Kislota-ishqoriy muvozanatni ta ’minlash va uni idora etishda bufer tizimlari asosiy o'rinni egallaydi. Ularning o'ziga xos asosiy xususiyati shundaki, bu jarayonda ortiqcha vodorod ionlari yo bog'lanib neytrallanadi yoki organizmdan ajratilib, chiqarilib yuboriladi. Har qanday bufer tizimi — bu kuchsiz kislotaning kuchli ishqor bilan hosil qilgan tuz aralashmasi bufer tizimlariga: gemoglobin, oqsillar, bikarbonat va fosfat buferlari kiradi. Gemoglobinning oksidlangan holatdan qaytarilgan (tiklangan) holatga o'tishining o‘ziyoq qonning to'qimalar bilan bo'lgan munosabatida pH ning kislotali tarafga siljishining oldini oladi. O'pka kapillarlarida oksigemoglobinning hosil bo'lishi esa eritrositlardan karbonat angidridi va xlorning chiqishi hamda bikarbonatlarning paydo bo'lishi natijasida pH ning ishqoriy tarafga siljishining oldini oladi. Bikarbonat buferi — karbonat kislotasi va kaliy yoki natriy tuzlaridan tashkil topgan. Qonda ko'p miqdorda nordon moddalar to'planganda vodorod ionlari karbonat kislota mahsuloti (H C 0 3) bilan birikib, kuchsiz karbonat kislotasi H2C 0 3ni hosil qiladi, u osonlikcha suv va karbonat angidridiga parchalanadi. Karbonat angidridning ortiqcha miqdori esa o'pka orqali chiqarib yuboriladi. Agar qonda ishqoriy tabiatli moddalar ko'payea, triar asosankarbonat kislotasi bilan birikib, bikarbonat ionlari va suvni hosil qiladi.
Kislota-ishqoriy muvozanatni ta ’minlash va uni idora etishda bufer tizimlari asosiy o'rinni egallaydi. Ularning o'ziga xos asosiy xususiyati shundaki, bu jarayonda ortiqcha vodorod ionlari yo bog'lanib neytrallanadi yoki organizmdan ajratilib, chiqarilib yuboriladi. Har qanday bufer tizimi — bu kuchsiz kislotaning kuchli ishqor bilan hosil qilgan tuz aralashmasi bufer tizimlariga: gemoglobin, oqsillar, bikarbonat va fosfat buferlari kiradi. Gemoglobinning oksidlangan holatdan qaytarilgan (tiklangan) holatga o'tishining o‘ziyoq qonning to'qimalar bilan bo'lgan munosabatida pH ning kislotali tarafga siljishining oldini oladi. O'pka kapillarlarida oksigemoglobinning hosil bo'lishi esa eritrositlardan karbonat angidridi va xlorning chiqishi hamda bikarbonatlarning paydo bo'lishi natijasida pH ning ishqoriy tarafga siljishining oldini oladi. Bikarbonat buferi — karbonat kislotasi va kaliy yoki natriy tuzlaridan tashkil topgan. Qonda ko'p miqdorda nordon moddalar to'planganda vodorod ionlari karbonat kislota mahsuloti (H C 0 3) bilan birikib, kuchsiz karbonat kislotasi H2C 0 3ni hosil qiladi, u osonlikcha suv va karbonat angidridiga parchalanadi. Karbonat angidridning ortiqcha miqdori esa o'pka orqali chiqarib yuboriladi.