Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/149
Sana24.02.2022
Hajmi3,13 Mb.
#216761
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
uchun o‘quvchilardan masala bo‘yicha quyidagi savollar so‘raladi. 
1. Birinchi va ikkinchi kun kutubxonaga nechta kitob keltirildi?
2. Ikki kunda nechta bog‘lamda kitob olib kelingan?
3. Birinchi kun olib kelingan kitoblar ikkinchi kundagidan qancha ortiq?
4. Birinchi kun olib kelingan kitoblar bog‘lami ikkinchi kundagi kitoblar bog‘lamidan qancha 
ortiq?
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida masala yechishni 
o‘rgatishda turli metod va usullardan foydalanish mumkin. Bu usullarni o‘ylab topish esa har bir 
pedagogikning vazifasi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S. Alixonov Matematika o‘qitish metodikasi.
2. Boshlang‘ich sinf matematika darsliklari.
3. A. Quchqarov, SH. Ismoilov Mantiqiy masalalar. 


120
Январь 2021 10-қисм
Тошкент
ONA TILI FANINING TA’LIM-TARBIYA RIVOJIDAGI AHAMIYATI
Sayfullayeva Nafisa Barakayevna
Buxoro shahridagi 38-maktabning 
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi 
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim-tarbiyaning rivoji uchun muhim bo‘lgan ona tili va 
so‘z haqida, o‘zbek tili va uning imkoniyatlaridan ta’lim-tarbiyada qanday foydalanish haqida, 
shuningdek uning rivoji uchun xizmat qiladigan o‘quv lug‘atlarning o‘rni haqida ma’lumotlar 
keltirilgan. O‘quvchilarga o‘zbek tilining qoliplashgan tizimidan voz kechilgan holda, ularni ona 
tiliga qiziqtirishning yangi usullaridan darsliklarda foydalanilayotgani tahlil qilingan. 
Tayanch so‘zlar: til, leksika, lug‘at, sheva, leksikografiya, tilshunoslik, ma’nodosh so‘zlar, 
shakldosh so‘zlar.
Insoniyatning taraqqiyoti zamirida tilning o‘rni katta. So‘z esa tafakkurning in’ikosi bo‘lmish 
tilning mahsulidir. Ulug‘ bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy: “Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, 
Bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin” deya e’tirof etganlar. Har bir tilning lug‘at tarkibi, shuningdek, 
tildagi so‘zlar majmuyi leksika deb yuritiladi. Shunga ko‘ra leksika so‘zi adabiy tilning lug‘at 
tarkibini ifodalash uchun ham, biror sheva yoki dialektlarning lug‘at tarkibi ma’nosida ham, 
ma’lum bir kasb-hunar kabi sohaga oid lug‘at tarkibi ma’nosida ham, hatto ayrim yozuvchi 
asarining so‘zlari majmuyi ma’nosida ham qo‘llanaveradi. Leksikologiya leksikani o‘rganadi, 
leksika esa o‘z navbatida, so‘zlardan yoki so‘zlarning majmuidan iborat bo‘ladi. So‘z haqida 
gap ketganda ko‘pincha, unga asosiy til birligi, til va nutqning eng muhim unsurlaridan biri, 
tilning eng kichik birligi tarzida ta’rif beriladi. Lekin so‘z aslida murakkab xususiyatga egadir. 
So‘zga uch-to‘rt og‘iz so‘z, hatto uch-to‘rt jumla bilan ham to‘la ta’rif berib bo‘lmaydi. Har 
bir til shu tilga mansub xalqning moddiy va ma’naviy dunyosini butun borlig‘icha o‘zida aks 
ettiruvchi yorqin ko‘zgu bo‘lib, insonning mehnat va ijtimoiy faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir. 
Shu bois jamiyatda sodir bo‘lgan har qanday voqelik yoki o‘zgarish birinchi navbatda tilda o‘zini 
namoyon etadi. 
Tarixiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida tilning lug‘at tarkibi tadrijiy ravishda 
doimo rivojlanib, boyib boradi. Bu boyish jamiyat rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan yangi 
tushunchalarni ifodalovchi, yangi so‘zlar nomlarining vujudga kelishi hisobiga sodir bo‘ladi. 
Tillarning lug‘at tarkibi uning leksik-semantik sistemasi doimo o‘zgarib boradi, ayni zamonda, 
jamiyat uchun keraksiz holga kelgan tushuncha yoki predmet nomlarini ifodalab kelgan 
so‘zlarning arxaik so‘z sifatida iste‘moldan chiqib, uning o‘rnini yangi so‘zlar egallaydi. Lekin 
iste‘moldan chiqqan so‘zlarning miqdori yangi paydo bo‘lgan so‘zlarga nisbatan ancha kam 
bo‘ladi. Lekin ba’zi hollar buning aksi ham bo‘lishi ham mumkin. Albatta, lug‘aviy birliklarning 
iste’moldan chiqishi lingvistik va ekstralingvistik omillar asosida tilning tabiati, til taraqqiyoti 
qonuniyatlari asosida ro‘y beradi. Ana shularni tizimli ravishda saqlab kelayotgan lug‘atlar 
inson hayotida muhim o‘rin egallaydi. Lug‘at muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy 
lahjasida mavjud bo‘lgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so‘zlar yig‘indisi leksika; 
so‘zlar (yoki morfemalar, so‘z birikmasi, iboralar va muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) 
joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi, talaffuzi, 
uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar jamlangan kitob. 
Leksikografiyaning vazifasi juda keng bo‘lib, u qanday lug‘at tuzish talab ehtiyojlariga 
javob berishi lozimligini ham o‘z ichiga oladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, kishilarning yodda 
tutib qolish qobiliyati naqadar kuchli bo‘lmasin, bir tildagi barcha so‘zlarni, ularning xilma-
xil ma’nolarini esda saqlab qolish nihoyatda qiyin va mumkin ham emas. Shuning uchun ham 
kishilarning ana shunday ehtiyojini qondirish uchun turli xildagi lug‘atlar tuzilgan va hozir ham 
tuzilmoqda. Hozirgi kunda ikki tillik tarjima lug‘ati, ko‘p tillik tarjima lug‘ati, izohli lug‘at, 
ikki tillik differensial lug‘at, terminologik lug‘at, tarixiy lug‘at, etimologik lug‘at, frazeologik 
lug‘at, idiomatik so‘zlar lug‘ati, orfografik lug‘at va ensiklopedik lug‘atlar kishilarning madaniy-
ijtimoiy ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmoqda. Turli turdagi lug‘atlar tuzish umummadaniy 
ahamiyatga egadir. Lug‘at alifbo tartibida tuzilib, qulay qo‘llanma sifatida xalq ommasiga 
bilim beradi, madaniy funksiyani bajaradi. Lug‘atlar ma’naviyat va madaniyat sohasida muhim 
o‘rin egallaydi, ularda jamiyatning ma’lum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lug‘atlar har 


121

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish