sogiom baliqlarni nosog‘lom suv havzalarida o‘tkazayotganda,
undagi suv va loyqa orqali kuzatiladi.
Kasallikning o‘tkir enzootik, ba’zan epizootik ko‘rinishi yozda
kuzatiladi. Yilning boshqa fasllarida esa kasallik yarim o ‘tkir va
surunkali oqimlarda kechadi. Kasallikning kechishi va namoyon
bo‘lishi baliqlarning zich saqlanganligt, boqish va saqlash sharoitlari
hamda suv havzalarining zoogigiyenik va sanitar holatiga bogiiq.
Immunitet, Kasallanib sog‘aygan baliqlarda nisbiy immunitet
hosil bo‘ladi.
Klinik belgilar. Kasallikning inkubatsion (yashirin) davri suv
havzalarining sanitar-epizootik holati va ekologik sharoitga bog‘liq
holda 35-90 kun, ayrim tadqiqotchilaming ma’lumotiga ko‘ra suvning
harorati +15 °C dan past bo‘lsa, 8 oygacha davom etishi mumkin.
Kasallikning o‘tk ir oqimi. Oldinlari sog‘lom bo‘lgan suv
havzalarida hamda nosog‘lom xo‘jaliklardan
keltirilgan baliqlarda
kuzatiladi. Statsionar nosoglom xo‘jaliklarda, kasallik yarim o‘tkir
va surunkali oqimlarda kechadi. Kasallikning o ‘tkir oqimida kasal
baliqlar tashqi taassurotiarga kuchsiz javob qaytaradi, ular suv
havzalarining qirg‘oqlarida va suv yuzasida passiv suzib yuradi.
Ularni qo‘lda ushlash oson. Oziqa qabul qilmaydi. Patologik jara-
yonning rivojlanishi natijasida kasallikning klinik belgilari namoyon
boiadi, qorin devorining anus qismi kattalashadi, gidrostatik
muvozanat va harakat koordinatsiyasi buziladi.
Baliqlar yonboshiga
yoki boshini pastga qilib vertikal holatda suzadi. Kasallikning o‘tkir
oqimi 14-20 kun davom etib, ikki yoshdagi baliqlarning 80-100%
zararlanadi, baliqlarning ahvoli og‘irlashadi va ommaviy ravishda
nobud bo‘lishiga olib keladi. 0 ‘lmay qolgan baliqlarda kasallik
yarim o ‘tkir va surunkali oqimga o‘tib oladi. Kasallikning yarim
o‘tkir oqimida namoyon bo‘lgan belgilari unchalik yaqqol sezil-
maydi va kasallangan baliqlar miqdori ham kam. Patologik jarayon
kasallikning 25-30-kunIarida biroz avj oladi, so‘ngra pasayib boradi.
Qishda esa kasallik
surunkali oqimda kechib, shu yilgi baliqlarning
asta-sekinlik bilan nobud bo‘lishi kuzatiladi (59-90% gacha).
68
Kasallikning sumnkali oqimida klinik belgilar kuchsiz namoyon
bo‘ladi. Ayrim paytlarda ba’zi baliqlarda qorinning damlanishi
kuzatiladi.
Patologik jarayonning pasayishi bilan kasal baliqlar
sogiom laridan
unchalik
farq
qilmavdi. Erkin suzib yuruvchi suv
havzalarida baliqlar orasida o‘iim sodir
bo‘ lmasa-da,
qishlagandan
so‘ng ikki yoshli baliqlaming 35-60% nobud boiishi mumkin.
Kasal
baliqlarning qon
tarkibida
kuchli o‘zgarishlar kuzatiladi.
Kasallikning o‘tkir oqimida ECHT 1,5-2 marta tezlashadi, gemog-
lobin miqdori 20-40%, eritrotsitlar soni esa 18-42% ga kamayadi.
Rivojlanayotgan leykotsitoz leykopeniyaga o‘tadi.
Limfotsitlar
kamayib, monositlar 35-55% gacha, polimorf o‘zaklilar 14 % gacha
ko‘payadi. Qonda ko‘p miqdorda yosh eritrotsitlaming , hosil
boiganligi kuzatiladi. Kasal baliqlarda oqsil sintezining buzilishi,
azot va uglevod, yog4 almashinuvi izdan chiqadi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Kasallikning o 4tkir oqimining
boshida suzgich pufagining devori tiniqsiz va har joyi
qalinlashgan,
qon tomirlari qon bilan toigan, ularning yo4nalishiga
nuqtasimon,
dog‘simon qon quyilgan boiadi. Suzgich pufagi oldingi kame-
rasimng ichki
va tashqi pardalari orasida serozli (zardobli) ekssu-
datning to‘planishi oqibatida yopishgan, qo4shilgan bo4ladi. Pato
logik jarayonning
rivojlanishi
oqibatida parenximatoz organlardagi
0‘zgarishlar yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Suzgich pufagining har ikkala
kamerasi
zardobli-gemorragik
yalligiangan holatda, uning devori
diffuzli qalinlashgan, serozli fibrinoz ekssudat bilan toigan, keng
hajmdagi dog‘simon qon quyilgan. Ikkilamchi, yiringli infeksiya-
ning rivojlanishi oqibatida serrozli gemorragik yalligianish yiringli
yallig‘lanishga o4tadi. Bunda suzgich pufagining ichida ekssudat
yig4iladi yoki uning devori yiringli nekrotik holatda bo4ladi, qorin
devori yalligianadi. Ko4pincha suzgich pufagining orqa bo4lagi
atrofida bo‘shliq zardobli-yiringli ekssudat bilan to ig an boiadi.
Taloq 1-2 marta kattalashgan, bo'shashgan, shakli o4zgargan,
qoramtir-qizil tusda.
Buyrak qon bilan toigan, shishgan, yumshoq,
ba’zan esa buyrak va taloqning kapsulasi ostida ko4kimtir-oq tu-
gunaklar mavjud. Jigar oqargan, bo4shashgan bo‘ladi. Kasallikning
69
yarim o ‘tkir oqimida esa suzgich pufagida zardobli yoki zardobli-
gemorragik yailigianish kuzatiladi, morfologik xususiyati jihatidan
o‘tkir oqimdagi o‘zgarishdan farq qilmaydi. Qariyb 10% oigan
baliqlarda taloqning kattalashuvi va buyrakning qon bilan toiganligi
kuzatiladi. Agarda kasallik
surunkali oqimda kechsa, suzgich pufagi
(shu yilgilarda) zardobli shishgan boiadi. Ichki va tashqi
pardalaming orasida tiniq yoki biroz notiniq ekssudat yigiladi,
keyinchalik esa biroz qotib sargish tusga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: