Kalit so‘zi:
O‘qitish samaradorli
,
ko‘rgazmalilik, sezgi va idrok, psixologik bilimlar,
ko‘rish,
eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri, muskul.
O‘qitish samaradorligini oshirishning muhim sharti talimda ko‘rgazmalilik tamoyiliga rioya
qilishdir. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri, muskul kabi
sezgi a’zolarining bir yo‘la bilish obekti ustida safarbar qilinishini talab etadi.Bilish jarayoni konkret
narsa va hodisalami sezish hamda idrok etishdan boshlanadi va umumlashtirish, mavxumlashtirish
tomonga boradi. Sezgi va idrok voqelikni bilishning nisbatan sodda, bevosita jarayonlari bo‘lib
hisoblanadi,ko‘rgazmalilik tamoyili o‘qitishda mazkur jarayonlarning imkoniyatlaridan kengroq
foydalanishni nazarda tutadi.Psixologik bilimlarni egallab, o‘quvchilarlar ko‘pincha nazariy
bilimlar bilan konkret psixik hodisalar haqida ko‘rgazmali tasavvurlarni bir biriga bog‘lashda
qiynaladilar, ko‘rgazmalilikning turli usullaridan foydalanib, psixologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarga
egallanayotgan psixologik bilimlarni konkret ko‘rgazmali mazmun bilan boyitishda,odamlar
faoliyati, xatti-harakatlarida muayyan psixologik qonuniyatlarni ko‘ra olishga o‘rganishda yordam
beradi. O‘quvchilar tasavvurida yorqin obrazlar hosil qiluvchi ko‘rgazmali vositalardan biri badiiy
asarlardan olingan iqtibos-ko‘chirmalardir.Iqtibos biror badiiy qahramon tilidan yoki muallif
tilidan olinishi mumkin. Faqat u muayyan psixologik qonuniyat, tushuntirilayotgan qoidani badiiy
aks ettirgan bo‘lishi kerak, misol tariqasida, shuningdek ma’lum badiiy qahramonlar keltirilishi,
mashhur shaxslaming ibratli fikrlaridan foydalanish mumkin.
Ko‘rgazmalilikka qo‘yiladigan asosiy talab shuki, u hajman ko‘p vaqtga mo‘ljallangan
bo‘lmasligi, masalaga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador bo‘lmagan mayda elementlar bilan o‘quvchilar
e’tiborini asosiy muammodan chalg‘itmasligi lozim,agar nazariy bilim bilan uni ifodalovchi
ko‘rgazmali misollar o‘rtasida o‘quvchi ongida mustahkam aloqa hosil bo‘lsa, psixologik
bilimlarni ongi o‘zlashtirilishiga erishish mumkin boladi.O‘quvchining psixologiya bo‘yicha
bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam beruvchi vositalardan yana biri darsdan
tashqari mashg‘ulotlardir, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar kitob bilan ishlashning
ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, kuzatish va oddiy psixologik eksperimentlarni o‘tkazishni
o‘rganadilar. Demak, psixologiyani o ‘qitishning samaradorligi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib,
ular ichida o‘qituvchining ijodkorligi yetakchi o‘rinni egallaydi.
O‘zgarishni avvalo o‘zimizdan boshlasak kelajak avlodni bemalol yuksak marralar sari yetaklay
olamiz.
Adabiyotlar:
1. Nishonova Z. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi.
2. WWW.ZiyoNet.uz
10
Do'stlaringiz bilan baham: |