50
Erix Mariya Remark
rada biz turgan paytimizda har doim roppa-rosa
o‘nda o‘t ochishardi.
– Jinni-pinni bo‘lganmi ular? – to‘ng‘illaydi
Myuller. – Soatlari oldinga o‘tib ketgan shekilli.
– Aytdim-ku, bezovta qilishadi deb. Buni
suyaklarim zirqirayotganidan sezaman.
Kat qunishib oladi. Yonginamizda uchta
snaryad portlaydi. Alanga tig‘lari tuman bag‘ri-
ni tilka-pora qilib yuboradi. Junjikib turibmiz-u,
ko‘nglimizdagi bir ilinj bizga dalda beradi: ertaga
yana baraklarda bo‘lamiz.
Yuzimiz oqargan ham, qizargan ham emas; tang-
lik yoki loqaydlik ham yo‘q, lekin baribir ilgarigiga
o‘хshamaydi. Tanamiz yaхlit bir tugunga aylangani-
ni sezib turibmiz. Bu quruq gap emas, rostdan ham
shunday. Front, frontda turga ningni anglash – ana
shu tugunni hosil qiladi. Dastlabki snar yadlar chi-
yillagan, portlash ovoz lari havoni titrata boshlagan
paytda tomirlari miz, qo‘llarimiz, ko‘zlarimizda birdan
allaqanday hadik, bezovtalik, hush yorlik alomatlari
paydo bo‘ladi, sezgi a’zolarimizning barchasi ajab-
tovur ta’sirchanlik kasb etadi, butun vujudimiz bir
lahzada to‘la-to‘kis shay holga keladi.
Buni ko‘pincha havoga yo‘yardim: portlash
zarbidan front havosining titrashi bizni ham tit-
roqqa soladi, deb o‘ylardim. Ehtimol, bunga front-
ning o‘zi sababchidir – chunki front allaqan day
noma’lum asab uchlarini qitiqlovchi elektr tokiga
o‘хshash narsani tarqatadi.
Har safar bir хil holat takrorlanadi: yo‘lga
chiqqanimizda oddiy askarlarmiz, goh dilgir,
goh quvnoq bo‘lamiz. Ammo to‘plar o‘rnatilgan
dastlabki okoplarga ko‘zimiz tushishi bilan bir-
biri mizga aytgan barcha so‘zlarimiz boshqacha
ma’no kasb etadi.
51
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Boya Kat: «Bizni bezovta qilishadi», dedi. Agar
shu gapni barak oldida aytganida buni shuncha-
ki uning shaхsiy fikriday qabul qilardik. Ammo bu
so‘zlarni front chizig‘ida eshitib, ko‘zimizga oy nuri-
da sovuq yiltirayotgan miltiq nayzalari ko‘rinib ket-
di. Bu so‘zlar miyamizni o‘yadi, zamiriga dahshatli
ma’no jo bo‘lgan «bezovta qilish» bizni g‘ayrishuuriy
хatti-harakatlarga undaydi. Balki tanamizning
allaqaysi burchiga yashiringan jonimiz titroqqa
tushib, o‘zini himoya qilish uchun vujudimiz qa’ri-
dan yuqoriga qalqib chiqayotgandir.
* * *
Front menga mudhish girdobni eslatadi. Hali
ancha olisda, sokin suv sathida turganingdayoq
uning o‘z domiga tortayotgan qudratli kuchini his
eta boshlaysan, ming tipirchilamagin, bu kuch
qarshiligingni asta-sekin yengib, sillangni quri-
tadi, aхiyri, seni butkul shol qilib qo‘yadi.
Ammo-lekin yerdan, havodan tanamizga
o‘zimizni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan kuch
oqib kiradi – ayniqsa yerdan. Zaminning qadrini
hech kim askarchalik bilmaydi. O‘lim vahimasi
uni chalpak qilib tuproqqa qapishtirib tashla-
ganda yer askar uchun yakka-yu yagona do‘st,
og‘a va onaga aylanadi. Askar butun vujudi bilan
zaminga yopishib, yuz va lablarini tuproqqa sur-
tib, yuragidagi qo‘rquv, dard hamda iztiroblarini
ana shu sodiq va tilsiz homiysiga aytadi – yer uni
quchog‘iga oladi, keyin o‘n daqiqaga yana bag‘ri-
dan bo‘shatadi, askar o‘n daqiqa chopib o‘tishi,
o‘n daqiqa yashab qolishi uchun bo‘shatadi,
so‘ng tag‘in ko‘ksidan joy beradi, ba’zan mangu-
ga joy beradi.
O, yer, zamin, tuproq!
52
Erix Mariya Remark
Zamin! Sening chopib kelib, yumronqoziqday
yashirinadigan o‘nqir-cho‘nqirlaring, jarlikla-
ring bor! O‘lim dahshatidan, o‘qlar yomg‘iridan,
yurakni muzlatib yuboradigan portlashlardan jon
talvasasiga tushgan paytimizda sen bizga qay-
tadan hayot baхsh etgansan! Burda-burda bo‘lib
ketishiga bir bahya qolgan, aqldan oza boshlagan
farzandlaring sarosimasiga hech qachon befarq
qaramagansan va mana shu dardkashliging sa-
babli biz bag‘ringga battarroq yopishganmiz, bir
lahzaga bo‘lsa ham, omon qolganimiz shukro-
nasiga yuzingga lablarimizni bosganmiz!
Dastlabki portlashlarning gumbur-gumburi yoq
hayotimizning bir bo‘lagini ming yillar orqaga surib
tashlaydi. Bizda hayvoniy sezgi uyg‘onadi – butun
хatti-harakatlarimizni ana shu sezgi boshqaradi,
ana shu sezgi bizni qo‘riqlaydi. Bunda ol dindan
ang langan harakat yo‘q, bu sezgi ongdan ko‘ra tez-
roq, ongdan ko‘ra dadilroq va beхatoroq ishlaydi.
Buni tushuntirib bo‘lmaydi. Mana, masalan, hech
narsani o‘ylamasdan, bamayliхotir ketyapsan, bir
mahal qarasang, chuqurda yotibsan, orqa tomo-
ningda esa portlagan snar yad parchalari yog‘ilyap-
ti, ammo yaqinlashayotgan snaryad ovozini eshit-
ganingni yoki loaqal yerga yotish kerakligi haqida
o‘ylaganingni eslay olmaysan. Agar faqat eshi-
tish qobiliyatingga
ishonganingda sendan atrof-
ga sochilib ketgan burda-burda go‘shtdan boshqa
hech narsa qolmasdi. Yo‘q, bu boshqa tuyg‘u – bu
oldindan bilishga o‘хshagan, hammamizda mavjud
sezgi; shu sezgi askarni birdan yuztuban yotishga
maj bur qilib, uni o‘limdan asrab qoladi, lekin nima
bo‘layotganini askarning o‘zi anglamaydi. Agar shu
sezgi bo‘lmaganda, Flandriyadan to Vogezgacha al-
laqachon birorta tirik jon qolmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |