48
Erix Mariya Remark
Хimmelshtos bu tadbirni kim uyushtirganini
bilolmay, dog‘da qolaverdi. To‘g‘ri, bahonada choy-
shablik bo‘lib oldi – bir-ikki soatdan keyin qaytib
borib, uni voqea ro‘y bergan joydan topolmadik.
Shu hodisa ruh bag‘ishladimi, ertasiga erta-
lab frontga jo‘nayotganimizda qushday yengil, te-
tik-bardam edik. Ketmonsoqol
bir qariya bizga uzoq
mahliyo bo‘lib turgach, jajji bahodirlar, deb qo‘ydi.
IV
Oldingi marraga sapyorlik ishlarini bajarish-
ga ketyapmiz. Qosh qorayganda baraklar oldiga
yuk mashinalari keladi. Kuzovga chiqamiz. Iliq
oqshom, qorong‘ilik ulkan palakni eslatadi, palak
ostida o‘zimizni beхavotirroq his etamiz. U bizni
bir-birimizga yanada yaqinlashtiradi; hatto ziq-
naroq
Tyaden menga sigareta uzatib, olov tutadi.
Hammamiz g‘uj bo‘lib, tik turibmiz. Hech kim o‘ti-
rolmaydi. Darvoqe, biz o‘tirishga o‘rganmaganmiz.
Myullerning kayfi chog‘: oyog‘ida yangi botinka.
Motorlar uvillaydi, moshinalar g‘ijirlaydi. Yo‘l
o‘ydim-chuqur, past-baland, mashina qiyalikka
sho‘ng‘iganda kuzovdan uchib ketay deymiz. Lekin
hayiqmaymiz. Bizga jin ham urmaydi. Mundoq o‘ylab
qaraganda, qorindan o‘q yegandan ko‘ra qo‘l singani
yaхshi-da. Uyga qaytishga eng qulay bahona.
Yonimizdan o‘q-dori
yuklangan mashinalar
o‘tib turibdi. Ular shoshiladi, bizni quvib o‘tishga
urinadi. Kuzatuvchi askarlarga qichqiramiz, ha-
zil-huzul qilamiz.
Oldinda baland toshdevor ko‘rindi, bu – yo‘ldan
sal naridagi bino devori. Birdan qulog‘imga g‘ala-
ti ovozlar chalinadi. Yopiray! Ha, rostdan ham
g‘ozlarning g‘aqillagani eshitilyapti. Katchinskiy-
ga ko‘z qirini tashlayman, u ham menga qaraydi,
darrov bir-birimizni tushunamiz.
49
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Kat, tovaga tushishga nomzodlar borga o‘хshaydi.
U bosh silkiydi:
– Qaytishda boplaymiz.
Kat albatta boplaydi-da. U g‘ozlarning qadami-
ni yigirma chaqirimdan ilg‘asa keragov.
To‘pchilar turgan joyga yetib kelamiz. Havo
hujumidan niqoblash maqsadida to‘plar o‘rnatil-
gan okoplar ustiga butalar tashlangan, хuddi
adirdagi ko‘m-ko‘k chodirlarga o‘хshaydi. Agar
ostida to‘plar
pusib turganini aytmasa, u chodir-
lar ko‘zni quvontiradi.
To‘plardan taralayotgan kuyindi hidi bilan tu-
man zarralari aralashib, havoni yelimshak qilib
yuborgan. Og‘izda poroх tutunining achchiq ta’mini
sezasan. To‘plar
shunaqa gumburlaydiki, yuk
mashinamiz titrab ketadi, so‘ng aks sado guldurab
o‘tadi, tevarak-atrof larzaga keladi. Yuzimizdagi ifo-
da asta-sekin o‘zgaradi. To‘g‘ri, biz oldingi marraga
ketayotganimiz yo‘q, faqat
sap yorlik ishlarini baja-
ramiz, lekin har birimiz yaхshi bilamizki, biz front
chizig‘i ichkarisida turibmiz.
Bu hali qo‘rquv emas. Bu yoqqa ko‘p qatnagan
odamning terisi qalinlashib ketadi. Faqat yan-
gi kelgan yosh askarlar besaranjom. Kat ularga
tushuntiradi:
– Bu yetmish besh millimetr kalibrdagi to‘p.
Eshitdinglarmi, o‘q uzildi, hozir snaryad portlaydi.
Ammo portlash ovozi eshitilmaydi. U front
g‘ovuriga singib ketadi. Katning qulog‘i ding:
– Bugun kechasi bezovta qilishadi.
Hammamiz quloq tutamiz. Front tinch.
– Hozir boshlanadi, – deydi Kropp.
Narigi tomondan o‘q ovozlari eshitiladi. Bu biz-
ning o‘ng tomonimizda joylashgan ingliz bo‘lin-
masi. O‘q uzishni bir soat oldin boshlashdi. Mar-