To’rt bo’yoq muammosi



Download 458,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.06.2022
Hajmi458,07 Kb.
#669168
  1   2   3
Bog'liq
3082-Текст статьи-7738-1-10-20211027




BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKASINI O’QITISHDA “TO’RT BO’YOQ 
MUAMMOSI”GA OID MASALALARNING O’RNI 
Akramova Zuxra Botir qizi
Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti 
Fotimazuxra0@gmail.com 
Annotatsiya: Ushbu maqola matematika darslarida turli ranglardan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining estetik did va mantiqiy tafakkurini shakllantirish, o‘quvchilarda arifmetik hisoblash ko’nikmalarini 
takomillashtirishdan iborat. 
Аннотатция:
Эта статья направлена на развитие эстетического вкуса и логического мышления 
учащихся начальной школы за счет использования разных цветов на уроках математики, а также на 
улучшение навыков арифметических расчетов учащихся. 
Annotation: 
This article aims to develop the aesthetic taste and logical thinking of primary school students 
through the use of different colors in mathematics lessons, and to improve students' arithmetic calculation skills.
 
Kalit so‘zlar: Tafakkur, tafakkur jarayonlari, analiz, sintez, mantiqiy masala, sonli bog`lanish. 
Ключевые слова: мышление, мыслительные процессы, анализ, синтез, логическая задача, числовая 
связь. 
Keywords: Thinking, thinking processes, analysis, synthesis, logical problem, numerical connection. 
Agar o’quvchi, hech bo’lmaganda bir marta o’zi mustaqil ravishda birorta matematik 
masalani hal qilsa, u albatta, unutilmas hayajonli damlarni boshidan kechiradi va g’alaba 
nashidasini suradi. Bunday “kichik” g’alabalar, ayniqsa bolalik chog’ida yuz bersa, inson bu 
onlarni hayotining oxirigacha xotirasida saqlab qoladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
matematika faniga qiziqishlarini oshirish o’ta muhim masalalardan biri bo’lib, ushbu ishda 
matematika darslarida “To’rt bo’yoq muammosi”ga oid masalalarning muhim ahamiyatini 
yoritishni maqsad qilib oldik. 
Rang insonni nafaqat shodlantiradi, balki uni g’azablantirishi, tashvishga solishi, g’amgin 
qilib qo’yishga ham qodir. U ruhiyatimizga katta ta’sir ko’rsata oladi. 
Ba’zi ranglar xotirjamlik bersa, boshqalari aksincha, tashvishga soladi. Yashil, havorang, 
ko’k ranglar tasalli beradi, pushti, qizil, sariq, olov ranglar esa asabni qo’zg’atuvchi ranglar 
turkumiga kiradi. 
Bayram tantanalarida ranglar yanada ulkan ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, qizil rang –
tantanavorlik va buyuklikni, qora rang – g’am – g’ussani, oq rang – ozodlik va 
benuqsonlikni, yashil rang – orzu - umidni bildiradi.
I. Gyote shoir sifatida ishonarli qilib ranglar ta’siri ustida tadqiqot o’tkazdi va yashil 
rangda saxiylik, tinchlantiruvchi, ko’z va ruhni dam oldiruvchi xususiyatlar mavjudligi: ko’k 
rangda sovuq ayozni eslatuvchi, qizil rangda dahshatga soluvchi xususiyat bor ekanligini o’z 
kechinmalarida seza oldi. 



I. Gyote bir manzaraning o’zini yashil, sariq, qizil va shu kabi rangli shishalar orqali 
ko’zdan kechirib, odamning ruhiy holati o’zgarishlarini kuzatib, qizil rang va uning turli 
birikmalari – qo’zg’atuvchi, qizdiruvchi, jonlantiruvchi, faollashtiruvchi, quvvatbaxsh, sariq 
rang – iliq, tetiklantiruvchi, quvontiruvchi, jozibador, olov rang – quvnoqlik, xurramlik, 
alangali va xayrli sezgilarni keltirib chiqaradi, deb hisoblanadi. Yashil rang va uning boy 
birikmalari osoyishtalik, bahuzurlik va tinch kayfiyat baxsh etadi. Ko’k rangni olaylik, u 
jiddiylik, musibat, g’am – g’ussa, ko’ngilchanlik va osudalikni anglatadi. Binafsha rang, qizil va 
ko’k ranglar keltiradigan hissiyotlar birikmalari bilan ta’sir etib, ayni bir paytda o’ziga jalb qilib, 
quvontiradi. 
Bolada rang tushunchasi (yashil ko'kat, zangori daryo, sariq quyosh, qizil gul va h.k.) 
qanchalik tor bo’lsa, u ulg’aygunga qadar “bolalarcha idrok” qamrovida qolaveradi. Aksincha, 
rang birikmalarining xilma - xillik doirasi kengaya borgan sari, idrokning tahlil qilish xususiyati 
ziyraklashadi va tanlov imkoniyatlari ham oshib boradi. 
Shularni hisobga olgan holda ushbu ishda matematika darslarini tashkil etishda 
ranglarning insonning ruhiy holatiga ta’sirini aniq tushungan holda dars materiallarini 
ko’rgazmali tashkil etishda va yoshlarning matematikaga qiziqishlarini uyg’otishda, 
rivojlantirishda, fan asoslarini o’zlashtirishda o’qituvchi e’tibor berishi muhim deb hisobladik.
Masalan, 2-sinf Matematika darsligining 97-betidagi masalani yechish bo`yicha o’z 
tavsiyalarimizni bayon qilamiz.

Download 458,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish