11
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
PEDAGOGIKA VA BOLALAR PSIXOLOGIYASI.
Jumayeva Dilnoza Botirovna
Buxoro viloyati Olot tumani
20-umumta’lim maktabining
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqola barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to
maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish, pedagogika
va psixologiya fanlarining insonga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi hamkorligi barkamol shaxs
tarbiyasining rejasini ishlab chiqish uchun inson haqidagi barcha fanlarning yutuqlariga tayanishi
kerakligi haqida bayon qilinadi.
Kalit so‘zi:
pedagogika
va psixologiya
,
barkamol
shaxs tarbiyasi, ota-ona, K.D.Ushinskiy
ko‘ndalangiga kesim, uzunasiga kesim.
Наr tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb
muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda
u dunyoga kelganidan boshlab, to
maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar,
pedagoglar
va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
Bolalar psixologiyasi -
psixologjya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u turli yosh davriari
bola psixik taraqqiyotining
qonuniyatlarini,
shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o‘tish qonuniyatlarini o‘iganadi.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilgandan yetuklik davrigacha inson psixikasi va
ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o‘rnini ochib
beradi.
Pedagogika va psixologiya fanlarining insonga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi hamkorligi
chuqur tarixga ega. O‘z davrida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs
tarbiyasining rejasini ishlab chiqish uchun inson haqidagi barcha fanlarning yutuqlariga tayanishi
kerakligi, bu fanlar orasida esa psixologiya markaziy o‘rin egallashini ta’kidlagan edi.Bolaga
ta’lim va tarbiya berishga oid vazifalami hal etishda pedagogika qanday qilib ta’limtarbiya berish
kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan,
pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasida o‘yin
usullaridan foydalanish
kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat
ekanligini tushuntiradi,bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar - qoidalarga
tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi. Bolani o‘rganish ikki asosiy shaklda: “ko‘ndalangiga
kesim” va “uzunasiga kesim” metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.
Ko‘ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga
qaratUishi kerak. Farq qanchalik kichik bo‘lsa, psixolog tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi
muhim o‘zgarishlami payqash uchun ko‘proq imkoniyatga ega boiadi.Tadqiqot uzunasiga kesim
shaklida o‘tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oraligidagi hayoti o‘rganiladi.
Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishda bola psixikasi va hulq
- atvorida ro‘y beruvchi o‘zgarishlami aniqlab boradi.
Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining
vaqt stkrukturasida emotsiyalarning tutgan o‘mi asta-sekin o‘zgarib boradi: dastlabki bosqichlarda
kechinmalar erishilgan natijaning emotsional bahosi sifatida yuzaga kelsa, keyingi bosqichlarda
harakatlarni bajarguncha oldindan emotsional sezish shaklida vujudga keladi.O‘ylanmanki
maktabga maktab yoshidagi bolalarni qabul qilishda yuqoridagi ma’lumotlardan
foydalansak
aqlan va ma’nan yetuk bolalarni qabul qilishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: