M U N D A R I J A
O‘tilayotgan fanning nazariy materiallari……………................
Seminar mashg‘ulot materiallar…………………………………
Didaktik materiallar, mustaqil ta’lim uchun materiallar...............
Glossariy…....................................................................................
Adabiyotlar ro‘yxati......................................................................
Ishchi dastur……………………………………………………
\
O‘tilayotgan fanning nazariy materiallari
1-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Reja:
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va uning maqsad va vazifalari.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohatlar.
Tayanch so‘zlar: ta’lim tizimi, ta’lim islohotlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keying talim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va uning maqsad va vazifalari.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
“Ta’lim-insonlarga yaxshiroq hayot tarzi va mavqe imkoniyatlarini beradi. Odamlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. Odamlarga o‘zlari va dunyoni tushunishdagi bilimini oshiradi. Odamlardagi bag‘rikenglikni shakllantiradi. Yoshlarning hayotga va dunyoga bo‘lgan qarashini shakllantirishga yordam beradi. Millatni rivojlantirishga yordam beradi”1-deydi amerikalik pedagog olim A.Muur.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning to‘laqonli ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi:
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’limtizimini yagona o‘quv, ilmiy - ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’limoluvchilarni ma’ naviy axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllanti-rishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |