24 - rasm.
Philometra intestinalis:
Urg’ochisining oldingi qismi (Dubinin, 1949 bo'yicha).
Qo‘zg‘atuvchilarining rivojlanishi. Filometralaming hayot
sikllari oraliq xo'jayinlar - sikloplar ishtirokida amalga oshadi.
Baliqlar (asosiy xo‘jayinlar) - zararlangan sikloplarni yutib yubo-
rishi orqali kasallikni o‘ziga yuqtiradi.
Baliqlarning zararlanishi
odatda yilning issiq vaqtlarida, ya’ni bahor oxirida (may), yoz mav-
sumi (iyun-avgust) da o ‘tadi. Zararlangan baliq organizmida filo-
metralar jinsiy balog'atga yetgunga qadar rivojlanadi va ko‘payadi,
ya’ni urg‘ochilari urug‘lana boshlaydi. Filometralaming
toMiq hayot
sikli 11-J4 oy ichida yakunlanadi (Vasilkov vab., 1989) (25-rasm).
Epizootologik m a’lumotiar. Karpsimon baliqlarda kasallik
Sirdaryo daryosining tabiiy va sun’iy suv havzalarida tarqalgan.
Karpsimon baliqlaming umumiy zararlanishi 13.3% ni tashkil
etadi. Filometroz yetarli darajada orol mo‘ylovli baliqda 1 (11.1%),
173
qizil ko‘zda 8 (12.3%) va qizil qanotli baliqda 5 (16.1%) tarqalishi
qayd etildi.
25 - rasm.
Phitometra
avlodi nematodalarining rivojlanish sikli:
a - lichinka; b - siklop, oraliq xo‘jayin; d - karp balig‘i tangachalari
ostidagi voyaga yetgan gelmintlar (Internet ma’lumotlari).
Kasallik karpsimon baliqlari o£rtasida ikki va uch yoshli baliqlar
o‘rtasida ko‘proq uchraydi (80-90% gacha). Invaziya manbai bo‘lib
kasal va kasallik tashuvchi baliqlar hisoblanadi. Karpsimon
baliqlarning zararlanishi yozda iyun - iyul oylarida kuzatiladi.
Patogenez va kasallik belgilari.
Filometrozning namoyon
bo‘lishi baliqlarning zararlanish darajasiga bogiiq, o'tkir va
surunkali tarzda kechadi. Kasallikning o‘tkir shakli bahor-yoz
davrlarida zooplankton bilan oziqalanuvchi ikki-uch yoshli baliqlar
o‘rtasida uchraydi. Qo‘zg‘atuvchi lichinkalari
baliqlar organizraiga
tushib, turli organlar bo‘yicha migratsiya qiladi: jigar, suzish
174
pufakchasi, buyraklar va boshqa organlar funksiyasini buzadi.
Kasallikning boshlanishida harakat koordinatsiyasining buzilishi
xarakterlidir. 0 ‘tkir shakl 1-3 kun davom etadi va yosh baliqlarning
nobud bo‘iishi bilan yakunlanadi. O lgan baliqlami yorib ko‘rganda,
ularning ichki organlarida 7-12 tagacha parazit
lichinkalari topiladi
va suzgich pufagi devori yorilgan boiadi. Shu yilgi yosh
baliqlarning nobud boiishi 40-75 % gacha yetishi mumkin.
Agarda zararlangan baliqlar nobud bolmay qolsa, kasallik
surunkali tusga olishi mumkin. Oriqlash,
harakatning susayishi,
jabraiar anemiyasi kuzatiladi. Baliqlarning oziqalanishi yomon-
lashadi, ko‘proq suv yuzasida bolishga harakat qiladi. Gelmintlar
ko‘proq bosh atrofida,
yelka qismida, yon tomonlari va qomidagi
tangachalar ostida joylashadi. Terming jarohatlangan joylarida
zamburuglar paydo boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: