Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK
O‘YINLAR ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Uraqova Dilafro‘z Omonovna
Samarqand viloyati Paxtachi tumani
24-umum ta’lim maktabi ning
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Annotatsiya: Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni o‘rgatishda pedagogik texnologi-
yalardan foydalanish pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
Kalit so‘zlar: ko‘rgazmali qurol,o‘quvchi,matematika,didaktik o‘yin,ta’lim.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga fan asoslarini, ayniqsa, matematika fanini o‘rgatish
o‘ziga xos qiyin kechadi. Jumladan, birinchi sinfga qabul qilingan bolalarga matematika fanini
o‘rgatish o‘qituvchida murakkabliklar keltirib chiqaradi. Bolalar bilimidagi va ularning fanni
o‘zlashtirishga bo‘lgan qizikishlaridagi turli-tumanlik kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan olib
boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu esa o‘qituvchilardan
o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi.
Bu mas’uliyat quyidagilarda namoyon buladi har bir darsga dars mavzulari va o‘quvchilar
bilim darajalaridan kelib chiqib, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishda, dars davomida darsning
asosiy maqsadlaridan kelib chiqib, didaktik uyinlardan foydalanishda didaktik o‘yinlar, butun
sinf ishtirok etganda bolalar o‘rtasida o‘zaro hamkor bo‘lib ishlash, o‘z-o‘zini boshqara bilish,
diqqatni bir joyga yig‘ish, saranjomsarishta bo‘lish, tez tushunish va savollarga tez javob
berish va boshqa tarbiyaviy xislatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday
didaktik o‘yinlar, o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan yotsirash xislatlarini kamaytiradi. Natijada
o‘qituvchi bolaga do‘stga, u yoki bu masalani hal qilishda hamkorga aylanadi.
Matematika darsida foydalaniladigan har qanday didaktik o‘yinlardan asosiy maqsad - ta’limiy
maqsaddir. Ta’lim - o‘quvchilarga dars jarayonida beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni
ongli o‘zlashtirish hamda mustahkamlashning rejali jarayonidir. Sinf o‘quvchilarining bilish
darajasi va qiziqishlari matematika darsining mazmuni va sutrukturasidan kelib chig‘ib, uning
hajmiga katta ahamiyat bergan holda, undan darsning istalgan bosqichida foydalanish mumkin.
Darsning boshida o‘quvchilarni shu darsga qiziktirish uchun, darsning o‘rtasida yangi mavzu
materiallarining yaxshi o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun, darsning oxirida esa egallagan
matematik bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada mustahkamlash va nazariy bilimlarni kundalik
amaliy hayot bilan bog‘lash maksadida kiritiladi.
Ilg‘or boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ish tajribasi shu narsani ko‘rsatmoqdaki, matematika
dasturidagi barcha mavzularda didaktik o‘yinlardan unumli foydalanish mumkin. Hatto, «O‘nlik»
mavzusidagi birinchi darslarda ham didaktik uyinlardan foydalanish imkoniyatlari katta.
Didaktik o‘yinlar o‘zining shakli jihatidan asosan bog‘chada o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan
ham, o‘qituvchi o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan tushuntiradigan va o‘quvchilarni birma-bir
so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o‘yinlardan ham har tamonlama farq qiladi.
Yangi boshlang‘ich matematika kursida, avvaldagiga o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rinni
egallaydi. 1-4- sinflarning yangi dasturida material mazmuni nazariyaning amaliy masalalar
(sanoq, o‘lchashlar, hisoblashlar, masalalar echish) bilan bog‘lanishi yanada mustahkamlangan:
eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik amallar)ni shakllantirishning birmuncha
mukammal sistemasi ko‘zda tutilgan.
Didaktik o‘yinlar o‘qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada
olib boriladi. Bolalar g‘olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir
topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga
bo‘lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o‘yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning
maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Adabiyotlar:
1. Bantova M.A., Beltyukova G.B., Polevshikova A.M. Boshlang‘ich sinflarda matematika
o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.
2. Levenberg L.Sh., Axmadjonov I.G., Nurmatov A.N. Boshlang‘ich sinflarda matematika
o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |