uchun onalik materialidan boshlab tanlab ish olib boriladi. Ko„chat ekib olib boriladigan dala tajribalarida maydonning tarixi va unumdorlik darajasining bir xilligi to„g„risida aniq ma‟lumotga ega bo„lgandan keyingina tajribani boshlash kerak. Bog„dorchilikda olib boriladigan tajribalarda dalachilikdagi tajribalarga
nisbatan tuproqqa ishlov berish ko„p jihatdan farq qiladi. Tajriba maydonlariga ko„chat ekishdan oldin 45-70 sm gacha plantaj pluglarda tekist qilinib shudgor qilinadi. Shudgor oldidan ma‟danli (mineral) o„g„it me‟yorining bir qismini berish rejalashtirilgan bo„lsa, shudgor oldidan mineral yoki organik o„g„itlar berilib keyin shudgor qilinadi, yaxshilab tekislanadi. Keyin esa qiyalik darajasini bir xil qilish maqsadida dalaning tuprog„i yaxshilab tekistlanadi. Yangi ekiladigan ko„chatlar ham quyidagi talablarga javob berishi zarur: hamma ko'chatlar shu mintaqa uchun moslashgan ya‟ni tipiklilik xususiyatiga ega boMishi kerak. Ko„chat navlari va ularning yoshlari bir xil boMishini ta‟minlash zarur. Ekiladigan ko„chatlaming bir-biridan farqi 15-20% dan oshmasligi kerak. Ko„chat ekilguncha oxirgi yillardagi olib borilgan agartexnik tadbirlami bir hilligini ta‟minlash dala tajriba maydonining tuprog„i 2-3 metrgacha har 20 sm qatlamdan alohida-alohida tuproq namunasi olinib, ozuqa elementlari miqdori analiz yo„li bilan aniqlanadi. Ko„chat va daraxtlar tanasining ko„ndalang kesimi diametri yoki aylana uzunligi bo'yicha tajriba uchun asosiy ko„rsatkich boMib hisoblanadi. Mevaga kirgan daraxtlarda esa ko„rsatkichdan bir oz chetga chiqishga to„g„ri keladi. Lekin tananing yo„g„onligi bilan hosildorlik o„rtasida baribir to„g„ri korrelyativ