinlar va ularing bola nutqining o‘sishiga ta’siri haqida fikr
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: inovatsiya, pedagogik texnologiyalar, zamonaviy maktabgacha ta’lim yoshidagi
bola, kompyuter texnologiyalari, Grammatik o‘yinlar, o‘yinli topshiriqlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy maqsadi: dunyo rivojlangan davlatlari ta’lim
darajasiga javob beradigan yosh avlodni tarbiyalash. Shunday ekan, endigi vazifamiz rivojlangan
davlatlarning mentalitetimizga mos keladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarini
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llash va yangilarini ishlab chiqarishdan iborat.
So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi pedagogik texnologiyalarning
kirib kelishi ta’lim sohasida sezilarli darajada o‘zgarishlarga olib keldi. Yangi pedagogik
texnologiyalarni tarbiyalanuvchilarga qo‘llashdan oldin tarbiyachi ijodkor bo‘lishi lozim. Ijodkor
tarbiyachi har bir bola ko‘ngliga alohida individual tarzda yo‘l topmog‘i, ularnig xarakteriga,
temperamentiga mos ravishda faoliyat turlariga qiziqtirish uchun yangi metodlardan, pedagogic
texnologiyalardan foydalana olishi shart.
Ma’lumki, o‘zbek tili ifoda va mazmun jihatlariga ko‘ra boy til bo‘lib, uni mukammal
darajada o‘zlashtirish, chuqur idrokka bog‘liq. Bu jarayon soha mutaxassislaridan bolalar nutqini
rivojlantirish va boyitish uchun turli muqobil metodlarni izlab topish va ularni amaliyotga tatbiq
etishni talab etadi.
Tilni o‘zlashtirish jarayoni bolalar uchun zerikarli bir mashg‘ulot tariqasida emas, balki uni
o‘ziga jalb etuvchi o‘yinlar mazmuniga singdirilgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Bolalar nutqini o‘stirish va ayniqsa, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarni o‘yinlar paytida
muloqotga jalb qilish ham bolalar nutqidagi Grammatik nuqsonlarni bartaraf etishga, ham yon-
atrofdagilardan ortda qolayotganligini his etmasdan tabiiy ravishda o‘zbek tilini o‘zlashtirishlariga
zamin yaratadi.
Odatda bolalar fe’l zamonlari, otlardagi kelishik, birlik va ko‘plik shakllarini noo‘rin qo‘llab,
narsa- buyumlarni zamon va makondagi munosabatlarini to‘g‘ri va aniq ifodalay olmaydilar.
Nutqida bunday nuqsoni bor bolalar logopet, hech bo‘lmaganda, ota- onasining, yoki o‘zidan
kattalarning ko‘magiga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj, shunchaki, pand- nasihat yoki dakki tariqasida
amalga oshirilsa, u nafaqat, bolalarning nutqiy faoliyatiga, balki ularning ruhiy olamiga ham
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida ta’kidlanganlarni inobatga olgan holda, nutqi rivojlanayotgan
hamda nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalaring nutqiy imkoniyatlarini o‘stirish faoliyatida amaliy
qo‘llanma bo‘la oladigan qator garammatik unsurli o‘yinlar ishalab chiqildi. Tavsiya qilinayotgan
o‘yinlar mazmunan harakatchan va didaktik o‘yinlar bo‘lib, ular bolalar o‘zlashtirayotgan
Grammatik materialni oson va mustahkam egallashiga yordam beradi, bolalarni jismonan
chiniqtiradi, ruhan tetiklashtiradi.
O‘yinli topshiriqlar o‘z navbatida rang- barang bo‘lib, bular: koptok ishtirokidagi “O‘rdaklar
va ovchilar”, singari harakatli va “ Qo‘g‘irchoqqa yordam ber!”, “Qanday so‘zni eslading?”,
“Do‘konda”.
Bu grammatikali o‘yinlar bolalar uchun zavqli bo‘lsa-da, mohiyatan ular Grammatik maqsadga
yo‘naltirilgan, shu bois, ularing davomiyligi chegaralangan bo‘lishi, bolalar o‘yindan bezib
qolmasligi lozim. Eng muhimi, o‘yi jarayonida bolalar ko‘proq rag‘batlantirilib, turilishi va
o‘zlarining yutuqlaridan ilhomlanishi lozim.
Masalan: “Qo‘g‘irchoqqa yordam ber”.
Ko‘zlangan maqsad:
- Bolalarning lug‘at boyligini oshirish;
- Qo‘shimchalarni qo‘llash bilan bog‘liq nuqsonlarni bartaraf etish;
144
Do'stlaringiz bilan baham: |