To’rt bo’yoq muammosi



Download 458,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.06.2022
Hajmi458,07 Kb.
#669168
1   2   3
Bog'liq
3082-Текст статьи-7738-1-10-20211027

Berilishi: 
Rasm asosida ko’paytirishga doir misol tuzing va uni qo’shish bilan 
almashtiring: 
1) 



2) 
 
Yechilishi: 
1)
5 * 4 = 20 
5 + 5 + 5 + 5 = 20 
20 : 4 = 5 
2)
5 * 5 = 25 
5 + 5 + 5 + 5 + 5 = 25
25 : 5 = 5 
 
Tushuntirilishi: 
O’qituvchi: 
Bugungi darsimizning mavzusi ko’paytirish ekan. Demak, ko’paytirishga doir 
misollarni yechamiz. Aziz o`quvchilar, rasmda nima tasvirlangan deb kitobdagi rasmga jalb 
qiladi. O’quvchilarning turli javoblarini eshitib ularni fikrlashlariga imkon beradi. Keyin o’zi 
olib kelgan yangi uzilgan chiroyli gullarini rasmdagi kabi vazaga joylashtirilgan holda jonli 
namoyish qiladi. Aziz bolajonlar,ular nechtaligini ayta olasizmi? Hammasi bo’lib qancha atirgul 
bor? Qani kim aytadi? 
Botir: 
bu atirgullarni qo’shganimizda 20 chiqdi 
O’qituvchi:
To’g’ri! Bolalar Botir buni yig’indi ko’rinishida aytdi. 
Ko’paytma ko’rinishida esa bu misolni bunday o’qishimiz mumkin: 
Beshtalab to’rt marta olinsa, yigirma hosil bo’ladi yoki beshni to’rtga ko’paytirganda 
yigirma hosil bo’ladi. 
Ikkinchisida rangli qalamlardan foydalanar ekanmiz. Hamma rangli qalamlarini parta 
ustiga qo’ysin. Menga Botir, Sarvinoz, Gulnoza, Jahongir, Munisa 5 xil rangdagi 
qalamlaringizdan 5 tadan beringlar. Mana bolajonlar qalamlarni beshta o’quvchidan beshtadan 
oldik, ularning hammasini qo’shganda qancha bo’ladi? Qani kim javob beradi? 
Sarvinoz:
Bu 
qalamlarni hammasini qo’shganda 25 hosil bo’ladi. 
O’qituvchi:
Barakalla! Juda ham to’g’ri. Bu yig’indi ko’rinishida aytdi. Endi kim buni 
ko’paytma ko’rinishida aytadi? 
Botir:
beshtalab besh marta olinsa, yigirma besh bo’ladi. 
O’qituvchi: 
Juda to’g’ri. 
Demak bu misolni ishlashimizda Botir bilan Sarvinoz faol ishtirok etdi. Endi ularga 
mukofot beramiz. Bu mukofot atirgullar edi. Atirgullarni shu ikki o’quvchiga bo’lib beriladi. 
Darsdagi faolliklari uchun olgan sovg’alarini onalariga sovg’a qilsalar, ular juda xursand 



bo’lishadi. Qolgan o’quvchilar ham o’z onalarini xursand qilishni xohlasalar keyingi darslarda 
faol ishtirok etishlari kerakligi aytiladi. 
Xulosa qilib, shuni ta’kidlashimiz mumkinki, bolalarning barkamol inson bo’lib 
yetishlarida matematika darslarini jonli o’quvchilarning kayfiyatlarini oshiradigan qiziqarli qilib 
tashkil etish, kompyuter texnologiyalari asosida tushuntirish, geometriya elementlari haqida 
to’laroq tasavvurga ega bo’lishlari uchun sodda va rangli figuralar komplektlarini yasatish, 
ulardan masalalar yechishda, sanashda, shakllarni tahlil qilishda foydalanib borish orqali fanga 
bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirib borish hamda go’zallikdan zavqlantirishga erishish mumkin. 
Darslarni tashkil etishda yuqorida keltirilgan usullarga har doim o’qituvchi e’tibor berib 
borsa, o’quvchilarga ham ta’lim ham tarbiya berishimiz bilan birga ularning ongida estetik didni, 
go`zallikdan zavqlanish hissini, kattalarga hurmat va muhabbatni shakllantirishimiz mumkin. 
Shuningdek, ularning fanga qiziqishlari oshishiga, o’quvchilarning qalbida yaxshilik, ezgulik 
hislatlarining rivojlanishiga hamda darsda samaradorlikka erishiladi.

Download 458,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish