yozuvning to‘g‘riligini tasdiqlovchi mas’ul shaxsning
1
2
3
4
5(4+6)
6
7+(8+9)
8
9
10(6-8)
11
12
8-Mavzu: Savdoda nazorat kassa mashinalarini axamiyati.
9-Mavzu: Nazorat kassa mashinalarini bajaradigan funksiyalari.
10-Mavzu: Nazorat kassa maщinalari tizimini kullash tartibi tugrisida nizom.
11-Mavzu: Nazorat-kassa mashinalarida xisobotlar tayyorlash.
12-Mavzu: Xujjatlar va ularning xisobini tugri yuritilishini urganish.
13-Mavzu: Kassa POS terminali bilan ishlash
14-Mavzu: Bank bilan bank kartochkasi operatsiyalar utkazish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANK KARTALARINING CHIQARILISHI VA MUOMALADA BO‘LISHI QOIDALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3294] O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV Toshkent sh.,
2021-yil 10-mart,
28/21-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/21-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq banklar tomonidan bank kartalarining chiqarilishi, ularning muomalada bo‘lishi va o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avtorizatsiya — to‘lov operatori tomonidan ko‘zda tutilgan qoidalarga asosan telefon, elektron yoki aloqaning boshqa usullari yordamida bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank kartasi emitentining ruxsatini olish jarayoni;
antifrod-tizim — bank kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirishda firibgarlik operatsiyalarini oldini olishga qaratilgan jarayonlar yig‘indisi;
bank kartasi — uni saqlovchisiga to‘lov infratuzilmari orqali to‘lovlarni amalga oshirish yoki naqd pul mablag‘larini olish yoxud valyuta ayirboshlashni amalga oshirish va bank kartasining emitenti tomonidan belgilangan boshqa operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi to‘lov vositasidir;
bank kartalari emissiyasi — bank kartalarini muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish bo‘yicha faoliyat;
bank kartasining saqlovchisi — emitent yoki bank kartalarini tarqatuvchi bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan bank kartasidan foydalanuvchi mijoz yoki mijoz tomonidan vakolat berilgan shaxs;
bankomat — bank kartasining saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tartibida naqd pul olish va bank kartasi bilan boshqa amaliyotlarini amalga oshirish imkonini beruvchi hamda bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha slip hujjat shakllantiruvchi qurilma;
virtual karta — elektron shakldagi bank kartasi bo‘lib asosiy kartaga yoki hisobvaraqqa bog‘lanadi va to‘lovlarni amalga oshirishda zarur bo‘lgan bank kartasining majburiy rekvizitlariga ega bo‘lgan to‘lov vositasi;
karta hisobvarag‘i — bank kartasi orqali pul mablag‘larini tasarruf etish mumkin bo‘lgan bank hisobvarag‘i;
ShIR kod — bank kartasi saqlovchisining shaxsiy identifikatsiya raqami bo‘lib, u karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini boshqarish huquqini hamda mablag‘larni boshqarishga bank kartasining saqlovchisi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi;
savdo va xizmat ko‘rsatish subyekti — ekvayer bilan tuzilgan shartnomaga asosan bank kartalari orqali tovar (ish, xizmat)larni sotuvchi yuridik shaxs va (yoki) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs;
slip — bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi, operatsiyaning miqdori, turi, amalga oshirilgan sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va ushbu hujjatni shakllantirishda foydalanilgan bank kartasi, terminal yoki bankomatni to‘g‘ri aniqlay bilish imkoniyatini beruvchi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan qog‘oz yoki elektron shakldagi hujjat (chek);
to‘lov tizimi — to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir;
to‘lov tizimining operatori — O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov tizimining ishlashini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
terminal — bank kartasining saqlovchisiga to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha (qog‘oz yoki elektron shakldagi) sliplarni shakllantiruvchi moslama yoki dasturiy ta’minot;
emitent — bank kartasini emissiyasini amalga oshiruvchi, bank kartasining saqlovchilari va ekvayyerlar tomonidan bank kartalaridan foydalanilgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqlari bo‘yicha o‘z nomidan majburiyatni zimmasiga olgan bank;
ekvayring — bank kartalari orqali tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchilari bilan operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, bank kartasi saqlovchisiga bevosita kassa yoki bankomat orqali naqd pul berish;
ekvayer — ekvayringni amalga oshiruvchi rezident bank.
2. Bank kartasi saqlovchisining ruxsatisiz boshqa shaxs bank kartasidan foydalanishi mumkin emas.
Bank kartasi qalbakilashtirishdan va undan noqonuniy foydalanishning boshqa turlaridan himoya qilinishi zarur.
Bank kartasining amal qilish muddati to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilanadi.