To’ra Sulaymon she’riyatining g’oyaviy badiiy xususiyatlari mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi mundarija


II BOB. Shoir she’riyatiga xos obrazlilik



Download 230,5 Kb.
bet5/8
Sana13.07.2022
Hajmi230,5 Kb.
#785648
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
To’ra Sulaymon sh

II BOB. Shoir she’riyatiga xos obrazlilik
II.1. To’ra Sulaymon she’riyatida so’z va obrazning sintezlashuvi

XX asr o‘zbek adabiyoti manzarasida Oybekona samimiyat, G‘afur G‘ulomga xos falsafiy mushohada, Qahhorona uslub mahorati hamda Mirtemirga xos xalqona ruh keyingi ijodkorlar avlodi tomonidan davom ettirilganiga guvoh bo‘lamiz. E.Vohidov go‘zal badiiyati bilan shuhrat topgan bo‘lsa, O.Oripov donishmandona falsafasi bilan tilga tushdi. Mirtemir ijod maktabi o‘quvchilari bo‘lgan Sulton Jo‘ra, To‘ra Sulaymon, Azim Suyun kabi ijodkorlar uchun xalqonalik sifati xos bo‘lib qoldi.


Har bir adabiy asar ijodkorning ayni mahalda qanday g‘oyalarning maftuni ekanidan, hayotda nimalarni tasdiqlab, nimalarni rad etayotganidan dalolat sifatida maydonga keladi. Shu bilan, birga har bir asarning ana shunday ruhi hamda yozuvchining butun ijodiy mahsuloti va hatto hayoti, ijtimoiy faoliyati orasida umumiylik bor. Yozuvchi o‘z asarini beixtiros, befarq yozolmaydi. Har bir asarga harorat bergan ehtiros esa yozuvchining butun ijodini va ma’naviy hayotini ichidan to‘ldirib turgan intilishning, fidokorlikning, qisqasi, zo‘r extirosning uchqunidir xolos. Bu extiros har bir yirik yozuvchida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bir yozuvchidagi extiros ikkinchi yozuvchi ijodida bo‘lgan extirosdan mazmunan farq qiladi. Badiiy adabiyot va umuman san’atda mavjud bu estetik hodisani ko‘pincha, “pafos” termini bilan ifoda etiladi.
“Pafos” lotincha so‘z bo‘lib, bir hisga qattiq berilish, zo‘r hayajon ehtiros demakdir. Oddiy hayotda biror kishi o‘z fikrini chuqur e’tiqod bilan “yonib – kuyib” ifodalasa, uni “pafos” bilan so‘zlayotir deydilar. Adabiyotshunoslik va san’atshunoslikda ham “pafos” so‘zi ana shunga yaqin, ammo undan ancha keng va chuqur ma’noda ishlatiladi.
“Pafos” so‘zining ma’lum estetik hodisani ifoda etuvchi termin sifatida ilmga, dastaval Gegel kirgizdi, Bilinskiy esa adabiyot va san’at asaridagi “pafos” tushunchasini ilk marotaba ilmiy jihatdan keng asosladi, uning mazmunidagi ko‘p yangi qirralarini ochdi.
O‘zbek klassik adabiyotshunosligida biror asarning mazmuniga singib ketgan chuqur ma’no va hayajonni qayd etmoqchi bo‘lganlarida, ma’nosi jihatdan “pafos” so‘ziga yaqin “dard” tasdiq qilar edilar. O‘zbek xalqining “Bu odamning dardi falon narsa” degan ifodasi bilan shoirning dardi haqidagi ta’bir orasida shubhasiz, aloqa bor.
Har bir san’at asarining kuchi uning mazmunidagi ana shu extirosni, “dard”ni o‘quvchi, eshituvchi yoki tomoshabinga “yuqtira bilish”da ko‘rinadi. Ammo “extiros” yoki “dard” iboralari badiiy asarga xos ana shunday “yuqtiruvchanlik’ xususiyatini to‘la ifoda etolmaydi. Belinskiy pafosning extirosga o‘xshashligini qayd etishi bilan birga, ularning aynan bir narsa emasligini ham o‘qtirib o‘tadi. Extiros – umuman his - hayajon demakdir. Pafos esa g‘oya bilan bog‘liq bo‘lgan hisni, biror g‘oyaga maftunlik natijasida ijodkorda paydo bo‘lgan qattiq hayajonni, ko‘tarinki ruhni bildiradi.
“Pafos nima? – deb so‘raydi Belinskiy va javob beradi: - ijod ermak yoki havas emas, u san’atkorning zaxmat chekishi samarasi… Xuddi ona chaqalog‘ini o‘z qornida olib yurganidek va o‘stirganidek, san’atkor ham o‘z ichida poetic fikrning urug‘ini olib yuradi va undiradi; ijod protsessi bola tug‘ish protsessiga o‘xshaydi va bu jismoniy hodisaga xos azoblar unga ham yot emas, bu ma’naviy azoblar, albatta, huddi shu sababli, agar shoir ijodiy mehnat va qahramonlikka belbog‘lagan ekan, demak, qandaydir qudratli kuch, qandaydir yengilmas ehtiros uni shunga tortadi, shunga intilishga majbur etadi. Bu kuch, bu ehtiros – pafosdir. Pafosda shoir xuddi jonli, go‘zal mavjudodga ko‘ngil bergandek, g‘oyaga maftun bo‘lgan zot sifatida namoyon bo‘ladi, bu mavjudotning o‘zi ana shu g‘oya bilan extirosli ravishda to‘lib toshgan bo‘ladi va san’atkor bu g‘oyani ongi, idroki bilan emas, faqat bir his bilan emas va o‘z ruhining birorta qobilyati bilan emas, balki o‘z ma’naviy hayotining butun to‘laligi va yaxlitligi bilan mushohada etadi. “Pafos” deganda ham ehtiros ko‘zda tutiladi, shu bilab birga boshqa har qanday ehtiros kabi insonning to‘lqinlanishi, butun asab sestemasining larzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan extiros ko‘zda tutiladi; ammo pafos doimo inson qalbida g‘oya kuchi bilan alanga oldirayotgan va doimo g‘oyaga intiluvchi “extiros”dir_
Tarixan qaraganda “pafos” atamasi qadimgi yunonlarda ritorika (notiqlik)dan kelib chiqqan, uni fanga Gegel olib kirgan. U yozuvchining dunyoqarashi va g‘oyasi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi.
Shunday qilib ijodkor ijodining pafosi ning asarlari qaysi konkret tarixiy sharoitida, ne niyat bilan yozilganiga va ijtimoiy hayotda qanday tarbiyaviy o‘rin egallayotganiga qarab tayin etiladi. Misol tariqasida Qodiriy asarlarining mazmunidagi pafos haqiqiy realist san’atkrga hos bir yusinda badiiy shaklda namoyyon bo‘ladi. O‘tmishda yaratilgan “Bahromgo‘r”, “Chor darvesh” yoki “Tohir va Zuhra” kani afsonaviy qahramonlarni tasvirlagan dostonlardan farqli o‘laroq, Qodiriy asarlari o‘zbek adabiytoini yangi, yetuk realism darajasiga ko‘tardi, chunki Qodiriy “hammaga ozmi – ko‘pmi tushunarli, hammaning ozmi – ko‘pmi boshidan o‘tgan umumiy, insoniy hislar haqida bizga gapira boshladi, …haqiqiy yo‘lni topib oldi va shoir bo‘lib tug‘ilgani sababli, erkin ravishda o‘z ilhomi boshlagan yo‘ldan bordi”. Qodiriy asarlarida real hayotning haqqoniy, yorqin masalalari yaratildi. Uning adabiyotning badiiyligi uchun kurashi tayyor ifoda vositalaridan foydalanish asosida emas, balki novatorlarcha yo‘l bilan ro‘yobga chiqadi: Qodiriy yangi, realistik adabiyotni yaratish, uning vositalarini boyitish va mukammallashtirish uchun kurashda aktiv qatnashadi. Shunday qilib, faqat g‘oyaviy yo‘nalish jihatidangina emas, o‘zining badiiy vositalari jihatidan ham yangi, zamonaviy adabiyot yaratishga erishish Qodiriy ijodi pafosining muhim tomonini tashkil etadi.
Demak, pafos o‘z – o‘zidan ijodkor istedodi, ilnomi va badiiy mahoratini yuzaga keltiradi. Pafosni asosi ijodkor ruhiy dunyosiga bog’lanadi.
Inson ruhiy dunyosini to’la tadqiq etish, o’rganib nihoyasiga yetkazish also mumkin emas. Olam siru sinoatga qanchalik boy bo’lsa, odamzod ruhiy dunyosi ham shunchalik murakkab va chegarasiz. Mana shu murakkablik va cheksizlik manzaralari ham rangindir. Shuning uchun haqiqiy shoir o’zini inson qalbi va ruhining muhofizi, musavviri deb his qiladi. Uni har qanday qo’pol, tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun kurashadi. Inson ko’ngli va ruhiy hayotini tadqiq etgan shoirlar, sirtdan qaralganda, tahqi voqelikdan yiroqlashganday ko’rinadi. Aslida esa, tashqi dunyoning ko’p muammolari inson farzandining albiga yo’l toppish, ruhini anglash orqali hal etiladi. Shu ma’noda ruhoniyat tasvirida bag’ishlangan, ya’ni sof lirik pafosdagi she’rlarning ahamiyati juda yuksakdir
To‘ra Sulaymon she’riyati o‘ziga xosligining asosiy jihati bu xalqonalikdir. Shoir tili xalq tiliga yaqin, yaratgan obrazlari ham oddiy, ammo qalbi daryo qishloq ahli. Uning satrlarida soddalik hamda ulug‘vorlikning chinakam mushtarakligini his etish mumkin. Shoir she’riyatiga baho berib adabiyotshunos olim Q.Yo‘ldoshev shunday deydi:
“T.Sulaymon she’riyati ta’sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan yombi va zalvorli fikrlar she’riyatidir”.1
Badiiy so‘z individualligi. To‘ra Sulaymon so‘z bilan munosabatda juda ehtiyotkor. Uning asarlarida barchaga ma’lum siyqasi chiqqan jumlalar deyarli uchramaydi. Shoir kam iste’molda bo‘lib, yo‘qolib borayotgan so‘zlarimizni she’rlariga olib kirishga va shu orqali so‘zlarning umrini uzaytirishga harakat qiladi. Shoirning nabirasi bilan bo‘lgan suhbatda u bobosi o‘qigan kitoblarni qayta o‘qish bilan ham ko‘p narsa o‘rganish mumkinligini aytdi. Sababi, shoir kitobni shunchaki o‘qimay, undagi so‘zlarning xalqona sinonimlarini, kam muomalada bo‘lib unutilib ketayotgan ma’nodoshlarini topib yozib qo‘yishni odat qilgan. Demak, To‘ra Sulaymon ijodxonasi – adabiyot ahli uchun hali ochilmagan qo‘riq.
Shoir ijodida betkay va terskay so‘zlari uchraydi. Bu so‘zlar joy ma’nosini bildirib, betkay – tog‘ning quyosh tushib turadigan, terskay – oftob tegmaydigan tarafi. Terskay istilohi shoirning bir she’rida shu tariqa qo‘llanadi:
Xeshlarimning bemavrid ko‘zlarida yosh ko‘rsam,
Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko‘rsam,
Qaysi bir begunohni keng yo‘lda adash ko‘rsam,
Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko‘rsam...
Ko‘nglimda armon yotar
Terskaydagi qor misol .1
Tog‘ning oftob tushmaydigan tarafida yoz bo‘yi qor erimay qoladi. Vaqt o‘tgani sari bu qor eskirib, kirlanib boradi. Shoir ko‘nglida yillar davomida yig‘ilgan armonlarni terskayda qolgan qorga qiyos qilish bilan ajoyib san’atkorlik namoyon etgan.
Shoir yana xalqona qilib qabristonni “qo‘yindi”, “mirshabsiz qo‘rg‘on”, qabrni “oq o‘tov”, “qora o‘tov”, “tuynuksiz kulba” deb ataydi:
Bu dunyoda meni bir mirshabsiz qo‘rg‘on yengdi .2
“Axiyri, janoza o‘qishni lozim topishib, qora o‘toviga qo‘yib keldilar” .3
So‘nggi qo‘nar “oq o‘tovi” angushdek tor bo‘lmasin .4
Xatarli qafasga qushing tushdimi?
Tuynuksiz kulbaga ishing tushdimi? 5
Xalqona tasavvurlar asosida paydo bo‘lgan mazkur so‘z hamda iboralar shoir asrlariga xalqona badiiyat bag‘ishlaydi. Bunda “qora o‘tov” qabrning qorong‘u hamda nursizligiga ishora bo‘lsa, “oq o‘tov” insonning so‘nggi yo‘lda kiyadigan libosi rangiga ishoradir.
“Egamnazar zimdan oqinga qarab xomsiqibdi”6 (xo‘rligi kelibdi).
To‘ra Sulaymon chorva mollarining xalq orasidagi nomlari borasida ham bilimdon edi. “Tarki jamoa” nomli sobiq tuzumning millatimiz madaniyati, urf-odatlariga qarshi siyosati haqidagi asarida chorva mollarining quyidagi nomlarini sanaydi:
“Undan ko‘ra, birimiz chori, birimiz shishak, juda bo‘lmaganda to‘xli, tusoq, himmat qilganimiz yo qo‘zili qo‘y, yo to‘pichoq olib kelamiz desalaring-chi!”
Chori, shishak, to‘xli, tusoq, to‘pichoq – qo‘yning yoshi bilan bog‘liq atamalar.
Ko‘rinib turganidek, tilimizning naqadar boyligini ifodalovchi va ayni paytda kam qo‘llanilayotgan ushbu nomlar asar badiiyati hamda originalligini oshirishga xizmat qilgan.
Shu bilan birga shoir ijodida do‘st, oshna nomlarining “mo‘ynisa”, “uzangidosh” kabi sinonimlari uchraydiki, mo‘ynisa – tengqur, tengdosh do‘st, uzangidosh – hamkor, hamnafas, yaqin oshno ma’nolarini aniq ifodalashga xizmat qiladi.
Obraz individualligi. Shoir ijodida ot obrazi alohida ahamiyat kasb etadi. Shoirning hayotini otsiz tasavvur eta olmaydigan elning vakili ekanligini ushbu obrazga murojaatlaridan yaqqol sezish mumkin.
Kishi, ayniqsa yo‘lboshchining hayotida otning muhim funksiyasini ifoda etish maqsadida shoir yozadi:
Shohsuvor bo‘lsang magar yobi otga suyanma .1
Darhaqiqat, yobi – kuchsiz, zaif ot bilan elni oldga boshlash mushkul ish. Yana shu she’rida shoir payg‘ambarimiz bilan muqaddas safarda birga bo‘lgan muqaddas otga ishora qilib shunday deydi:
Qilgan ishing xayrli, minganing Buroq bo‘lsin .2
Xalq orasida insonning do‘sti hamda ko‘makchisi sanalgan ot bilan bog‘liq ko‘plab tushunchalar mavjud. Xususan, insonni so‘nggi yo‘lga olib boruvchi tobutni ham funksiyasiga ko‘ra otga – yog‘och otga qiyoslaydilar:
Yog‘och otga bir-bir minar bo‘ldilar,
Taqdirga tan berib, ko‘nar bo‘ldilar .1
Bundan tashqari shoir ijodida qushlar obrazi ko‘p uchraydi. To‘ra Sulaymon qushlarni hayot tarzi, xalq orasidagi ularga bo‘lgan munosabat asosida tasvirlaydi.
In aylanib yashar mayna, qarchig‘ay osmon aylanib,
Quzg‘un o‘lja ilinjida, jig‘altoy o‘rmon aylanib.
Tustovuq to‘qay ichinda, qoraqush zindon aylanib,
Qarqara izg‘ir qonsirab tegrangda pinhon aylanib.
Tun-oqshom kezar boyo‘g‘li yomondin-yomon aylanib.
Qon to‘kilgan yerga kelmas andalib bo‘ston aylanib.
Sa’va chaman ichra, qumri nastarin, rayhon aylanib.
Turna parvoz etar ko‘kda, qirg‘ovul yobon aylanib.
Qaldirg‘och kelsa eshik och, yurmasin ilon aylanib.
Xushxabar eltar kabutar elaro omon aylanib .2
“Aylanib” nomli she’rida muallif yurtimiz fauna olami uchun xos bo‘lgan qushlar tabiatini tasvirlar ekan, bu qushlarga xalq orasidagi salbiy-ijobiy munosabatlarni ham singdirib yuboradi. Masalan, boyo‘g‘li – tunda uchuvchi xosiyatsiz qush; qaldirg‘och – ilonlarga qiron keltiruvchi hamda oilaga qut-baraka olib kiruvchi qush; kabutar – manzilga maktub eltuvchi dastyor. SHe’rda barcha qushlar obrazi ma’lum ma’noda shaxs qiyofasiga ishoradir. Shoir mayna kabi uyidan uzoq ketolmaydigan, qarchig‘ay kabi baland marralarni zabt etuvchi, quzg‘un kabi o‘lja ketidan poylaydigan, turna kabi baland parvozlar sohiblarining xususiyatlarini qalamga oladi.
She’r davomida shoir afsonaviy qushlar obrazlarini tasvirlashga o‘tadi:
To‘g‘rosiga qo‘nmish Xumo mustahkam Qo‘rg‘on aylanib,
Chor atrofga zog‘ yo‘latmas Semurg‘ devon aylanib.
Amir Temur ruhi shodmon izzatli Sulton aylanib.
Bu ne baxtkim, yursa Hud-hud To‘ra Sulaymon aylanib!1
Shoirning bu she’rida har bir afsonaviy qushning xususiyatlariga ishora qilish, ular bilan bog‘liq voqealarni eslash holatlari mavjud. Xumo – baxt qushi. Afsonalardan ma’lumki, bu qush boshiga qo‘ngan kishi baxtli hamda o‘z yurtiga bosh bo‘ladi. Ammo To‘ra Sulaymon Xumosi o‘z yurtining tug‘rosi – gerbiga qo‘nadi hamda o‘sha yurtni bek, o‘zbek qiladi. Xumo qushi tasvirida qushning yurt ramziga qo‘nishi bilan shu yurtning baxtga erishishiga ishora qilingan, deyish mumkin.
Semurg‘ qushi bizga hazrat Navoiyning “Lison ut-tayr”idan qushlar podsho sifatida ma’lum. Podshoh – o‘z yurtining himoyachisi. Semurg‘ qush hazratning devonlarini (Alisher Navoiyning asarlari nazarda tutilmoqda) sayr etib, xalqning ma’naviy saviyasini yot fikr hamda g‘oyalardan himoyalash ilinjida.
Hud-hud Navoiyning yuqoridagi asarida qushlar yo‘lboshchisi sifatida tasvirlanadi. Shoir bu o‘rinda o‘zini Hud-hud – yo‘lboshlovchiga qiyos etadi. Ijod ahli barcha davrlarda xalqdan bir qadam oldinda bo‘lib, asarlari bilan ommani ortidan ergashtirish vazifasini bajarganligi tarixdan ma’lum. Xususan, yuqoridagi satrlarida To‘ra Sulaymon o‘zining shunday “yo‘lboshlovchi”lardan ekanidan faxr va iftihor tuyadi.
To‘ra Sulaymon she’riyatining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatmoq uchun shoirning eng mashhur she’rlarini alohida tekshiruvga tortdik.
Shoirning “Gul bir yon, chaman bir yon” nomli she’ri yaratiliboq qo‘shiqqa aylangan asarlaridan biri hisoblanadi. She’r madhiya tarzida bitilgan bo‘lib, muallif uni singlisi Kommunaga bag‘ishlaydi.
Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon.
Sarvi sanobarmidir? – Soch bir yon, suman bir yon.
Sahar subhi sodiqda mushk bir yon, mujgon bir yon.
Tun pardasin tortsa gar oy bir yon, osmon bir yon .1
She’rdagi musiqiy ritmni ta’minlovchi asosiy vosita “bir yon” birikmasi bo‘lib, aynan shu vosita orqali she’r strukturasi bir tizimga joylanadi. Tilshunoslikda bir sonining takrori ayiruv munosabatini keltirib chiqarishi ma’lum. SHe’rda ham bu so‘z takrori o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zlarni ikki yonga ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Asar strukturasi nihoyatda pishiq hamda san’atkorona qurilganligini biz quyida isbotlashga harakat qilamiz.
Tarozining ikki pallasi. Shoir ushbu pallalarga qism hamda bo‘laklarni joylashtiradi hamda qismni bo‘lakka tenglashtirish orqali mubolag‘a san’atining nodir namunasini yaratadi:
Gul –chaman;
Soch – suman;
Oy – Osmon.
Chaman ichidagi bir gulning husni chaman chiroyiga teng bo‘lsa, gulga qiyoslangan go‘zalning sochlari suman – bilan barobar. Qorong‘i tushishining obrazli tasviri – tun pardasining yoyilishi go‘zal ta’rifi uchun yana bir holatni yaratib beradi, ya’ni, endi olam fusuni tarozining bir pallasi bo‘lsa, ta’rif etilayotgan go‘zalning husni ikkinchi palla.
Butun va qism munosabatlari shunday davom ettiriladi:
Maqtoviga men bir yon, borliq suxandon bir yon.
Men – borliq suxandon
Borliq suxandon – butun olam o‘z tilida aytayotgan ta’rifu tahsini tarozi pallasining bir tomoni bo‘lsa, muallifning ushbu she’ri ikkinchi pallada turadi va ular o‘zaro barobar. Bu o‘rinda shoirning o‘ziga bergan bahosi o‘zini oqlaydi.
Hakim zoti bor yerda dard bir yon, darmon bir yon.
Yoring jafokash bo‘lsa uy bir yon, zindon bir yon.
She’r avvalida ayirib ko‘rsatuvchi vosita bo‘lib xizmat qilgan “bir yon” birikmasi endi o‘zaro o‘xshatish, qiyoslash ma’nolarini beruvchi, birlashtiruvchi funksiyasini oladi. Endi tarozining ikki pallasi birlashadi:
Dard – darmon;
Uy – zindon;
Hakim zoti mavjud yerda dardning darmoni o‘zi bilan. Jafokash yo‘ldosh bilan bir uyda yashash zindonda umr kechirish bilan barobar. SHe’r oxirida ushbu birlik saqlanib qoladi:
Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho,
Bo‘y qizlarning ichida shu bir egma qosh tanho.
Uningdek hech kim menga bo‘lolmas sirdosh tanho,
Go‘ro‘g‘li sulton bir yon,
To‘ra Sulaymon bir yon. 1
Shoir o‘zini Go‘ro‘g‘li sulton bilan bir qatorga qo‘yadi. Go‘ro‘g‘li sulton – shoir asarlarida ko‘p uchraydigan obraz. Shoir bu obrazda o‘zining eng baland idealini tasvirlashga urinadi. Bunda epos qahramonining bahodirlik, xalqparvarlik, sadoqat kabi xususiyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatadi. Yuqoridagi satrlarda esa shoir o‘z idealining aslida o‘ziga qo‘yilgan talablar sohibi ekanini ta’kidlaydi. Shoir asarlaridagi Go‘ro‘g‘li sulton obrazi aslida To‘ra Sulaymonning bir bo‘lagidir:
Go‘ro‘g‘li sulton – To‘ra Sulaymon.
To‘ra Sulaymon she’riyatida struktura jihatidan bir zanjirga tizilgan san’at namunalari ko‘p uchraydi. Ulardan biri “Asragay” deb nomlanuvchi sohibqiron Amir Temur bobomizning haykali poyida bitilgan she’r:
Taqa tuyoqni asragay,
Tuyoq tulporni asragay.
Tulpor Temurni asragay,
Temur Turonni asragay.
Turon Qur’onni asragay,
Qur’on imonni asragay.
Imon insonni asragay,
Inson olamni asragay
Olamni Olloh asragay .
Ushbu she’r strukturasi quyidagi tarzda o‘sib boradi:
Taqa → tuyoq → Temur → Turon → Qur’on → imon → inson → Olam ← Olloh
Chinakam xalqona ruh bilan bitilgan ushbu bitiklarda taqadan boshlanuvchi “asrovchilik funksiyasi” olamga borib tutashadi. Mantiqiy zanjirning asosida esa uch tushuncha – inson → olam ← Olloh turadi. Olamning asrovchilari sifatida inson hamda Olloh obrazlari yonma-yon qo‘yiladi. Shu o‘rinda shoir tasavvufning olamning birligi haqidagi konsepsiyasini obrazli tarzda va juda o‘rinli qo‘llaganiga guvoh bo‘lamiz.
To‘ra Sulaymon asarlaridagi barcha mantiqiy zanjirlar, hatto eng mayda detaldan boshlansa ham, albatta, olam Yaratuvchisiga borib tutashadi. “Ayrilmas” nomli she’r ushbu fikrimizni isbotlayni.
She’rda ikki jism ifodalanib, ular xususiyatlariga ko‘ra birlik kasb etishlari lozimligi ta’kidlanadi:
Bo‘z yamog‘i bo‘z bilandir,
Sanam alvondin ayrilmas.
Boz o‘yini boz bilandir,
Bulbul sumandin ayrilmas.
Bo‘zning yamog‘i – bo‘z;
Sanam– alvon
Boz o‘yini– boz;
Bulbul – suman.
Bu ikkiliklar biri ikkinchisini talab etib, birinchi qism ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydilar. Bo‘z yamog‘i bo‘zsiz bo‘la olmagani kabi sanamning go‘zalligi alvon rang – qizil yonoq, alvon dudoqlarsiz o‘z mohiyatini yo‘qotadi. Qushlar raqsi uchun qushlar talab etilsa, bulbulning bir go‘shada mavjud bo‘lishi uchun suman zarurdir. Ushbu struktura she’r oxiriga qadar davom etadi:
Borning ishi – bor bilan;
Dilxun – dilozor bilan;
Beor– beor bilan;
Dehqon – an...
She’r oxirida biri ikkinchisini talab etuvchi oddiy tushunchalardan baland tuyg‘ularga o‘tiladi:
Kim ayrilmas bo‘lsa haqdin,
Kela berar baxt har yoqdin.
Hazar qil harom tomoqdin,
Nojins armondin ayrilmas.
Demak, baxt – Alloh yodi bilan bo‘lsa, nojins doim armon bilandir. Shoir she’r oxirida o‘quvchini iymonga chaqirib, faqat Yaratgan nomi bilangina chinakam saodatga erishish mumkinligini ta’kidlaydi:
Mardlar mudom birday bo‘lib,
Teranlikda Sirday bo‘lib,
Qo‘ngli yoz, bahorday bo‘lib,
Hargiz imondin ayrilmas.
Xulosa qilib aytganda, To‘ra Sulaymon she’riyati g‘oyaviy negizida milliy ma’naviy qadriyatlarimizni aks ettirgani, shoir yaratgan obrazlarning xalqimiz ruhiyati, orzu-istaklarini o‘zida mujassam etganligi e’tirofga loyiq. Shoir she’riyatida e’tiqod masalasining birlamchi ahamiyat kasb etgani ularning tarbiyaviy qimmatini yanada oshiradi. To‘ra Sulaymon she’rlari xalqona samimiyat bilan iymonga chorlovchi she’riyatdir. Ularning 2008 yil H.Boltaboyev hamda Q.Yo‘ldoshevlar tomonidan tayyorlangan 8-sinflar uchun adabiyot fanidan maktab darsligiga kiritilganligi bu fikrimizni tasdiqlaydi.



Download 230,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish