Mavzu: Kislota- ishqor muvozanatining buzilishlari. Suv-tuz almashinuvining va vitaminlar almashinuvining buzilishi. Edema
Topshirdi: Raxmonov Suhrob
KISLOTA-ISHQORIY MUVOZANAT BUZILISHINING PATOFIZIOLOGIYASI
Ichki muhitning doimiyligi — gomeostazi, ya’ni bir muvozanatda saqlanishi, ayniqsa yuqori darajada rivojlangan organizmlar hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan shart-sharoitdir. Biologik muhitlarda har doim vodorod ioni ko'proq hosil bo'lib turishiga qaramay, ularni neytrallash (befarq, betaraf holga keltirish) va vodorod gidroksil ionlari o'rtasidagi nisbatni bir me’yorda saqlash kislota-ishqoriy muvozanatni ta ’minlashga olib keladi. Qonning pH ko'rsatkichi nihoyatda turg'un hisoblanadi. Normada u 7,35—7,45 atrofida bo'ladi va uning u yoki bu tomonga har qanday sezilarli siljishi organizmning har bir integral bir-biriga bog'liq darajasida chuqur o'zgarishlarga olib keladi. Bunda, masalan, hujayra faoliyatining o'zgarishi, gemoglobinni kislorodning biriktirish va qayta berish qobiliyatini o'zgarishi, barcha moddalar, birinchi navbatda suv-elektrolitlar almashinuvi, hujayra retseptorlari sezuvchanligi, membranalar o'tkazuvchanligi, nervmushak sistemasi qo'zg'aluvchanligi va impulslar o'tkazuvchanligi kabi muhim xususiyatlaming chuqur o'zgarishlariga olib keladi. Nihoyat, agar pH-6,8 dan kamaysa yoki 7,7 dan oshib ketsa, organizmning halokati yuz berishi mumkin.
Ma’lumki, hamma vaqt organizm ovqat tarkibida turli nordon- kislotali va ishqoriy moddalar, tuzlar, karbonsuvlar, yog'lar va boshqalami iste’mol qiladi. Moddalar almashinuvi kislotalaming paydo bo'lishi va bunday muhitda dissotsiatsiya jarayoni kuchayib vodorod ionlarining konsentratsiyasining oshishi bilan davom etadi, ammo shunga qaramay sog'lom organizm ichki muhitning pH kislotali tarafga siljimaydi. Bu evolutsiya jarayonida organizmlar, ayniqsa insonda murakkab idora etuvchi tuzilmalar, mexanizmlar hamda omillaming vujudga kelganligi oqibati bo'lib, ularning faoliyati tufayli ichki muhit o'z barqarorligini ta ’minlab turadi. Bunda turli a ’zolaming faoliyati nihoyatda katta. Masalan, o'pka kislota tabiatli karbonat angidridini muntazam chiqarib turishi, agar zarur bo'lsa qisqa muddatga uni o'zida ushlab turish qobiliyatiga ega. Agar organizmda H+ konsentratsiyasi ko'paysa — giperventilatsiya, kamaysa — gipoventilatsiya kuchayadi.
Buyrakning kislota-ishqoriy muvozanatini ta ’minlash va boshqarishdagi roli- nihoyatda katta hamda ko'pincha hal qiluvchi ahamiyatga ega. Buyrak kanalchalari vodorod va ammiak ionlarini ajratish, ya’ni sekretsiya (asido-va aminogenez) qilish, natriy hamda karbonat kislota tuzilma ionlarini qayta so'rish qobiliyatiga ega. Jigar esa nordon kislotali tuzilmalar — radikallami bog'laydi, ba’zi bir noorganik kislotalami suv va karbonat angidridgacha oksidlab o'tkazadi. Ammiak va ammoniy xloriddan karbonat kislota tuzilma ionlarini to'plab tashqariga ajratadi, ba’zi bir nordon va ishqoriy moddalarni o 't tarkibida ichakka o'tkazadi. Oshqozon xlorid kislotasini, ichak esa bikarbonatni yetkazib beruvchi asosiy manbalar hisoblanadi va ular ichki muhit pH ini bir me’yorda saqlashda bevosita ishtirok etadi. Ushbu qisqa axborotdan ko'rinib turibdiki, qayd etilgan a ’zolarning u yoki bu patologiyasida albatta kislota-ishqoriy muvozanatning keskin o'zgarishlari, ya’ni atsidoz yoki alkaloz holatlarining yuzaga kelishi turgan gap.
Do'stlaringiz bilan baham: |