Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSLARNI TASHKILLASHDA O‘ YINLARNING
AHAMIYATI
Zokirova Gulnoza Mirzarahmat qizi
Farg‘ona shahar 31-maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: O‘quvchilarni zerikarli tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantira oladigan
o‘yinlar orqali ularning mustaqil fikrlash qobiliyati va qiziqishlarini shakllantirish. O‘quvchining
shaxs bo‘lib rivojlanishida o‘yinning ahamiyati.
Kalit so‘zlar:Pedagogik texnologiya,ko‘rgazma, o‘yinlar.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan uzviylik va uzluksizlik tamoyili
o‘quvchilar aqliy qobiliyatini bir maromda to‘xtovsiz rivojlanishini taqozo etadi.O‘quvchining
kamoloti so‘zsiz pedagog mahoratiga bog‘liqdir. Bugungi kun o‘qituvchisi darslik bilan
chegaralanib qolmay,har bir darsi uchun yangi usul kashf etishi,o‘z o‘quvchisi kelajagi uchun
jon kuydirishi ,uning ertasini xis eta olishi muhimdir.Darslarni tashkil etish murakkab jarayon.
Buning uchun o‘qituvchi turli zamonaviy pedagogik tehnologiyalardan unumli va o‘z o‘rnida
foydalanishi darkor.
Fan va texnika takomillashib borgani sayin bolaning qirq besh daqiqali dars jarayonining
faoliyatini ta’minlash bir muncha qiyin kechadi. Shu bois o‘quvchilarga turli ko‘rgazma , o‘yinlar
orqali ta’lim berish ularning nutqi o‘sishi, tafakkur doirasi kengayishini ta’minlaydi.
Eng asosiysi o‘qituvchi ma’lum yutuqlarga erishadi. O‘quvchining mavzuni idrok etishi
osonlashadi va zerikishini oldini oladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning asosiy talablaridan
biri dars mohiyatini ochib beruvchi , o‘quvchilarni zerikarli tinglovchidan faol ishtirokchiga
aylantira oladigan o‘yinlar orqali ularning mustaqil fikrlash qobiliyati va qiziqishlarini shakllantira
borishini maqsad qilib qo‘yadi.
O‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmi shaxsning o‘zligini namoyish qilishi, hayotda o‘z
o‘rnini belgilashi, o‘zini-o‘zi boshqara olishi va o‘z imkoniyatiga tayanish kabi fundamental
ehtiyojlarga asoslanishi xususida bir qancha olimlar o‘z fikrlarini bildirganlar.
Jumladan, D. N. Udnadze: o‘yinga o‘zgacha ta’rif berib, shunday g‘oyani ilgari surgan,”o‘yin
bu shaxsga xos bo‘lgan ta’sirli psixik xulq shaklidir”- deb ta’riflaydi.
A.N. Lyontev esa-o‘yin shaxs hayoloti maxsuli, unda shaxs hayol qilgan, lekin amalga
oshishi mushkul bo‘lgan qiziqishlarining hayolan voqelik sifatida erki yuzaga kelishi ekanligini
ta’riflaydi.
L. S Vgodskiy: “o‘yin bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarini o‘zlashtirish
vositasidir”,- deb ta’kidlaydi.
Maktablarda o‘yinlardan to‘g‘ri tashkillansa, ta’lim –tarbiya samaradorligi yuksaladi va
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshadi.
- O‘yin- mustaqil ta’lim sifatida o‘quv predmetini, bo‘limni, mavzuni, tushunchani
o‘zlashtirishni nazarda tutadi;
- Umumiy texnologiya elementlari sifatida qo‘llaniladi;
- O‘yin-dars yoki uning qismi sifatida tashkil etiladi;
O‘yin juda xissiyotga boy faoliyat bo‘lib, shu sababli ham u bolalar va yoshlarning tarbiyaviy
ishlarida jiddiylik talab etadi. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi bilan o‘yinning mazmuni o‘zgaradi,
o‘yin faoliyati dastlabki bosqichlarda oddiy bo‘lsa, keyinchalik u bosqichma –bosqich boyib,
takomillashib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D. Jamoliddinova. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ta’limiy o‘yinlarning metodik
xususiyatlari.
2. Til va adabiyot.2015-yil 2- son. O‘yinli ta’lim usullari.
3. I.P. Po‘latov. Ona tili ta’limida didaktik o‘yinlar texnologiyasi.
4. Ziyonet , internet nashrlari
131
Do'stlaringiz bilan baham: |