Tosh kent davlat a g r ar universiteti ozbekjlston r espublik asi fanlar akadem iyasi z o o L o g iy a in st it u t I



Download 7,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/133
Sana17.07.2022
Hajmi7,36 Mb.
#810677
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133
Bog'liq
Baliqlar kasalliklari. Safarova F.E.

Patanatomik o‘zgarishlar. 
Kasallikning o ‘tkir oqimida terida 
zardobli-gemorragik yailigianish kuzatiladi, shishgan va nekroz
64


mushaklarda, ichaklaming kataral yoki gemorragik yalligianishi, 
ensefalit, ichki organlar, qorin devorining giperemiyasi kuzatiladi.
Jigar qora yoki qora-ko‘kimtir tusda, ba’zan qora-yashil tusda
o‘t xaltasi о4 suyuqligi bilan toigan. Suzgich xaltasining qon 
tomirlari kengaygan va qon bilan to‘lgan. Perikardda nuqtasimon 
qon quyilgan. Qorin bo‘shlig‘i suv yoki qon aralash suv bilan 
toigan. Xuddi shunga o‘xshash o‘zgarish!ar kasallikning yarim 
o‘tkir oqimida ham kuzatiladi. Surunkali oqimida esa ichki 
organlarda hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi.
Tashxis. Kasallikka tashxis epizootologik maiumotlarga 
asoslanib, klinik belgilariga qarab, patanatomik o‘zgarishSarni ino- 
batga olib va bakteriologik tekshirish natijasiga asoslanib qo‘yiladi.
Laboratoriya sharoitida qo‘zg‘atuvchining virulentli kulturasi 
ajratib olinadi, oq sichqon yoki sogiom baliqlarga bioproba 
qo‘yiladi.
Davolash, oldini olish va qarshi kurashish. Davolashda vanna 
usulidan foydalaniladi. Buning uchun 300 mg levomitsetinni bir litr 
suvga eritib, kasal baliqlarni 12 soatgacha ushlab turiladi. 
Sintomitsin (600-1000 mg//, metilen ko'ki (50, 75, 100, 200 mg//), 
bunda baliqlarni vannada saqlash muddati mos ravishda 12-16, 7- 
10, 4
-
6

2-4 soatni tashkil qiladi. Sun’iy suv havzalarida 
boqilayotgan, urchitilayotgan baliqlarga yem bilan kuniga 1-2 mg 
dan har bir baliqqa metilen ko'ki (8-10 kun davomida) yoki 
sintomitsin 1-2 mg miqdorida beriladi. 2 yoshdagi baliqlarga 
(hovuzda) yuqoridagi dorilar quyidagi dozada beriladi:
metilen ko‘ki 3-5 mg, sintomitsin 2-3 mg har bir bosh baliqqa 
bir sutkada. Naslli va yosh baliqlar alohida-alohida ishlovdan 
o‘tkaziladi, levomitsetin qorin bo‘shlig‘iga 20-30 mg/kg miqdorda 
ikki marotaba yuboriladi, biomitsin zog'ora baliqlarga og‘iz orqali 
50 mg/kg miqdorda 2-4 kun davomida beriladi. Barcha yoshdagi 
zog'ora baliqlarning oziqasiga furazolidon 60 g/ 10 kg oziqa 
hisobida 10 kun davomida berib boriladi. Har 5 kunda 2 kun 
tanaffus beriladi. Profilaktika maqsadida furazolidon 10 kun 
davomida, 2 kunlik tanaffus bilan quyidagi miqdorda beriladi:
65


10
kg kombikorm hisobida naslli va remont guruhidagilarga - 
0,4 g, ikki yoshdagilarga - 0,3 g, bir yoshdagilarga (50 g gacha 
bo‘lganlarida) - 0,4 va segoletka - 0,3 g.
Kasallikning oldini olish maqsadida harorat 14 °C boigungacha 
profilaktik oziqlantirish oikaziladi. Qayta oziqlantirish kasallik 
kelib chiqish ehtimoli boigan davrda oikaziladi. Iyul oyining 
ikkinchi yarmidan boshlab to oktabr oyigacha har 2-3 haftada 
profilaktik oziqlantirish o‘tkaziladi. Bulardan tashqari, vetsanitariya 
va baliqchilik-meliorativ tadbirlarini muntazam ravishda amalga 
oshirib borish, ayniqsa, profilaktik dezinfeksiya va dezinvaziya tad­
birlarini amalga oshirish, o£stirilayotgan baliqlarda tibbiy nazoratni 
muntazam ravishda olib borish, xo‘jalikda keltirilgan naslli va re­
mont guruhdagi baliqlarga karantin o‘matish maqsadga muvofiqdir.
Ayrim baliqchilik xo‘jaliklarida aeromonoz kasalligining oldini 
olish maqsadida yozda suv havzalarini quritib tozalash ham yaxshi 
samara beradi. Nosogiom baliqchilik xo‘jaliklarida va tabiiy 
baliqchilik suv havzalarida kasallik kelib chiqsa karantin o ‘matish 
zarur. Nosogiom suv havzalariga doimiy ravishda ishchiiarai 
qo‘yib, ularni alohida inventar va ovlash asbob-uskunalari bilan 
ta’minlamoq lozim. Shuningdek, oigan baliqlarning jasadini ushlab 
olib, 
20%
li xlorli ohakda zararsizlantirgach, 1,5 m chuqur kovlab 
ko‘mib tashlash, tirik kasal baliqlarni ovlab, vetvrachning xulosasi 
bilan utilizatsiya qilish tavsiya etiladi.

Download 7,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish