Январь 2021 10-қисм
Тошкент
Vatanimiz ertangi kunini, o‘z zurriyotlarining baxtu istiqbolini istaydigan har bir odam - u
kim bo‘lishi, qanday lavozim egasi ekanidan qat’iy nazar, farzandlarimizning ma’naviy, g‘oyaviy
tarbiya masalasidan chetda turmasligi kerak.Bugun bu o‘ta muhim masalaga beparvo qarashga,
loqayd bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. Milliy mustaqillik sharoitida barkamol avlod o‘z
vataniga, xalqiga, ona yeriga, millatiga, ota-onasiga sodiq, har tomonlama kamol topgan insonlarni
tarbiyalash eng muhim ahamiyatni kasb etadi.Yangilangan davlat tizimida tarbiya mazmuni, maqsad
va vazifalari ham yangilandi.Bu yangilanish, avvalo, tarbiyani insonparvarlik va demokratiya
prinsipi asosida ko‘rilishi bilan farqlanadi. Tarbiyani insonparvarlashtirish va demokratiyalash
prinsipi o‘quvchilar, o‘quvchi- tarbiyachilar ijodiy faollik va mustaqilligini rivojlantirishi, ularni
turli xil ijtimoiy foydali ishlarni amalga oshirishda hamkorligini ta’minlash uchun dasturulamal
bo‘lib xizmat qiladi.
Yoshlarda ijodiy faollik, aqliy zakovat, ahloqiy salohiyat, ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishning alohida o‘rni bor.Har bir davrning o‘ziga xos tarbiyaviy usul va vositalari bo‘ladi.
Shaxs tarbiyasining muhim yo‘nalishi – bu g‘oyaviy tarbiyadir.Bu-inson ongi va tushunchalari
tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, ahloqiy, badiiy, kasbiy qarashlarni
maqsadli shakllantirish jarayonidir. Har qanday tarbiya jarayoni oxir- oqibat, o‘z maqsad va
mohiyatiga ko‘ra, g‘oyaviy tarbiyadir.Chunki oilani olamizmi, bolalar bog‘chasinimi, mahalla,
maktab, kollej, litsey, universitet yoki akademiyani olamizmi – hammasida beriladigan ta’lim
va tarbiya jarayonlari talaba va tinglovchilar dunoqarashini kengaytirish, ularning ongini ilmiy
asoslangan bilimlarbian boyitish hamda jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun kerak bo‘lgan
sifatlarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Bu ishlar bolaning dunyo haqidagi, olamning
rivojlanish qonuniyatlari, insoniy munosabatlar borasidagi o‘ziga xosliklar, axloq tamoyillari,
go‘zallik haqidagi tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu tom ma’noda, mafkuraviy
tarbiyaning asosi, poydevoridir. Shuning uchun mafkurasiz inson, mafkurasiz guruh, millat, xalq,
jamiyat bo‘lishi mumkin emas.
Tarbiya – uzluksiz davom etadigan ijodiy izlanish jarayonidir.Tarbiyaviy faoliyatdagi ijobiy
tarbiyalarni muntazam ravishda o‘rganish va umumlashtirish, ularni murabbiylar orasida, kafedra
va boshqa oliy ta’lim tuzilmalarida ommalashtirish zaruriyati bor. Shunga asoslanib, umumiy o‘rta
ta’limdagi tarbiya konsepsiyasini muntazam ravishda ijodiy rivojlantirilishi va boyitilishi mumkin.
U hayotning o‘zi taqozo etadigan o‘zgarishlar uchun hamma vaqt ochiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Shermuxamedova N. Falsafa.O‘quv uslubiy qo‘llanma.-T:”Noshir”,2012.658 bet.
2. Istiqlol qahramonlari.”Mahmudxo‘ja Behbudiy” tanlangan asarlar.-T:.”Ma’naviyat”, 2006-
54 b.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |