tashkil etish
Temir yul stansiyalari ishchi-xizmatchilarini mehnat muhofazasi buyicha o’qitish va ular bilimini tekshirish tartibi GOST 12.0.004-79 xamda OST 32.36-83 orkali belgilangan.
Ishchi, muhandis-texpik xodimlar va xizmatchilarni stansiyalarda mehnat xavfsizligiga o’qitish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: yangi ishchilarni tayyorlashda (kasbiga ega bo’lmagan yoki kasbini o’zgartirayotgan yangi qabul qilinayotgan ishchilarni); turlicha Yul-yo’riqlar berishda; malaka oshirishda.
Umuman stansiya bo’yicha umumiy rahbarlik va ta’lim (o’qish) ishlarini tashkil qilish stansiya boshlig’iga, bo’linmalarda esa - bo’linma rahbari zimmasiga yuklatiladi. Stansiya bo’linmalarida ishlayotganlarning mehnat xavfsizligiga o’qitilish sifati va muddatlari mehnat muhofazasi bo’yicha muhandis tomonidan nazorat qilinadi.
Stansiya ishchi-xizmatchilari bevosita o’z faoliyatlari shyningdek yondosh kasblarga oid mehnat muhofazasi bo’yicha qoidalar, yo’riqnomalar va me’yorlarni bilishlari shart.Mehnat xavfsizligi bo’yicha o’qitish "Mehnat muxofazasi" fanini o’rganish va kasb bo’yicha ishlarni bajarishdagp dastur tarkibiga kirntilgan bo’lib, bunda SSBT standartlari talablarini majburiy o’rganish ham shunga kiradi.
Kirish yo’riqnomasi va ish joyidagi dastlabki (birlamchi) yo’l-yo’riq dasturlari stansiya boshlig’i tomonidan kasaba uyushma ko’mitasi, shuningdek stansiyada nazorat olib boradigan sanepidemstansiya va o’t o’chirish bo’linmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. Alohida toifa ishchilarining mehnat xavfsizligi bo’yicha o’qitish va ularga yo’l-yo’riq berishning hususiyatlarini aks ettirish uchun korxonaning o’z standartlari ishlab chiqilishi mumkin (STP SSBT).
Stansiyalarda ishlash (doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy) uchun kirish yo’rig’i, ish joyidagi dastlabki yo’l-yo’riq yangi ishchilarni kasbga tayyorlashda mehnat muhofazasi bo’yicha o’qishdan o’tgan, mehnat muhofazasi bo’yicha bilimi birlamchi tekshiruvdan o’tkazilgan va OST.32.36-83 ga muvofiq stajirovkadan o’tgan shaxslar ko’yiladi.
Poyezdlar harakati bilan bog’liq va xavf darajasi yuqori bo’lgan boshqa shart-sharoitlarda ishlaydigan kuyidagi ishchi-xizmatchilar majburiy tarzda stajirovkadan o’tadilar: akkumulyatorchilar; vagonlar harakatp tezligini muvofiqlashtiruvchilar; avtomashina, yuk ortish mashinalari; motorollerlar; transport-tozalash mashinalari; elektr va avtoarava haydovchilari; yuk tashuvchilar; stansiya, yul va parklar, tepaliklar, markazlashtirish postlari navbatchilari; konduktorlar; kran, kompressor moslamalari, yuvish uskunalari mashinistlari; kozonxona mashinistlari; stansiya operatorlari, yuk va bagaj qabul qiluvchi-topshiruvchilar; stansiya muz punktlarining (mexanizmlar bilan ishlaydigan) ishchilari, vokzallarda teleskopsimon minorada ishlaydigan ishchilar; chilangar-santexniklar, gaz uskunalaridan foydalanish va uni ta’mirlash bo’yicha chilangarlar; poyezd tuzuvchilari va ularning yordamchilari; metall va yogochga ishlov berish dastgoxi ustalari; strelkali post navbatchilari va markazlashtirish postlari signalchilari; texnik idora operatorlari; tovar kassirlari; traktorchilar; uskunalar ta’miri buyicha elektrmonterlar; elektr payvandchilar va gaz payvandchilar. Ushbu ro’yxat stansiya boshlig’i va kasaba uyushma qumitasining birgalikdagi qarori bilan kengaytirilishi mumkin.
Stansiyada qisqa muddatli kechiktirib bo’lmaydigan ishlarga (qor tlozalash, suv toshqiniga qarshi kurash va h.k.) jalb etilgan shaxslar bilan ish joyidagi birlamchi (dastlabki) yo’l-yo’riq o’tkaziladi.
Ish jarayonida stansiya ishchi-xizmatchilari mehnat xavfsizligi bo’yicha takroriy, navbatdan tashqari va joriy yo’l-yo’riq olib, shuningdek texnik o’quv va malaka oshirish chog’ida mehnat muhofazasi bo’yicha ta’lim oladi hamda OST—32.36-8Z da belgilaigan tartibda bilimi vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi. Bajarilishi uchun naryad-ruxsatnoma rasmiylashtiriladigan ishlarga kirishishdan avval joriy yo’l-yo’riq berilib, bunda rasmiyatchilik va belgilangan tartibdan chetlashishga yo’l ko’yish mumkin emas.
Yo’l-yo’riq olish jarayonida ega bo’lingan bilim yo’l-yo’riq bergan hizmatchi tomonidan majburiy tarzda tekshiriladi. Bunda ta’limvabilimninazoratkilishningtexnik vositalarinikullashtavsiyaetiladi. Yo’l-yo’riqolgan, biroq qoniqarsizbilimnamoyishetganishchi-xizmatchiishgakirishishiga yo’l qo’yilmaydi. U yanabir marta yo’l-yo’riqdan utishi shart.
Ishchi joyidagi birlamchi (dastlabki) yo’l-yo’riqtakroriy, navbatdan tashqari, joriy yo’l-yo’riqlar bevosita ishlar rahbari (stansiya navbatchisi, manevrlar bo’yicha dispetcher, sex boshliqlari) tomonidan o’tkaziladi. Stansiya rahbariyati yo’l-yo’riqning ushbu turlarini o’tkazish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqib, ish rahbarlari uchun maxsus o’qitish tashkil qiladi.
Ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilar, ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan o’quvchi va talabalarni xavfsiz mehnat usullariga o’rgatish va ular malakasini oshirish, shuningdek mehnat muhofazasi sohasidagi ilmiy-texnik yutuqlarva ilg’or tajribani targ’ib qilish maqsadida ishchilar soni 300 va undan ortiq bo’lgan stansiyalarda mehnat muhofazasi xonasi tashkil etiladi. Agar stansiyada ishlaydiganlar soni 500 kishidan ko’p bo’lmasa, u texnika xonasi bilan birga joylashishi mumkin. Kichik stansiyalar va yirik stansiyalarning ishlab chiqarish uchastkalarida mehnat muhofazasi burchagi tashkil etiladi. Kabinet maxsus, xonada joylashib, uning maidoni QMvQ (SNiP) 11-96 - 76 gamuvofik, ishlovchilar soni 1000 kishigacha bo’lganida 24 m2; 1001 dan 3000 kishigacha bo’lganida - 48 m2 ga teng bo’ladi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha o’kish va targ’ib qilish ishlari kabinet (burchak)larda o’tkazilib, bu yerda yo’l-yo’riq mavzuli seminarlar, ma’ruzalar, suhbatlar, malaka oshirish mashg’ulotlari, ilg’or tajriba maktablari, maslaxhatlar, ko’rgazmalar, kinofil’mlar pamoyishi, bilimlar tekshiruv kabilar amalga oshiriladi.
Mehnat muhofazasi kabineti (burchagi) ishini uyushtirish stansiya boshlig’i buyrug’i bilan tayinlanadigan muhandis-texnik xizmatchilardan biriga, mehnat muhofazasi xonasi ishini nazorat va unga rahbarlik qilish, hamda bu uchun mas’uliyat - bosh muhandis zimmasiga yuklatiladi
Texnik iqtisodiy hisoblar
Do'stlaringiz bilan baham: |