Ishning grafik qismi chizmalarining mazmuni:
1. Tortuv elektr motorlarning ishlash xususiyatlari va ularga qo’yiladigan talablar
2. Bir fazali to’g’rilagichning ulash sxemalari
3.. Bir fazali tokda ikki yarim davrli to’g’rilagichdagi kuchlanish va tokning egri chiziqlari.
4. Silliqlovchi reaktor induktivligining tokka bog’liqligi grafigi
Bitiruv ishi bulimlarining maslaxatchilari
BO’LIMLAR
|
MASLAXATCHILAR
|
Imzo, sana
|
Topshiriq
berildi
|
Topshiriq qabul qilindi
|
Texnika xavfsizligi va mehnat muxofazasi.
|
Qarshiyev K. T
|
|
|
Texnik-iqtisrodiy hisoblar.
|
Kayumov S.N
|
|
|
TAQVIMIY REJA
T.r
|
Bitiruv malakaviy ishning bo’limlari
|
Qismlarni bajarish
muddati
|
Izoh
|
1
|
Kirish.
|
10.02.22- 25.02.22
|
|
2
|
Elektr harakat tarkibida tortuv elektr motorlari roli
|
25.02.22-01.03.22
|
|
3
|
Pul’satsiyalanuvchi tokda ishlovchi tortuv elektr motorlari ish jarayoni tahlili
|
01.03.22-25.04.22
|
|
4
|
Texnika xavfsizligi.
|
25.04.22-10.05.22
|
|
5
|
Texnik-iqtisodiy samaradorlik hisobi
|
15.05.22-25.05.22
|
|
6
|
Foydalanilgan adabiyotlar.
|
25.05.22-30.05.22
|
|
Bitiruv ishi rahbari Xanbabayev O.M.
Topshiriqni bajarishga oldim ________ Abdujabborov A.
Topshiriq berilgan sana 14.02. 2022 yil
Referat
Ushbu bitiruv malaka ishida elektrovozlarning pulsatsiyalanuvchi tokda ishlovchi tortuv elektr motorlari ish jarayoni tahlil qilingan.
Bitiruv malaka ishi kirish, asosiy, mexnatni muxofaza qilish, texnik iqtisodiy xisoblar bo‘limlaridan tashkil topgan.
Asosiy bo‘limda avval elektrovoz tortuv elektr motorining qullanilishi va ularga ta’sir etuvchi faktorlar. Keyin esa tortuv elektr motorini ishlatishda pulsatsiyalanishning shartlari va uring motorlar ishiga ta’siri tahlil qilingan.
Mexnatni muxofaza qilish bo‘limida xavfsizlikning psixologik jixati, psixologik jixatdan jaroxatlovchi omillar roli va xavfsizlikka ijtimoiy ruxiy ta’sir ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqilgan
Malakaviy bitiruv ishining texnik-iqtisodiy qismida ta’mirlash uchastkasining ishchilar shtati, ishlab chiqarish (joriy)xarajatlari, ishchilarning mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, elektr energiya xarajatlari, asosiy fondning amortizatsiya xarajatlari va boshqa xarajatlar ko‘rsatkichlari hisoblangan.
Kirish
Ma’lumki, O’zbekiston qadim zamonlardan G’arb va SHarqni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan davlat sifatida mashhur bo’lgan. Endilikda ana shu qadimiy yo’l yangicha sayqal topib, ellarni-ellarga bog’lab kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekistonning transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirishda eski mustabid tuzumdan qolgan muammolarni hal etish talab qilinardi. Bu muammolar respublikamizning Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasiga olib boradigan temir yo’llarning qo’shni Turkmaniston hududi orqali o’tishiga barham berish, respublikada yangi dunyo talabiga javob beradigan avtomobil yo’llarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, aviasiya infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat edi.
Yuqorida keltirib o’tilgan muammolarni hal e’tish uchun transport tizimini isloh qilishning strategik yo’nalishlari belgilab olindi va respublikada yagona milliy transport tizimini yaratish ishlari boshlab yuborildi. Sohaning barcha tarmoqlari – temir yo’l, avtomobil, aviasiya transportining rivojlanishiga asos solindi. O’zbekistondagi avtomobil va temir yo’llarning raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha dolzarb vazifalar belgilandi.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish va takomillashtirishning 1995-2010 yillarga mo’ljallangan milliy dasturi ishlab chiqildi. SHu dastur doirasida 1996 yildan “Toshkent–Andijon–O’sh” magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida “Qamchiq” va “Rezak” tunnellarini qurish ishlari boshlandi. “Olma-ota–Bishkek–Toshkent–Termiz” va “Samarqand–Buxoro–Ashxabot–Turkmanboshi” avtomobil yo’lining respublika hududidan o’tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni Qozog’iston orqali Rossiya Federasiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli “Qo’ng’irot–Beynov” avtomobil yo’li qurilishi yakunlandi.
Respublikada bunyodkorlik ishlarini davom e’ttirish maqsadida, 2011-2015 yillarda transport va kommunikasiya infratuzilmasi qurilishini jadal rivojlantirish dasturining qabul qilinishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi tarmog’ini mamlakat va hududlar iqtisodiyotini istiqbolli taraqqiy ettirish bo’yicha amalga oshirilgan dasturlar bilan uzviy bog’liq holda yanada rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu dasturga muvofiq, 2012 yilda qariyb 500 kilometrlik to’rt yo’lakli zamonaviy avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi dunyo transport-kommunikasiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu hududda O’zbekiston tomonidan transport majmuasini modernizasiya qilish va yangi xalqaro yo’nalishlarni ochish bo’yicha keng ko’lamli ishlar bajarildi.
Mamlakatimizda yaxlit temir yo’l tarmog’ini shakllantirish bo’yicha strategik yo’nalishlar belgilab olindi. Bu borada 1994-2001 yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin “Navoiy–Uchquduq–Nukus” temir yo’li qurib bitkazildi. Natijada, ushbu temir yo’l liniyasi ishga tushirilgan dastlabki yillardanoq, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga katta miqdorda har xil xalq iste’mol yuklari etkazib berila boshlandi.
Respublikada temir yo’l tarmog’ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi “G’uzor–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’li qurildi. 2007 yil 24 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining tantanali ochilishida so’zlagan nutqida “Asriy tog’u toshlar, dashtu biyobonlar bag’rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo’lgan bu temir yo’lni qisqa davrda, hammasi bo’lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining o’zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”, deb ta’kidlagan edi.
Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning eng muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o’zbek xalqi o’z kuch-qudratini va nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon e’tdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog’li hududlar bo’ylab, yozning jazirama issig’i, garmsellari, qishning izg’irin shamollari ostida temir yo’l izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo’rg’on kabi 6 ta yangi stansiya va yo’lovchi platformalariga ega bo’lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko’rish mumkin.
Ayniqsa, barcha stansiyalarda yo’l xavfsizligini ta’minlaydigan ishlab chiqarish ob’ektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning e’ng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko’rsatadi. “Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining qurilishi jarayonida 43 ta ko’prik, jumladan, temir yo’l ko’priklari va yo’l o’tkazgichlari singari murakkab muhandislik inshootlari yaratildi. Bu ko’priklarning 9 tasi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda bunyod e’tilgani, bu borada ilgari O’zbekiston tajribasida ko’rilmagan mislsiz ishlar bajarilganini ko’rsatadi.
Mazkur temir yo’lining qurib, ishga topshirilishi respublika rivojlanishida katta ahamiyatga e’ga bo’ldi. Bu yo’l respublikaning janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini boshqa hududlar bilan bog’laydigan, qon tomirday zarur bo’lgan vositani, butun mamlakat bo’ylab yagona va yaxlit temir yo’l transport kommunikasiya tizimini barpo e’tishga imkon berdi.
Bu yo’l O’zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg’on temir yo’l koridori orqali yaqin kelajakda to’g’ridan-to’g’ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, shu bilan birga, respublikaning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshirdi. Temir yo’l tarmog’ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yo’lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo’llarga xizmat ko’rsatish va yo’l xavfsizligini ta’minlash uchun 2,5 mingga yaqin qo’shimcha yangi ish o’rni yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida e’sa qo’shimcha tarzda 4 mingdan ortiq kishi ish o’rinlariga ega bo’ldi.
Mintaqaning tabiiy er osti boyliklarini o’zlashtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo’ldi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tub burilishlarga yuz tutib, aholining turmush farovonligi oshdi. Yuk va yo’lovchi tashish masofasi 170 kilometrga, harakat vaqti esa 7 soatga qisqardi. Natijada temir yo’l bo’ylab tashilayotgan tranzit va mahalliy yuklar salmog’i sezilarli miqdorda ko’paydi. O’tgan yili mazkur temir yo’ldan 5 million tonna yuk o’tkazilgani, shundan 4 million tonnasi tranzit yuklar e’kanligi ana shundan dalolat beradi.
2013 yildan birinchi Prezidentimiz rahnamoligida yana bir ulkan loyiha – 125 kilometrlik “Angren–Pop” e’lektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi boshlab yuborildi. Temir yo’l nafaqat Farg’ona vodiysi viloyatlarini respublikaning boshqa hududlari bilan, balki Evropani Xitoy bilan bog’lab, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshiradi.
2016 yilning 22 iyunda O’zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimining eng muhim ahamiyatga ega tomonlaridan biri, ushbu marosimda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etgani bo’ldi. Jahonga mashhur ikki davlat rahbarlari “O’zbekiston” yo’lovchi poezdining Qamchiq tunnelidan o’tishiga ruxsat beruvchi semaforni yoqish uchun maxsus tugmani bosganliklarini butun dunyo kuzatib turdi.
Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini barpo etishdan maqsad ham nafaqat Farg’ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari o’rtasida temir yo’l orqali yuk va yo’lovchi tashish imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa yangi xalqaro tranzit temir yo’l koridorining eng muhim bo’g’ini bo’lishi nazarda tutilgan edi. Uzunligi 123,1 kilometr bo’lgan Angren – Pop temir yo’lining Qamchiq dovonidan o’tgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi. Ushbu qurilish jarayonlari davomida o’zbekistonlik temiryo’lchilarning salohiyatiga xitoylik mutaxassislar qoyil qolishdi, xitoyliklarning mahoratiga o’zbekistonliklar tasannolar aytishdi. Katta mehnat g’alabasiga har ikki tomonning yuksak mehnati, hamjihatligi tufayli muddatidan avval erishildi.
2017 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Aynan ana shu anjumanda Davlatimiz rahbari Xitoyning “China Railway Tunnel Group” kompaniyasiga Angren – Pop temir yo’lining Qamchiq dovoni qurilishining muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mazkur tashrif doirasida ko’plab sohalar, xususan, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati bilan XXRning yetakchi quruvchi kompaniyalari o’rtasida samarali kelishuvlarga erishildi.
Bugungi kunda ushbu temir yo’l orqali Toshkent – Andijon – Toshkent yo’nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo’lovchi poezdlari aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon yo’nalishida haftasiga ikkita yo’lovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo’nalishlarida yo’lovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada o’nlab yuk poezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li orqali o’tib, yuklarni o’z manziliga etkazmoqda.
Xususan, mazkur temir yo’l orqali ,bir yil davomida 413 ming 162 nafardan ortiq yo’lovchiga xizmat ko’rsatildi, 7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Mustaqillik yillarida temir yo’llarni elektrlashtirish ishlariga katta ahamiyat qaratildi. O’tgan davrda Xovos–Bekobod, Xovos–Jizzax liniyalari e’lektrlashtirildi va Maroqand–Qarshi, Maroqand-Buxoro yo’nalishlarini elektrlashtirish ishlari 2016 yilda yakunlandi. Toshkent–Samarqand–Buxoro, Toshkent-Samarqand-Qarshi yo’nalishlarida tezyurar elektropoezdlar qatnay boshladi. Natijada poezdlardan foydalanish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo’lovchi va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshirish imkoni yaratildi. Markaziy Osiyo mintaqasida eng birinchi bo’lib yuqori tezlikda harakatlanuvchi Toshkent, Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlarini bog’lovchi “Afrosiyob” poezdlari qatnovi yo’lga qo’yildi.
1. EHTda tortuv elektr motorining roli va unga ta’sir etuvchi faktorlar.
Elektr xarakatlanuvchi tarkib va avtonom transport vositasiga elektr yuritma bilan o‘rnatiladigan elektr mashina tortuvchi elektr mashina deb ataladi.
Tortuv elektr motorlarning ishga yaroqliligi va ekspluatatsiya qilish sifati uning parametlariga va ekspluatatsiya qilish shartlariga mos xolda bog‘liq bo‘ladi. Ekspluatatsiya qilish shartlarini xarakterlovchi alohida kursatkichlari parametrik, determinatsion xarakterdagi yoki bexosdan yuzaga keluvchi ta’sirlar va bir teksda bo‘lmagan xolatlar bilan belgilanadi. Tortuv elektr motorlarining ishga yaroqliligini ta’minlash qiyin, chunki kup turdagi ta’sirlar va bir tekisda bo‘lmagan xolatlar bo‘lganligi uchun ularning chegaradan chiqishlari bo‘ladi.
Tortuvchi elektr yuritmalar o‘zining rivojlanishi davomida takomillashtirilib kelinmoqda, bunda tortuv elektr mashinasining parametri va xarakteristikalari sifat jixatidan yaxshilanmoqda.
TEMning ish sharoiti umum ishlattiladigan el.mashinalar ish sharoitidan tubdan farq qiladi.
TEM kuzovda ekipajning tagida yoki g‘ildirak stupetsasida o‘rnatiladi, shuning uchun ularga tashqi muhit ko‘p ta’sir qiladi.
Motorga sovutish xavosi bilan birga chang, suv, qishgi vaqtlarda esa qor ham tushadi. SHuning uchun TEMlari shunday xisoblanishi lozimki, ular faqatgina nominal rejimga ishlab qolmasdan balki, tok bo‘yicha o‘ta yuklanishda va yuqori aylanish chastotasi rejimlarida ham ishlashi lozim bo‘ladi.
Bularning barchasi tortuv mashinalarining komutatsiyaga mustaxkamligiga yuqori talablar qo‘yadi. Tortuv mashinalari komutatsiyasi kontakt o‘tkazgichida
kuchlanishning tezda tushishiga sabab bo‘ladi va uni olib ta’mirlash qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
1.1. Tortuv elektr motorlarning ishlash xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan talablar.
Tortuv elektr motorlarning ishga yaroqliligi va ekspluatatsiya qilish sifati uning parametlariga va ekspluatatsiya qilish shartlariga mos xolda bog‘liq bo‘ladi. Ekspluatatsiya qilish shartlarini xarakterlovchi alohida kursatkichlari parametrik, determinatsion xarakterdagi yoki bexosdan yuzaga keluvchi ta’sirlar va bir teksda bo‘lmagan xolatlar bilan belgilanadi. Tortuv elektr motorlarining ishga yaroqliligini ta’minlash qiyin, chunki kup turdagi ta’sirlar va bir tekisda bo‘lmagan xolatlar bo‘lganligi uchun ularning chegaradan chiqishlari bo‘ladi.
Tortuv elektr mashinalariga ichki va tashqi dinamik kuchlar ta’sir kursatadi. Elektr mashinalarining ba’zi qismlariga ta’sir etuvchi ichki dinamik kuchlar konstruktiv kursatkichlarga nisbatan xisoblangandan texnologik va ekspluatatsiya qilishda, farq qilganligidan yuzaga keladi:
-kollektor ishchi yuzasidagi uzgarishlar,
-yakorning balansirovkasi tug‘ri bo‘lmasa,
- tortuv uzatgichning va motorni osish detallarning buzuqligi.
Eng qatta tashki dinamik kuchlar poezd harakatlanganda EHTning harakatlanuvchi qismi va relslar orasida o‘zaro ta’siridan yuzaga keladi. Bu impuls kuchlarning Ru qiymati asosan mumkin bo‘lgan dinamik tezlanish ag bilan harakterlanadi:
Bunda
m,G-dinamik tezlanish ta’sirida bo‘lgan qisimning massasi va og‘irligi -dinamik tezlanishning nisbiy qyimati; =ag/g (bu erda g –jisminingerkin tushish tezlanishi).
Tayanch-o‘qli osilgan tortuv elektr motorlari uchun tajriba ma’lumotlariga asosan uta yukori harakat tezligida ga teng bo‘ladi. Ramaga osilgan motorlar uchun ga teng. Kuzovda joylashtirilgan mashinalar uchun ga teng.
Yakor qisimlari uchun eng yuqori tezlanish (bu erda M-tortuv uzatgichning uzatishlar nisbati)
Dinamik tezlanish mashinaning ba’zi qisimlarining mustahkamligiga ta’sir qilmasdan, tok qabul qilish jarayoniga ham ta’sir qiladi.
Tortuv motorlari yo‘lga nisbatan yaqin joylashgan bo‘ladi, shuning uchun poezd harakatlanish vaqtida havo oqimi bilan birga iflosliklarning qirishini oldini olish choralari kurilish zarur. Tortuv motorlarini shamallatish uchun 100-150 m3/min. miqdordagi havo oqimi zarur bo‘ladi. Motorning shamollatish tizimiga kiradigan havo tarkibida chang, hamda tormoz tizimi kolodkalarini emirilishiga olib keladigan metall qisimlari bo‘ladi. Havodagi changning tarkibi 14-30 mg/m3 gacha etadi. Qorli izg‘irinda motorga qiradigan havo tarkibida 20-25g/m3 gacha qor bulishi mumkin. Bu iflosliklardan tuliq xolos bo‘lishining imkoniyati yo‘q.
Qisman bo‘ladigan uta ifloslanish shetka va kollektorning uta emirilishiga olib keladi,chunki tortuv motorlarida shetkani ko‘proq siqishga tug‘ri keladi. Ifloslanish mashinaning barcha qisimlari izolyasiyasi xolatini va uning shamollatish shartini buzadi. Agar ichki shamollatish kanallari ifloslansa uning yuzasidan issiqlik tarqalishini 3 marta kamaytiradi. Ish jarayonida tortuv motorlari ish rejimlarining o‘zgarishi ta’sirida uning zanjirida tok 0,25In dan 2 In gacha o‘zgaradi. Tokning maksimal qiymati Imax=KuyuIn bo‘ladi, bunda Kuyu –o‘ta yuklanish koefitsienti, ko‘pincha ga teng bo‘ladi. Tokning tebranishi, quvvat isrofini E yana ham qatta tebranishiga olib keladi
dan gacha,
bu erda r-chulg‘amlar qarshiligi.
Bu esa chulg‘amlar izolyasiyasining qizish tempiraturasini ancha o‘zgarishiga olib keladi, bu uning ishlash vaqtini kamaytiradi. Tortuv motorinimng ishlash davomida ko‘pgina utish jarayoni yuzaga keladi, buning yuzaga kelishiga tizimga kiruvchi kinetik AK va elektromagnit AU energiya yig‘uvchilari sezilarli ta’sir qiladi
va
Bunda m,V-mos holda tizim elementlarining massasi va tezligi
L,I –mos holda elementlarning induktivligi va zanjirdagi tok.
Utkinchi jarayon davomida energiya yig‘uvchining ta’siri qancha kuchli bo‘lsa, m va L larning qiymati hamda , larning o‘zgarish intensivligi shuncha qatta bo‘ladi. Tortish rejimida agar qisqa tutash bo‘lganda rekuperativ tormoz rejimida ga teng bo‘ladi. Bu xolda kommutatsiya o‘ta yuklanishini yuzaga keltiruvchi induktiv E.YU.K. hosil bo‘lishi mumkin.
Bunda -tortuv motorning nominal kuchlanishi.
Bunday og‘ir turg‘un bo‘lmagan jarayonlar qisimlari kuchlanishning qayta tiklanishi, boksalanishi va boshqalarda yuqori konstruktiv zaxira bo‘lishi talab etiladi. Tortuv elektr motorlarini tayyorlashda va ekspluatatsiya qilishda ularning xarakteristikalari mos tushmasligi mumkin bo‘lgan holdir. GOST2582-81 standarti kupincha quzg‘atish tokining uta keskin pasayishida tezlik xarakteristikasining sezilarli og‘ishiga ruxsat etiladi. Misol uchun 1.1-rasmda Tl-2K motorning shunday xarakteristika-lari keltirilgan. Motorning xaqiqiy xarakteristikalari shtrixlangan qism bilan chegaralangan. Xarakteristakaning yana ham katta mos kelmasligi g‘ildirak –motorli blokni g‘ildirak diametri farq qilganda ekspluatatsiya qilinsa yuzaga keladi.
Agar motorning xarakteristikalari bir hil bo‘lmasa,unda birinchi va ikkinchi motor I1va I2 toklarning qatta farqi yuzaga keladi,
, bunda
Motor toklarining farqi chulg‘amlardagi isroflarda namayon bo‘ladi:
Bunda Ii va ri –mos holda chulg‘amning toki va qarshiligi.
Ikki motor quvvatining elektr isroflari farqi
1-Rasm. Tortuv elektr motorlar tezlik xarakteristikasining ruxsat etilgan chegaraviy grafigi.
Quvvat isrofining mos kelmasligining 2 martadan yuqori bo‘lishi toklarning ham mos kelmasligiga olib keladi. Bu bazi mashinalar chulg‘amlarining o‘ta qizishiga olib keladi va ular izolyasiyasining chidamligini pasaytiradi. Tortuv elektr mashinalarining kurib chiqilgan ta’sirlardan va bir teksda bulmaslikdan tashqari, tashqi muhit temperaturasi va kuchlanishning bir teksda bo‘lmasligi, sovutish havosining bir teksda taqsimlanmasligi va boshqalar ham ta’sir qiladi. Tortuv elektr motorlari lokomotivlarning yuqori tortish va energetik xususiyatlarini ta’minlovchi xarakteristikaga ega bo‘lishi lozim. Ularning mustahkamligiga ham o‘ta yuqori talab qo‘yiladi. Poezdlarning xavfsiz xarakatini ta’minlash shartiga kura tortuv elektr motorlarini osish qurinmalari buzilganda yo‘lga tushib qolmasligi lozim bo‘ladi. Bu xolatning yuzaga kelmasligi uchun tortuv motorlari
konstruksiyasiga saqlovchi kronshteyn urnatish kuzda tutilgan.
Tortuv mashinalari ta’mirlashga layokatli bo‘lishi lozim. Tortuv elektr mashinalarini ekspluatatsiya qilishda ularning energetik kursatkichlariga va asosan foydali ish koefitsientiga (FIK) yuqori talablar qo‘yiladi. Ekspluatatsiya qilishning bu talablari mashinalar solishtirma kursatkichlarini kamaytirish xaqidagi talablarga teskari bo‘lishi mumkin massasi mu va har xil materialar sarflangan (mis, izolyasiya va boshqalar) quvvat birligiga nisbatan .
Ixtiyoriy materialning quvvat birligiga nisbatan sarfi
Bu erda -i-chi motorga tug‘ri keladigan material massasi
CHulg‘amning massasini kamaytirish uchun utkazgichning kundalang kesimi yuzasini kamaytirish lozim bo‘ladi
Bunda -k-chi utkazgichdagi tok, -k-chi utkazgichdagi tokning zichligi
Biroq bu utkazgichlardagi tok zichligining oshishiga olib keladi, shu bilan
birga quvvat isrofining oshishiga ham olib keladi
Bunday karama –qarshiliklarni hal qilishda masalan utkazgichning kundalang kesimi yuzasini tanlashda texnik-iqtisodiy hisoblashlarni bajarish kerak bo‘ladi.
2.Pulsatsiyalanuvchi tokda ishlovchi tortuv elektr motorlari ish jarayoni tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |