12- MAVZU. TARBIYANING UMUMIY METODLARI.
Reja:
1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2.Tarbiya metodlari tasnifi.
3.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
Tayanch tushunchalar: Tarbiya metodlari, tarbiya usullari, shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar, faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlar, xulq-atvorni va faoliyatni rag‘batlantirish metodlar.
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Muammoli pedagogik vaziyatlar
To‘rtinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar narsalar yo‘qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo‘qoldi. O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to‘g‘risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.
O‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘llagan? Bu metodning samaradorligi nimalarga bog‘liq? Har doim ham ushbu metod samara beradimi?
Ko‘p bolali oilaning otasi mamnun bo‘lib hikoya qiladi: yer ag‘darish biz uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechene sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin yerni chopib beringlar, deyman.
-Bolalar konfetsiz yer ag‘darishmaydimi, - so‘radik biz.
-Uncha tirishib ishlashmaydi-da, - tushuntirdi ota.
Do'stlaringiz bilan baham: |