To’ra Sulaymon she’riyatining g’oyaviy badiiy xususiyatlari mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi mundarija


II bob. To‘ra Sulaymon she’riyatida murakkab folklorizmlar



Download 230,5 Kb.
bet4/8
Sana13.07.2022
Hajmi230,5 Kb.
#785648
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
To’ra Sulaymon sh

1.2. II bob. To‘ra Sulaymon she’riyatida murakkab folklorizmlar

O’zbek she’riyatida ruhiy tasvir ko’rinishi va tamoyillari turli davrlarda turli shakllarda zohir bo’lgan. Chunki she’riyat davr nafasi, o’sha davr kishisi ruhiy olamida kechuvchi jarayonlarning lirik qahramonlarning ruhiy dunyosi bilan uyg’un manzaralaridan yaraluvchi san’at mulkidir. Shuning uchun she’riyatdagi ruhiyat tasviri xususiyatlarini davr harakteridan ajralgan holda tasavvur etish yoki tadqiq qilish haqiqatga muvofiq kelmaydi. Shu nuqtai nazardan turib, ishda XX asr o’zbek she’riyatining har bir tarqqiyot bosqichiga xos bo’lgan ruhiyat tasvirining namoyon o’lish darajalari uning lirik she’riyat rivojidagi o’rni va ahamiyatini o’rganishga harakat qilindi.


Ruhiyatning teran tasviri-lirik qahramon ichki dunyosining boyligini ko’rsatuvchi asosiy xususiyat. Zero, lirik qahramonning o’zi yashayotgan jamiyatda sodir bo’layotgan ijobiy yoki salbiy hodisalarga yohud hayotning lirik qahramon qalb va tafakkur olamiga ta’siri uning ichki kechinmalari tarzida tasvirlanadi. Ana shu narsa o’quvchiga tashqi olam-ob’ektiv borliqning inson-sub’ekt-lirik qahramon ichki dunyosining boyishiga, ruhiyatdagi ranglarning tiniqlanishiga, serjiloligiga yoki buning butunlay aksi yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkinligidan habar beradi. Binobarin, bu ranglar zavq baxshmi yoki yo’qmi nurlimi nursizmi, bundan qat’iy nazar u o’quvchida munosabt paydo qilmasdan qolmaydi. Natijada o’quvchi o’ziga fikrlaydi, o’z dunyo qarashi saviyasida hukm va xulosa chiqaradi. She’r o’quvchini hayajonlantira bilsa, uni bilmaganini bilish, ko’rmaganin ko’rishga yo’l ochsa, albatta, u lirik qahramonga ergashadi, uni qalb tajribalaridan ibrat oladi, Zero, tuyg’ularda jonlanish, hissiyotida uyg’onish sezgan hayajonlari jumbushga kirgan, fikr-uylarida aniqlik, tiniqlikni anglagan kurashlarning maqsadli, xulosalarining mantiqli bo’lib borayotganligiga ko’maklashayotgan she’riyat har bir kishi uchun haqiqiy muallim va dil rahnamosidir. Bas, shunday ekan, o’zbek she’riyati lirik qahramonining ichli dunyosi, ruhiy olami boyligi, unig ijtimoiy, ma’naviy hayot oqimiga ta’siri va ruhiy faollik darajasini tadqiq etish she’rshunoslikning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, bugungi kunimiz uzoq va yaqin o’tmishimizdan yohud kechagi hayotimizdan tubdan farq qiladi. Shu ma’noda o’tmish tajrimbalarini o’rganish ilm va ijod rivoji uchun qancha foyda yetkazsa komil inson tarbiyasi uchun ham shuncha ahamiyatlidir. Chunonchi, 20-30-yillar lirik qahramoni o’zining ruhiy dunyosi bilan keyingi davr qahramonlariga o’xshamaydi. 60-yillardan bosh esa o’zbek she’riyatida yuzaga kelgan to’lqin 70-80-yillarda yanada kuchayib bordi, chunki bu yillarga kelib sotsialistik jamiyatda uzoq davr mobaynida ildiz otgan, hozirgi atama bilan ifodalanganda turg’unlik hukmronlik mavqeiga erishdi. Buning oqibatida inson qadri, tarixiy va milliy an’analar qimmati nisbatan pasaydi. Ma’naviy yemirilishlar avj nuqtaga ko’tarila bohladi. Natijada, hayot va inson, jamiyat va shaxs munosabatlarida sohtalik notabiiylik oqibatida kelib chiquvchi ziddiyatlar kuchni ko’rsata bordi. Ammo shunda ham insoniyatning asrlar davomida yaratgam ma’naviy hazinasidagi nurlar zamondoshimiz qalbi va yo’lini yoritishga xizmat qildi. Bunda badiiy adabiyot, ayniqsa, she’riyatning xizmati beqiyos bo’ldi. Uni lirik qahramoni xalq, millat uchun naf keltirmaydigan ko’p nomaqbul ishlarning yo’lini to’sish uchun intildi. Ammo bunda, hayotga yo’l olayotgan mavhumlik haqidagi qarashlarning qalbiga, ruhiyatiga ingan isyon uchqunlarini pardalab, ya’ni majoz kinoya va ishorat usullarida ifodalashga majbur bo’ldi. Shunday bo’lsa-da bu davr she’riyatida lirik qahramon ruhiyatining tasviri teranlashdi, hayot va inson qalbiga chuqurroq kirib boorish unda kechayotgan o’zgarishlar ildizini ochish, ruhiy bezovtalik sabablarini izlash she’riyat oqimini yangicha o’zanga yo’naltirdi. Qisqacha qilib aytganda she’riyatimizning lirik qahramoni ruhiy olami shu qadar teranlik va kenglik kasb eta boshladiki unda kechayotgan har bir jarayon hayot va jamiyat bilan ajralmas uyg’unlik kasb etdi. Ya’ni she’riyatda ruhiy olam –psixologik tasvirning teranlashuvi jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy burilishlar sifati natijasida yuzaga chiqdi. Demak, she’riyatda ruhiyat tasvirining chuqurlashuvida bosh omil hayot va inson ya’ni jamiyat va shaxs harakteridagi jiddiy o’zgarishlar muhim rol o’ynagan edi. Bulardan shunday umumiy xulosaga kelish mumkinki biz o’rganayotgan davr o’zbek she’riyatida psixologik tasvir ko’lami o’zining ma’lum yuksalish darajalariga ega bo’lgan. Buni o’rganish o’zbek she’riyatining tarqqqiyot bu jarayonlarining ichki rivojlanishi yoki rivojlanmaganlik sababalarini tekshirish demakdir.
Lirikada ruhiy iztirob tabiati g’oyatda murakkab va o’ziga xosdir. Chunki ular bir-biriga juda o’xshash va umumiy jihatlarga ega. Shu sababli dastlabki qadamdanoq oldimizda “Ruhiy iztirob nima?” “Lirikada ruhiy iztirob qanday xususiyatlarga ega?” degan savollarga duch kelamiz.
Shu o’rinda diqqatni bir muhim nuqtaga qaratmoqchimiz. Ma’lumki adabiyotshunoslikda ko’pincha “psixologizm” ruhiy iztirob va ruhiy iztirob o’zaro sinonim hosisalar sifatida qo’llaniladi. Holbuki bu tushunchalar tabiatan o’zaro tubdan farqlanadi. “Psixologizm” “ruhiyat tasviri” va “ruhiy iztirob” tushunchalariga nisbatan keng bo’lib muallifning xohishiga bog’liq bo’lmagan holda stixialik tarzda namoyon bo’ladi.
Mana shu ruhiy iztiroblar shoirni buyuklikka yetaklaydi ya’ni u xalq durdonalaridan suv ichadi. Biz mazkur bobimizda shoir To‘ra So‘laymonning xalq poetik ijodidan foydalanish mahoratini tahlil va tadqiq etamiz
Murakkab folklorizmlar folklorshunos B.Sarimsoqov tomonidan uch guruhga ajratiladi:
A) analitik folklorizmlar;
B) sintezlashgan folklorizmlar;
V) stilizatsiya xarakteridagi folklorizmlar1 .
Analitik folklorizmlar asarning badiiy to‘qimasi, uning yetakchi g‘oyasi bilan organik birikib keta olmasligi jihatidan xarakterlanadi2. B.Sarimsoqov o‘z tadqiqotida analitik folklorizmning vazifasini asarga ramziy, falsafiy ruh bag‘ishlashdan iborat deya izohlaydi.
To‘ra Sulaymon ijodida analitik folklorizm hodisasini uning “Qaldirg‘och” nomli ocherki misolida ko‘ramiz. Bu ocherk Mirzacho‘l vohasini o‘zlashtirishda faol qatnashgan Sharofat ismli ayol haqida. Muallif asar avvalida cho‘lning o‘zlashtirilishida suvning qadri naqadar baland bo‘lganini tasvirlash maqsadida cho‘lda suvsiz qolgan bir tuyakashning qonxo‘r tabibga duch kelgani haqidagi afsonani keltiradi. Qonxo‘r tabib tuyakashdan bir tomchi suv evaziga bir tomchi qon so‘raydi. Bir amallab chanqog‘ini qondirgan tuyakash kulbai xonasiga bir ahvolda yetib keladi. To‘ra Sulaymon bu afsonani keltirar ekan, vohada suv qanchalar bebaho ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Ocherk orqali esa Mirzacho‘l vohasini o‘zlashtirish uchun qanchalab insonlar jonlarini fido etganliklari tasvirlanadi. Afsona bu o‘rinda asarga birmuncha falsafiy ruh baxsh etadi hamda uning badiiyligini yanada oshiradi.
Sintezlashgan folklorizmlar tabiati birmuncha murakkab hamda folklordan ko‘ra yozma adabiyotga yaqin bo‘lgani sabab shoir ijodida folklorizmning ushbu turi uchramaydi. Mohiyatan folklor adabiyotga yaqin bo‘lgan stilizatsion xarakterdagi folklorizm namunalarini esa shoir ijodida ko‘plab uchratish mumkin.
Stilizatsiya so‘zi adabiyotshunoslik lug‘atlarida muayyan badiiy-estetik maqsadlarni ko‘zlab, o‘zga bir ijod, davr, adabiy yo‘nalish va sh.k.larga xos uslubiy xususiyatlarni qayta tiklashga asoslangan usul sifatida talqin etiladi .
O‘zbek adabiyotshunosligida stilizatsiya jarayoni kam tadqiq etilgan bo‘lsa-da, folklor stilizatsiyasi, og‘zaki ijoddan o‘zlashtirib olish hodisalari ma’lum bir tartibga solib o‘rganilgan. Folklorshunos L.Sharipova folklor stilizatsiyasini quyidagi guruhlarda ajratadi:

  • Janr stilizatsiyasi;

  • Motiv stilizatsiyasi;

  • Obraz stilizatsiyasi;

  • Ritm stilizatsiyasi .

O‘zlashtirib olish xususiyatiga ega bo‘lgan stilizatsiya jarayonining ilk turi – janr stilizatsiyasi folklor adabiyot janrlarining yozma adabiyotga olib kirilishi bilan xarakterlanadi. To‘ra Sulaymon ijodida quyidagi folklor janrlari stilizatsiyasi uchraydi:
Doston. To‘ra Sulaymon dostonlarida stilizatsion xarakter asarning ham shakl, ham mazmun jihatida yaqqol seziladi. Shakl jihatidan stilizatsiya belgilari sifatida quyidagi jihatlarni ta’kidlab o‘tish mumkin:
To‘ra Sulaymon dostonlari xalq dostonlari singari liro-epik xususiyatga ega.
Shoir dostonlarining she’riy qismlari bo‘g‘inlari soni turlicha. Xalq dostonlaridagi kabi shiddatli voqea hamda tuyg‘ular tasvirida bo‘g‘inlar soni kamayadi. Masalan, “Jahonnoma” dostonida urushga ketgan Otaquldan qoraxat olgan yaqinlari holati 7 lik bo‘g‘in asosida 4–3 turoqlangan holatda beriladi:
Eshik oldi oydin ko‘l,
Oyna solsam botmaydi.
Armonda ketgan bolama
Ot yuborsam qaytmaydi .
Dostonlarning nasriy qismlarida sajlardan foydalanib, asar badiiyati hamda xalq dostonlariga yanada yaqinligi ta’minlangan: “Momo shu yo‘sinda ko‘chalarga suv sepdirib, Turoni chilim bilan bir tortar nashaning noyobidan toptirib, o‘n bir bolarli mehmonxonasini chamanda gulday etib bezab, ko‘rpa-ko‘rpachalarni shohona qilib tuzab, qizsirab, qimizsirab keladigan o‘zi kelgan “mehmon atoyi xudo”larini eshonni kutganday kutib olib xizmatlariga tutinmoqqa boshlaydi...”1
Terma. To‘ra Sulaymon ijodiga mansub baxshiyona termalar xalq og‘zaki ijodining terma janridan stilizatsiya qilib olingan. Ushbu baxshiyona termalar hajm jihatidan dostondan kichikligi, shaklan liro-epik xususiyat kasb etgani, nasriy qismda saj san’ati qo‘llangani holda mazmunan pand-nasihat ruhini o‘zida aks ettirishi ularning folklor termalaridan aynan shu xususiyatlarni stilizatsiya qilib olganliklaridandir. To‘ra Sulaymon baxshiyona termalarining she’riy qismlari xalq yo‘lidagi g‘azallardan iborat ekani ularning o‘ziga xosliklarini ifoda etadi. Ya’ni, biz o‘rganib qolganimiz folklor termalari odatda barmoq vaznida bitiladi hamda ularning qismlarini to‘rtlik sifatida kitobxon e’tiboriga havola etish mumkin. To‘ra Sulaymon baxshiyona termalarida esa lirik qismlar, asosan, xalq yo‘lidagi g‘azallar ko‘rinishida ijod etilgan:
Ne uchundurkim bu elda saodat soxtadin soxta,
Xiyonat avjida, yorab, diyonat soxtadin soxta.

Izzat-ikrom, hayo, mehru oqibat soxtadin soxta,


Iltijolar ijobatsiz, ibodat soxtadin soxta .2
To‘ra Sulaymon termalarini folklor termalari bilan yaqinlashtiradigan yana bir jihat ularda bosh qahramon sifatida xalq ijrochilarining ishtirok etishidir:
“Qafasga tushgan qushday, bu davra o‘ng emas, tushday bo‘lib o‘tirgan Ergash bobo qo‘liga otameros, bobomeros sozini olib to‘lib-toshib huylashga, kuylashga tushibdi...” 3
Shoir “Aylanib II” nomli ushbu termasida baxshi Ergash Jumanbulbul nomidan o‘z dardlarini kuylaydi. Muallifning ushbu janrdagi asarlariga xalq baxshilarining hayoti, boshdan kechirgan voqea-hodisalar asos qilib olingan. Fikrimizning isboti sifatida To‘ra Sulaymon “Ko‘rsatma” nomli baxshiyona termasida shunday yozadi:
Yer yuziga sig‘madim men, yeru ko‘k torlik qildi,
Mard xudodan ko‘rar, lekin bir bek( xunxorlik qildi.
Bu satrdagi “bek”ka muallif quyidagi havolani beradi:
(“Tog‘aybek ismli Xatirchi begi oqinning inisi Abdulxalilni qarorgohiga chaqirtirib tun bo‘yi doston ayttiradi. Shu tunda yuqa-yengil kiyingan Abdulxalil shamollab, oradan olti oy o‘tar-o‘tmas qaytish qiladi. Bu Ergash boboning boshiga tushgan qaro kunlarning boshlanmasi edi” .1
Shu asarning yana bir o‘rnida baxshining biografiyasiga doir quyidagi ma’lumot havola etiladi:
G‘am-sitam yengdi mani, ayriliq, armon yengdi,
Jigarbandlarim dog‘i bevaqt, begumon yengdi.
Qad-qovmatim dol aylab ul bargi suman( yengdi,
Qurolsiz, aslahasiz yomondin yomon yengdi.
(“Oqin bu yerda umr yo‘ldoshi Ziynatoy O‘tamurod qizini nazarda tutyapti” 2.
Aynan shu yo‘nalishda bugungi kunda ijodkorlarimizdan Azim Suyun, Usmon Azim hamda Faxriyor kabilar muvaffaqiyatli ijod etib kelmoqdalar. Demak, xalqona termalarning yozma adabiyotga o‘zlashtirish borasidagi To‘ra Sulaymon maktabi tajribalari davom ettirilmoqda.
Xullas, To‘ra Sulaymonning baxshiyona termalari janr sifatida taraqqiyot bosqichining ilk davrlarini o‘zida namoyon etadi. Muallifning bu turkum asarlari badiiyat jihatidan yuqori saviyaga ega ekani, folklor an’analarini o‘zida saqlagani vanihoyat xalq og‘zaki ijodi ijrochilari haqdagi biografik ma’lumotlarni taqdim etishi bilan XX asr o‘zbek adabiyotida alohida hodisa bo‘ldi.
Motiv stilizatsiyasi. To‘ra Sulaymon ijodida xalq dostonlariga xos bo‘lgan hamda xalq hayoti, turmush tarzi bilan bog‘liq motivlar stilizatsiyasi kuzatildi.
Dostonga xos motivlar stilizatsiyasi o‘zbek xalq dostonlari syujeti tarkibidagi biror bir halqaning yozma adabiyotda qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Ushbu adabiy tajriba To‘ra Sulaymon ijodida quyidagi shaklda kuzatildi:
Muallif “Jahonnoma” afsonasida Qamarning yori Bibi Hilolga oshiq bo‘lgan Yetti Qaroqchining oylab solishgani, omonsiz solishgani va axiyri shunday qarorga kelishgani haqida yozadi:
“ - Yaxshisi birimiz emas, barimiz olaylik. Biroq sharti shuki, faqat uning diydoridan, jamolidan barchamiz bahramand bo‘lib yuraylik, - degan sharmisorlikni o‘rtaga tashlashibdi”1 .
Ushbu motiv, “Birimiz bo‘lmasa barimiz olaylik” jumlasi o‘zbek xalq dostoni “Alpomish”da ham uchraydi. Barchinga uylanish ilinjida talashgan to‘qson alpning kattasi Ko‘kaldosh oxiri shunday qaror beradi:
“ - Bunday dalada chatoq qilib yurganimiz bo‘lmas, yuringlar, to‘qsonimiz ham boraylik, o‘zbakning qizini yo birimiz olaylik, yo barimiz olaylik...”2
Bir vaqtning o‘zida bir ayol va bir necha erkak yoki bir erkak va bir necha ayol o‘rtasida qurilgan oila fanda poligamiya hodisasi deb yuritiladi.
Manbalarda poligamiya ( grekcha πολύς — ko‘p kishili, γάμος — nikoh) hodisasi ko‘pnikohlilik, ko‘p xotin yoki ko‘p erkak bilan nikohda bo‘lish jarayonini ifodalashi ko‘rsatilgan. Uning ikki xil formasi kuzatiladi: poliandriya va poliginiya .
Poliandriya (ko‘p erlilik) — poligamiyaning kam uchraydigan formasi bo‘lib, bir ayolning bir vaqtning o‘zida bir qancha erkak bilan nikohda yashashini bildiradi. Bu hodisa XIX asrda aleut hamda eskimoslarning ba’zi guruhlarida uchragan bo‘lsa, keyinchalik janubiy Hindiston va Tibetning ayrim etnik guruhlarida saqlanib qolgan.
Poliandriya hodisasi motivlarining xalq eposlarida mavjudligi, yozma adabiyot tomonidan o‘zlashtirilishi xalq orasida bu hodisaning qachonlardir amalda bo‘lganidan darak beradi. Mavjud ma’lumotlarga asoslanib poliandriya hodisasi yurtimizning buddaviylik dini tarqalgan hududlarida mavjud bo‘lgani haqida xulosaga kelish mumkin. Tibet o‘lkasi orqali Markaziy Osiyoga kirib kelgan ushbu hodisaning qaysi davrgacha saqlanib qolgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi bilan poliandriya hodisasiga barham berilgan, deb taxmin qilish mumkin.
“Alpomish” dostonidagi to‘qson alpning Barchinga uylanish niyati bu dostonning tarixiy ildizlari juda qadimga borib taqalishini ko‘rsatadi. Chunki yakkaxudolik dinlari, xususan islom poliandriyani qattiq rad etadi. To‘ra Sulaymon dostonidagi Yetti Qaroqchining “Yaxshisi birimiz emas, barimiz olaylik.., - degan sharmisorlikni o‘rtaga tashlashi” zamirida ham islomiy aqidalar yotadi. YA’ni, muallif ushbu hodisani “sharmisorlik” sifatida baholash bilan o‘quvchida unga qarshi fikr uyg‘otishga urinadi. Xalq orasida hayot tarziga aylanib ketgan diniy tushunchani obrazlar vositasida aks ettirgan muallif bu bilan asari qahramonlariga o‘z xalqining ruhiyatini, tasavvur hamda hissiyotlarini ham singdirib yuborishga muvaffaq bo‘ladi.
Markaziy Osiyo xalqlarida nikohning yana bir turi – aka vafot etganida uning farzandlarini begona qo‘lda qolmasligini nazarda tutib, tul qolgan ayolni ukasiga nikohlab berish odati uchraydi. Ba’zi qishloqlarda an’anaga aylanib qolgan ushbu holat kishining qalbi, ruhiy kechinmalari bilan hisoblashmaydi.
To‘ra Sulaymon xalq urf-odatlari bilan bog‘liq ushbu motivni o‘zining “Jahongashta” dostoni syujetiga asos qilib olgan. Doston qahramoni Oybahor eri o‘lgach, qaynisi Ernazarga tegishdan bosh tortadi va er uyidan ham, ota uyidan ham bosh olib chiqib ketadi. Muallifning bir qator dostonlari uchun umumiy mavzu – yolg‘iz qolgan ayolning farzandi saodati uchun umrini bag‘ishlashi haqidagi tasvirlar ushbu dostonning keyingi voqealari uchun asos bo‘ladi. Biroq halq udumiga Ernazar emas, Oybahorning, ayol kishining qarshi chiqa olishi zamirida, ma’lum ma’noda ayollarni jamiyatning m kuchi sifatida shakllantirish bilan bog‘liq siyosiy tuzum qarashlari ta’sirini ham sezish mumkin.
Xalq hayoti, turmush tarzi bilan bog‘liq motivlar stilizatsiyasi muallifning dostonlarida ko‘p uchraydi. Ushbu motivlarni tabiatiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
- xalqning turmush tarzi bilan bog‘liq udumlar;
- diniy e’tiqod bilan bog‘liq udumlar.
To‘ra Sulaymon ijodida to‘y marosimi bilan bog‘liq an’analar tasviri ko‘p uchraydi. “Jahongashta” dostonida muallif to‘y tasvirini berar ekan, bir qator xalqona urf-odatlar haqida ma’lumot beradi:
“To‘y bor yerga besh bolasini yetaklab, oltinchisini orqalab keluvchi satta beo‘xshov xotinlar, o‘zini farishtai pokiza sanovchi yuqamechkay otinlar, kuyovdan gap ochilsa oqshami bilan alahsirab chiqadigan qizlar, yetti o‘lchab bir kesadigan ham sinchi, ham dasturxonchi ayollar, qadimdan qolgan odatimiz, erkaklarning biz bilan ishi bo‘lmasin, deb ne mahalgacha hali “eshik ochar”, hali “ignasanchar”, hali “kampir o‘ldi”, hali “oyna ko‘rdi”, bular ham kamlik qilganday, hali “soch siypatar”, hali “ot irillatar”, so‘ng “qiz yashirdi”, “kimga oshirdi” hunarlarini ko‘rsatib, lablariga uchuq toshgan qirq kokilli Oybahor bilan bu oqshomni iyiqqan olqorday betoqat bo‘lib kutgan Otaqulni jonidan bezor qilib yotdi” .1
Voqealar davomida xutbadan so‘ng tortiladigan “to‘qqiz tovoq”, o‘lan aytishuvi, qizni kuyovga tutib beradigan “poshshoyi vazir” o‘yini, tong azonda esa “quda ziyofati”, kelinni boshqalarga tanishtiruvchi “bet ochar”, “salom soldi” marosimlari hamda ularning o‘tkazilish tartibi haqidagi tasvirlar uchraydi.
To‘ra Sulaymon ijodida diniy e’tiqod bilan bog‘liq udumlar islom aqidalarining xalqona ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning qahramonlari maxsus diniy marosimlar o‘tkazmaydilar, balki bu ularning hayot tarziga aylanib qolgan. Ular boshqacha yashashni bilmaydilar va e’tiqodli umr kechiradilar.
Yana o‘sha “Jahongashta” dostonida muallif chavandoz polvonning imkoniyatlarini baholar ekan, bosh mezon sifatida islomiy arkonlarni qo‘yadi: “G‘oyibnazar polvon esa besh vaqt namozini qazo qilsa qilar edi, Ko‘kbo‘z tarbiyasini kanda qilmas edi...”1
Faqat mubolag‘a zarurati tufayli polvonlarning imkoniyatlari diniy arkonlardan balandroq qo‘yiladi. Bu bilan diniy qarashlarning darajasi pasaymaydi, balki, chavandozning o‘z ishiga sadoqati yanada oshiriladi.
Yana bir o‘rinda shunday tasvir beriladi: “Oshdan so‘ng azon aytilib, ketidan hufton namozi o‘qilib, namozdan so‘ng Madali maxsum bilan alifni kaltak, mimni g‘altak deb tushunadigan avom, xudojo‘y chollar chordanani qayta qurib, allamahalgacha kitobxonlik bo‘ldi”2 . To‘ra Sulaymon qahramonlari garchi bilimsiz, g‘arazgo‘y bo‘lsalar-da, ular e’tiqodli insonlar. Kimnidir qoralab, qishloqdan haydash maqsadida yig‘ilgan majlis ham, albatta, hufton namozini o‘qib bo‘linganidan so‘ng o‘tkaziladi. Qishloqning avom ahli uchun ba’zida e’tiqodning oddiy bir odat darajasida kam ahamiyat kasb etishi bu o‘rinda juda asosli yoritilgan.
Suvni ko‘rganda biz undan bahra olmoq, poklanmoq haqida o‘ylaymiz. Baliqlar esa butun umrini suvda o‘tkazadi. Ular uchun chanqamoq, suvda poklanmoq tushunchalari yo‘q. To‘ra Sulaymon qahramonlari ham e’tiqod masalasida suvdagi baliq kabidir. “Bir chirpit qimiz ustidagi gap” nomli hikoyasi qahramoni To‘lanboy og‘a yoshlik paytlarini shunday eslaydi:
“Savodli kishilarning gapiga qaraganda, kolxoz degani urushgan kishilarni yarashtirib, yarashgan kishilarni kurashtirib, yuqa-yo‘qsillarga qarashadigan xudojo‘y bir kishining nomi bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman”.3
Yosh va savodsiz bo‘lishiga qaramay To‘lanboyning tasavvurlarida yaxshi kishi, albatta, mustahkam e’tiqodli bo‘lishi kerak, degan tushuncha shakllantirilgan. Demakki, u ham suv ichida ulg‘aygani sabab jamiki yaxshi narsalar suvdagina bo‘lishi mumkinligiga ishonadi.
To‘ra Sulaymon asarlarida stilizatsion motivlar qishloq ahlining kechmishu kechinmalarini o‘zida ifoda etadi. Ushbu motivlar nafaqat muallif asarlarining hayotiyligini ta’minlaydi, balki To‘ra Sulaymon uslubi uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Obraz stilizatsiyasi. Shoir ijodida ko‘p murojaat etiladigan quyidagi folklor obrazlari o‘zlashmalarini uchratish mumkin:
Alp obrazi. Bu termin qadimgi turk qahramonining nomi, laqabi amunini ifodalaydi. A.Alizoda Ansoriy Islom qomusiy lug‘atida turkiy xalqlar islomni qabul qilganidan keyin “Alp” nomining “G‘ozi” nomiga o‘zgargani haqida ma’lumot beradi .
Alp obrazining tarixiy kelib chiqishi folklorshunos Sh.Turdimovning “Go‘ro‘g‘li” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari” mavzusidagi tadqiqotida atroflicha tadqiq etilgan. Olim ishning bir bobida alplik tizimi haqida mulohaza yuritib, alplik tizimining quyidagi shartlarini aniqlaydi: “Alplik tizimining tayanch bo‘g‘inlarini qahramonning tug‘ilmasdanoq homiy eranlar tomonidan tanlanib – nazarkarda bo‘lishi, ilk bosqichda ilohiy homila topib, «o‘zga makon»da dunyoga kelib, yurtiga qaytishi, alplik dardiga yo‘liqib, eranlar makonida jismi toblanib alp sifatida qayta yaratilishi, ushbu initsatsiya jarayonida alplik sir-asrorini egallashi, o‘z vazifasi, burchi, taqdiridan ogoh etilishi, eranlardan birining qahramonga doimiy hamkor bo‘lib, uning hayoti g‘ayriqutb, raqib (do‘st) taqdiriga bog‘liq kechishi, yangi saltanatga asos solib, el-yurt kamoliga xizmat qilishi, umri poyonida eran maqomida asl makoniga qaytishi tashkil etadi”.1
Bir so‘z bilan aytganda, alp – xalq qahramoni. Ham aqliy, ham ruhiy, ham jismoniy kamolotga erishgan, ilohiyot olami bilan muloqotga kirisha oladigan kishilargagina xalq bu nomni bergan. Xuddi shunday, To‘ra Sulaymon ijodida elning orzu-intilishlarini o‘zida aks ettirgan komil inson sifatida Alp obrazi uchraydi.
Har elning o‘z muftiysi, qozi kaloni bo‘lsin,
Oqinlarining ham o‘z aytar o‘lani bo‘lsin,
Maydon talab erlari, alp, pahlavoni bo‘lsin,
Qarg‘a, quzg‘un qo‘nolmas qo‘shin, qo‘rg‘oni bo‘lsin...
To‘ra Sulaymon ijodida Alp – pahlavon yigit. Uning tasviri mifik ildizidan biroz yiroqlashgan, o‘z davrining kishisi sifatida chiziladi. Qadim tarix bitiklari bo‘lmish xalq eposlarida mislsiz qahramonliklar ko‘rsatgan Alpning bugungi tasviri qanday?
Ot kimniki? Minganniki. To‘n esa kiyganniki,
Yog‘lik joy qay bir kattaning qizini suyganniki.
Qora mehnat, qora qozon – ishi o‘ngmaganniki,
Alp bo‘lsang ham o‘z ishingdan qoniqishdan gapirma .
O‘z zamonasini tasvirlar ekan, shoir davr qahramonlarining nokomilligidan, Alplik missiyasining o‘z mohiyatini yo‘qotgani, ularga xos eng muhim xususiyat – oriyat masalasining qimmati pasayib borayotganidan o‘kinadi. “Alhazar” deb nomlangan yana bir she’rda davr “qahramon”lari surati yanada aniqlashtiriladi:
Minbarlarda va’zxonlik, ko‘p ko‘ngli vayron asli!
Biz alpon deganlarning jismi nogiron asli!
To‘ra Sulaymon davr “Alp”lariga qarama-qarshi Alp Go‘ro‘g‘li obrazini keltiradi va bu bilan zamonasi yigitlarini komillikka chaqiradi.
Go‘ro‘g‘li. Sh.Turdimov tadqiqiga ko‘ra, Go‘ro‘g‘li homiy eranlar tarbiyati bilan yer yuzi, yer osti, ko‘kda ham bemalol yura oladi (jismoniy kamolot), ko‘ngliga barcha ilmlar, tillar jo bo‘lgan. Soz chalib qo‘shiq aytadi (aqliy salohiyat). Nazari toshni ham yoradi. Eranlar bergan oq-qora patlar bilan turli suratlarga kira biladi (ruhiy quvvat).
To‘ra Sulaymon ijodida Go‘ro‘g‘li obrazi kamolotning mezoni hisoblanadi. Yigit kishi uchun zarur bo‘lgan barcha xislatlar poklik, xalqiga sadoqat, g‘animga adovat, qat’iyat, bir so‘zlilik egasi sifatida tasvirlangan Go‘ro‘g‘li – sulton, xalqni olg‘a boshlovchi Alp.
Aqiq misol mudom beg‘ubor, soflik,
Xeshlarga sadoqat, dushmanga daf’lik,
Go‘ro‘g‘li sultonday bir so‘z, bir gaplik
Otadan bolaga qolsin, dedilar,
Otamning o‘zini qayga qo‘ydilar?1
“Yig‘lar II” nomli baxshiyona termasida shoir Go‘ro‘g‘li sultonning avlodlari holiga munosabati tarzida zamondoshlari holiga o‘z munosabatini izhor etadi:
Qirqilgan qizlar sochi qayta kokillanmasa,
Or talashib yigitlar maydonga shaylanmasa,
Shoh o‘rnida Boyo‘g‘li o‘tirgan qo‘rg‘on yig‘lar,
Ruhi ko‘kda chirqirab Go‘ro‘g‘li Sulton yig‘lar .2
Go‘ro‘g‘li obrazi muallif uchun eng baland cho‘qqi. U gohida Alpning sifatlarini aytib, xalq o‘g‘lonlarini barkamollikka chaqirsa, gohida zamondoshlarining ajdodlar tomiridan qanchalar uzoqda ildiz otayotganlarini ko‘rib, qayg‘ularini ham Alpning tilidan aytadi. Aslida Go‘ro‘g‘li sulton – muallifning o‘zi.
Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho,
Bo‘y qizlarning ichida shu bir egma qosh tanho.
Uningdek hech kim menga bo‘lmasa sirdosh tanho,
Go‘ro‘g‘li sulton bir yon,
To‘ra Sulaymon bir yon .3
To‘ra Sulaymon Alp obrazi orqali o‘z “men”ini ifoda etar ekan, bunda faqatgina tanlagan qahramonining xalq qalbiga yaqinligini nazarda tutmaydi. Balki eng baland nuqtada turib olamga ko‘z tashlaydi. Uning bu balandligida xalqona soddalik, ulug‘vorlik hamda donishmandlik bor.
Xulosa qilib aytganda, To‘ra Sulaymon ijodidagi folklorizmlar g‘oyatda chuqur asoslarga ega. Shoir umr bo‘yi o‘zi yashagan hududdagi og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan folklor materiallarini to‘playdi hamda ulardan ijodiy foydalanish bilan o‘z ijodini ham boyitadi.
To‘ra Sulaymon asarlari tadqiqi davomida shoirning 200 dan ziyod xalq maqollaribilan birga xalq maqollariga juda yaqin turuvchi aforizmlar ham kuzatildi. Ushbu maqollarning ko‘pchiligi originalligi, boshqa ijodkorlar asarlarida, hatto folklorshunoslar tomonidan to‘plangan xalq maqollari nashrlarida ham uchramasligi bilan alohida ahamiyatga ega.

Download 230,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish