Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/149
Sana24.02.2022
Hajmi3,13 Mb.
#216761
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK 
O‘YINLAR ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Uraqova Dilafro‘z Omonovna 
Samarqand viloyati Paxtachi tumani 
24-umum ta’lim maktabi ning 
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi 
Annotatsiya: Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni o‘rgatishda pedagogik texnologi-
yalardan foydalanish pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
Kalit so‘zlar: ko‘rgazmali qurol,o‘quvchi,matematika,didaktik o‘yin,ta’lim.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga fan asoslarini, ayniqsa, matematika fanini o‘rgatish 
o‘ziga xos qiyin kechadi. Jumladan, birinchi sinfga qabul qilingan bolalarga matematika fanini 
o‘rgatish o‘qituvchida murakkabliklar keltirib chiqaradi. Bolalar bilimidagi va ularning fanni 
o‘zlashtirishga bo‘lgan qizikishlaridagi turli-tumanlik kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan olib 
boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu esa o‘qituvchilardan 
o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. 
Bu mas’uliyat quyidagilarda namoyon buladi har bir darsga dars mavzulari va o‘quvchilar 
bilim darajalaridan kelib chiqib, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishda, dars davomida darsning 
asosiy maqsadlaridan kelib chiqib, didaktik uyinlardan foydalanishda didaktik o‘yinlar, butun 
sinf ishtirok etganda bolalar o‘rtasida o‘zaro hamkor bo‘lib ishlash, o‘z-o‘zini boshqara bilish, 
diqqatni bir joyga yig‘ish, saranjomsarishta bo‘lish, tez tushunish va savollarga tez javob 
berish va boshqa tarbiyaviy xislatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday 
didaktik o‘yinlar, o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan yotsirash xislatlarini kamaytiradi. Natijada 
o‘qituvchi bolaga do‘stga, u yoki bu masalani hal qilishda hamkorga aylanadi. 
Matematika darsida foydalaniladigan har qanday didaktik o‘yinlardan asosiy maqsad - ta’limiy 
maqsaddir. Ta’lim - o‘quvchilarga dars jarayonida beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
ongli o‘zlashtirish hamda mustahkamlashning rejali jarayonidir. Sinf o‘quvchilarining bilish 
darajasi va qiziqishlari matematika darsining mazmuni va sutrukturasidan kelib chig‘ib, uning 
hajmiga katta ahamiyat bergan holda, undan darsning istalgan bosqichida foydalanish mumkin. 
Darsning boshida o‘quvchilarni shu darsga qiziktirish uchun, darsning o‘rtasida yangi mavzu 
materiallarining yaxshi o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun, darsning oxirida esa egallagan 
matematik bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada mustahkamlash va nazariy bilimlarni kundalik 
amaliy hayot bilan bog‘lash maksadida kiritiladi. 
Ilg‘or boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ish tajribasi shu narsani ko‘rsatmoqdaki, matematika 
dasturidagi barcha mavzularda didaktik o‘yinlardan unumli foydalanish mumkin. Hatto, «O‘nlik» 
mavzusidagi birinchi darslarda ham didaktik uyinlardan foydalanish imkoniyatlari katta. 
Didaktik o‘yinlar o‘zining shakli jihatidan asosan bog‘chada o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan 
ham, o‘qituvchi o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan tushuntiradigan va o‘quvchilarni birma-bir 
so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o‘yinlardan ham har tamonlama farq qiladi. 
Yangi boshlang‘ich matematika kursida, avvaldagiga o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rinni 
egallaydi. 1-4- sinflarning yangi dasturida material mazmuni nazariyaning amaliy masalalar 
(sanoq, o‘lchashlar, hisoblashlar, masalalar echish) bilan bog‘lanishi yanada mustahkamlangan: 
eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik amallar)ni shakllantirishning birmuncha 
mukammal sistemasi ko‘zda tutilgan.
Didaktik o‘yinlar o‘qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada 
olib boriladi. Bolalar g‘olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir 
topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga 
bo‘lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o‘yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning 
maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Adabiyotlar:
1. Bantova M.A., Beltyukova G.B., Polevshikova A.M. Boshlang‘ich sinflarda matematika 
o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001. 
2. Levenberg L.Sh., Axmadjonov I.G., Nurmatov A.N. Boshlang‘ich sinflarda matematika 
o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.


125

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish